16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:02
Salomatlik 👁 346

ChOYKOʻL OVULIDA GRANT LOYIHASI DOIRASIDA “OGOHLIK – DAVR TALABI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

ChOYKOʻL OVULIDA GRANT LOYIHASI DOIRASIDA “OGOHLIK – DAVR TALABI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

Ayni paytda butun dunyo miqyosida global muammoga aylangan diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, yoshlarimizni yot gʻoyalardan asrash, ularning mafkuraviy bilimlarini oshirish har qachongidan ham dolzarb tus olgan. Bu borada Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan amunews.uz veb-sayti tahririyati xodimlari ham Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” nomli grant loyihasi doirasida targʻibot-tashviqot tadbirlarini oʻtkazib kelmoqda.

28-noyabr kuni grant loyihasining ish rejasiga koʻra “Ogohlik – davr talabi” mavzusidagi navbatdagi tadbir Choykoʻl ovulida boʻlib oʻtdi. Tadbirda tahririyat xodimlari, fuqarolar yigʻini raisi Begzod Aytekov, xotin-qizlar faoli Saylixon Murodboyeva, Ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektori Azimjon Matyusupov, ovul imomi Jangaboy Oʻrozboyev hamda koʻchaboshchilar, hududdagi maktablar amaliyotchi-psixologlari ishtirok etishdi.

Davra suhbati tarzida oʻtkazilgan ushbu tadbirni Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini raisi Begzod Aytekov ochib berdi va loyiha ijrochilarini tanishtirib oʻtdi. Tahririyat xodimlari amunews.uz veb-saytining “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant loyihasining maqsadiga koʻra ijtimoiy tarmoqlarda maqolalar eʼlon qilinayotgani, faol va intiluvchan yoshlarni tengdoshlariga oʻrnak qilib koʻrsatilayotgani, mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarning, aholi, ayniqsa yoshlar orasida oʻz joniga qasd qilish, giyohvandlik, erta turmush qurish kabi illatlarning oldini olish borasida tushuntirish, targʻibot ishlari olib borilayotganini bayon etishdi.

Davra suhbati davomida ovul hududida yoshlarning turli diniy-ekstremistik va terrorchilik oqimlar taʼsiriga tushib qolishning oldini olish boʻyicha hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritildi.

Ovul imomi Jangaboy Oʻrozboyev milliy manfaatlarga zid boʻlgan diniy mazmundagi mahsulotlarni respublika hududiga olib kirish va tarqatishga urinish holatlari yurtimizda ham kuzatilayotgani, bu kabi ekstremistik ruhdagi mahsulotlarning internet va boshqa yoʻllar orqali tarqatilishi aholi tomonidan dinning notoʻgʻri talqin etilishiga, kam maʼlumotga ega oʻquvchilarning maʼnaviy ongi buzilishiga zamin yaratayotganini kuyunchaklik bilan soʻzladi. Shuningdek, buzgʻunchi kimsalar yaqin oʻtmishda diniy-ekstremizm va aqidaparastlikni tarqatish, aholi orasida yoyishda turli adabiyot va nashrlardan foydalangan boʻlsa, zamonaviy texnologiya vositalari rivojlangan hozirgi davrda internet tarmogʻini yot gʻoyalar tarqatishning qulay manbaiga aylantirishayotganini taʼkidladi.

Tuman Ichki ishlar boʻlimining Choykoʻl ovulidagi profilaktika inspektori Azimjon Matyusupov ham yoshlar oʻrtasidagi jinoiy huquqbuzarliklar va diniy ekstremizmning salbiy taʼsiri toʻgʻrisida atroflicha maʼlumotlar berib oʻtdi. Ushbu targʻibot yigʻilishida yurtimizning ayrim hududlarida sodir boʻlayotgan turli huquqbuzarliklar haqida dalillarga tayangan misollarni keltirish bilan birga, diniy ekstremizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilayotgan, islom dinini niqob qilib olgan jinoyatchilarning noqonuniy harakatlari toʻgʻrisida ham oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.

Tadbirda ishtirok etgan fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli Saylixon Murodboyeva, 59-sonli maktabning amaliyotchi-psixologi Muazzam Matyoqubova, va 22-sonli maktabning amaliyotchi-psixologi Fazilat Shukurlayevalar ham yot gʻoyalarga qarshi maʼnaviy immunitetni hosil qilish, internet va OAV orqali keng tushuntirish, sof diniy taʼlimotlarni yoshlarga yetkazish, ularni xalqparvarlik, vatanparvarlik, milliy va diniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega ekanligini eʼtirof etishdi. Shuningdek, bu borada samarali natijalarga erishish, yoshlarni yurt kelajagiga munosib qilib tarbiyalashda hamjihatlikda ish olib borish muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlashdi. Shu bilan birga “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant loyihasi doirasida oʻtkazilgan ushbu “Ogohlik – davr talabi” mavzusidagi tadbirning nihoyatda ahamiyatliligi, bu kabi tadbirlarni yoshlar oʻrtasida ham muntazam ravishda oʻtkazib borishni yoʻlga qoʻyish kerakligi alohida aytib oʻtildi.

Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, farovonlik va millatlararo oʻzaro totuvlikning qadriga yetish har birimizning burchimizdir. Diniy-ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda har bir inson masʼuliyatni his etishi, Vatanimizning kelajagi uchun javobgar ekanini va, albatta, yot taʼsirlardan ogoh boʻlishni unutmasligi kerak.

Ozoda Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026