16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:18
Jamiyat 👁 227

“Kamalak yulduzlari” festivalining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi

“Kamalak yulduzlari” festivalining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi

Isteʼdodli bolalarni aniqlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, isteʼdod va mahoratlarini namoyon qilishlari uchun imkoniyat yaratish, yosh avlodning maʼnaviy olamini boyitish, madaniy saviyasini yuksaltirish, sanʼat va goʻzallikka intilishini kuchaytirish maqsadida yurtimizda har yili anʼanaviy tarzda “Kamalak yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivali oʻtkazilib kelinmoqda.

Festivalning joriy yilgi Amudaryo tumani bosqichi 28-noyabr kuni 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablarida boʻlib oʻtdi.

Tanlov shaklida oʻtkaziladigan “Kamalak yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivalining asosiy maqsadi iqtidorli bolalarning ijodi, tashabbuslarini keng ommaga ayniqsa, yoshlar orasida targʻib etish, havaskor va professional jamoalarning ijodiy faoliyatini ragʻbatlantirishdir.

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman boʻlimi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda tuman Madaniyat boʻlimi hamkorligida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari orasidan yosh isteʼdod egalarini izlab topish va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazilgan mazkur festivalining Amudaryo tuman bosqichida 85ta maktabdan jami 525 nafar oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdilar.

Festivalning tuman bosqichida 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan ijodkor va iqtidorli bolalar ishtirok etishdi.

Bolalar oʻrtasida madaniyat, adabiyot va sanʼatni targʻib qilishga yoʻnaltirilgan mazkur festival 6ta yoʻnalish va 6ta nominatsiya boʻyicha oʻtkazildi. “A” yoʻnalishda oʻquvchilar fortepiano, torli cholgʻular, damli va zarbli cholgʻular, “B” yoʻnalishda estrada cholgʻu ijrochiligi, xalq cholgʻulari, anʼanaviy cholgʻu ijrochiligi, “C” yoʻnalishda anʼanaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi, folklor va xor jamoalari, “D” yoʻnalishda xoreografiya, milliy raqs, ball raqsi hamda zamonaviy raqslar boʻyicha oʻz iqtidorlarini namoyish qildilar. Ishtirokchilar “E” yoʻnalishida tasviriy sanʼat – grafika, rang tasvir, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat, kulolchilik, zardoʻzlik, quroqchilik, gilamdoʻzlik, biser toʻqish, dizaynerlik, yumshoq oʻyinchoqsozlik, naqqoshlik, kashtachilik, yogʻoch oʻymakorligi, “F” yoʻnalishida esa nasr – hikoya, ertak, nazm yoʻnalishi, yaʼni sheʼr, gʻazal, dostonchilik yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Festivalda ishtirokchi oʻgʻil-qizlar tomonidan namoyish etilgan sanʼat namunalari hayʼat aʼzolari tomonidan haqqoniy baholab borildi.

“Kamalak yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivalining tuman bosqichida barcha yoʻnalishlar boʻyicha jami 18 nafar gʻoliblar aniqlandi va ular festivalning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.

Gʻoliblar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Iqtidorning kashf etilishi yer bagʻridan otilib chiqqan buloqqa oʻxshaydi. U yuz ochdimi, koʻngillarga xushnudlik ulashadi. Insonda hayrat va havas tuygʻusini uygʻotadi. Yosh iqtidorlarni aniqlashda “Kamalak yulduzlari” tanlovining ham ahamiyati nihoyatda katta.

Mamlakatimizda yosh avlodga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik tufayli, qolaversa, oʻtkazilayotgan turli tanlov va festivallar ularning iqtidor va salohiyatini toʻlaqonli namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda, qalblarida ona Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga hurmat va sadoqat tuygʻularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Sevara Ismoilova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019