17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 08:39
Jamiyat 👁 405

1-SONLI MAKTABDA QORAQALPOQ TILI BAYRAMI KENG NIShONLANDI

1-SONLI MAKTABDA QORAQALPOQ TILI BAYRAMI KENG NIShONLANDI

Bu yil qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34-yil toʻldi. Shu munosabat bilan respublikamizning barcha hududlarida maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-musiqiy tadbirlar oʻtkazilib, keng nishonlandi.

4-dekabr kuni qoraqalpoq tili bayramiga bagʻishlab Amudaryo tumanidagi 1-sonli maktabda ham “Til jasasa – millet jasaydi” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi. Maktabning qoraqalpoq tili fani oʻqituvchilari tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda oʻquvchilar faol ishtirok etishdi.

Tadbirni ochib bergan boshlovchilar barchani qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi bilan qizgʻin qutlashdi. Sana munosabati bilan maktabda adabiy kechalar, ochiq oʻquv mashgʻulotlari tashkil etilgani, ularda oʻquvchilar faol ishtirok etishgani, qoraqalpoq tili bayrami keng miqyosda nishonlanganini aytib, maʼlumotlar berishdi.

Shuningdek, qoraqalpoq tilida dars oʻtiladigan maktablar Qoraqalpogʻiston Respublikasidan tashqari boshqa viloyatlarda ham mavjudligini, ularda darslar qoraqalpoq tili asosida oʻtilishini taʼkidlashdi. 2018-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida Terminologiya markazi tashkil qilingani, 2019-2020 oʻquv yilidan Navoiy davlat pedagogika institutida qoraqalpoq tili va adabiyoti bakalavr taʼlim yoʻnalishi hamda boshlangʻich taʼlim yoʻnalishining qoraqalpoq tili guruhi ochilganini, qoraqalpoq tili Turkiyaning Firat, Egey universitetlarida ham oʻrgatilishini oʻquvchilar faxru-iftixor bilan soʻzlab berishdi.

Tadbir oʻquvchilar ishtirokida tayyorlangan musiqiy dastur bilan davom ettirildi. Dastur qoraqalpoq xalqining suyukli shoiri Ibroyim Yusupovning “Ana tilime” deb nomlangan sheʼri bilan boshlandi. Shundan soʻng, maktabning 5-sinf oʻquvchilari “Qaraqalpagʻim” qoʻshigʻiga raqs ijro etishdi. Maktab oʻquvchisi Sevara Tursunboyeva ijrosidagi qoraqalpoqcha qoʻshiq esa hammaga xush kayfiyat baxsh etdi.

Tadbir davomida qoraqalpoq tili tarixiga ham toʻxtalib oʻtildi va qadim qoraqalpoq xalqiga xos boʻlgan, tildan-tilga oʻtib kelayotgan naqllar, maqollar sheʼriy tarzda ifodali aytib berildi.

Taʼkidlanganidek, qoraqalpoq tili – turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan. Qozoq va noʻgʻay tillari bilan birgalikda qipchoq tillarining qipchoq-noʻgʻay guruhini tashkil etadi.

Qoraqalpoq tili, asosan, 2 ta – shimoli-sharqiy va janubi-gʻarbiy lahjalarga boʻlinadi. Bu lahjalar fonetik jihatdan oʻzaro farqlanadi. Qoraqalpoq yozuvi isloh qilingan arab grafikasi asosida 1924-yilda shakllantirilgan. 1929-1940-yillarda lotin grafikasiga asoslangan qoraqalpoq yozuvi amalda boʻlgan boʻlsa, 1940-yildan kirill grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. 1994-yildan lotin grafikasiga oʻtilgan. Lotin yozuviga asoslangan qoraqalpoq alifbosiga 2009 va 2016-yillarda oʻzgartirishlar kiritilgan. Ushbu oʻzgartirishlar asosida umumiy 23 ming soʻzni oʻz ichiga qamrab olgan qoraqalpoq tilining imlo lugʻati ishlab chiqilgan.

Dasturdan oʻrin olgan 7-sinf oʻquvchilari ijrosidagi “Aysanem” qoʻshigʻining raqsi ham barchaga manzur boʻldi. Ayniqsa, “Bas ham til” deb nomlangan sahna koʻrinishida oʻquvchilar davlat tilimizga boʻlgan ehtiromini, faxru-iftixorini namoyish etishdi.

Qoraqalpoq tili bayramiga bagʻishlab oʻtkazilgan “Til jasasa – millet jasaydi” nomli tadbir juda qiziqarli oʻtdi va barchada katta taassurotlar qoldirdi.

Aptabida Abdimuradova, 1-sonli maktabning qoraqalpoq tili fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026