16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:44
Fan va taʼlim 👁 295

1-sonli maktabda “Bu mening oʻzligim, gʻurur, nomusim, Konstitutsiyam – oliy Qomusim!” shiori ostida bayram tadbiri oʻtkazildi

1-sonli maktabda “Bu mening oʻzligim, gʻurur, nomusim, Konstitutsiyam – oliy Qomusim!” shiori ostida bayram tadbiri oʻtkazildi

Mamlakatimiz xalqi sevib nishonlaydigan bayramlar koʻp. Har bir bayramning oʻz tarixiy ahamiyati, xalqimiz hayotida tutgan beqiyos katta oʻrni bor. 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana esa oʻzbekistonliklar uchun mukammal qomusiy baxt, erk va adolatning haqiqiy tantanasi, eng aziz va qadrli bayram sifatida yakdillik bilan nishonlanadi. Davlat va jamoat tashkilotlarida, taʼlim-tarbiya muassasalarida sana munosabati bilan “Konstitutsiya bilimdonlari”, “Qomusimiz - baxtimiz”, “Konstitutsiyamizni oʻrganamiz”, “Baxt-iqbol va kelajagimiz kafolati” mavzularida koʻrik-tanlovlar, davra suhbatlari, zakovat bellashuvlari oʻtkaziladi.

Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun arafasida, joriy yilning 6-dekabr sanasida Mangʻit shahridagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida ham maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-musiqiy bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Did bilan bezatilgan maktab faollar zalida Konstitutsiyamizni madh etuvchi shiorlar, devoriy gazetalar, siyosiy adabiyotlar, maktab oʻquvchilarining Konstitutsiya haqidagi bilimlarini oʻzida mujassam etgan maʼruzalar, insholar, ijodiy ishlar koʻrgazmasi  tashkil etildi.

Tadbir avvalida ona Vatan, istiqlol, tinchlik va doʻstlikni tarannum etuvchi joʻshqin kuy sadolari ostida sahnaga maʼnaviy-maʼrifiy va adabiy-badiiy kecha ishtirokchilari kirib kelishdi. Ishtirokchilar ona Vatanni madh etuvchi sheʼrlar aytishdi. Shundan soʻng, Oʻzbekiston madhiyasi yangrab, barcha, shu jumladan tadbirda ishtirok etayotgan oʻqituvchilar, oʻquvchi-yoshlar, ularning ota-onalari ham magʻrur turib Oʻzbekiston madhiyasiga joʻr boʻlib kuyladilar.

Boshlovchilar Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 31 yilligi hamda Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgarishlar, mamlakatimizda roʻy berayotgan demokratik jarayonlar hamda yangilangan Konstitutsiyamizning xalqimizni kelajak sari ruhlantirib turguvchi tengsiz qudrati, qonun ustuvorligi, bagʻrikenglik, huquqiy tenglik va adolat tamoyillari haqida biri-biridan taʼsirli sheʼrlar oʻqidilar.

Shuningdek, oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida yangilangan Konstitutsiyamizning 155ta moddasi va undagi 434ta normaning ahamiyati, xalqimiz hayotida tutgan oʻrni yuzasidan viktorina savollariga tez, aniq va puxta javob berish boʻyicha bellashuv ham oʻtkazildi. “Yangilangan Konstitutsiyamiz haqida nimalarni bilasiz?” degan savolga  oʻquvchi-yoshlar dadil va tezkorlik bilan javob berdilar. Xususan, Konstitutsiyaning 1-moddasi 15-, 5-, va 31-moddalari haqida oʻquvchilar mukammal fikr yuritishib, oʻzlarining Konstitutsiya bilimdonlari ekanliklarini amalda namoyon etdilar.

Tadbir davomida oʻquvchi-yoshlar xalq erki, ozodlik, baxt, tinchlik, tenglik, doʻstlik va millatlararo totuvlikni madh etuvchi sheʼrlar, ashulalar ijro etishdi. Joʻshqin kuy-qoʻshiqlarga monand raqslari bilan  tadbir mehmonlariga koʻtarinki kayfiyat ulashdilar.

Tadbir yakunida “Bu – mening oʻzligim, gʻurur, nomusim, Konstitutsiyam – oliy Qomusim!” shiori ostida “Hech kimga bermaymiz seni, Oʻzbekiston!” qoʻshigʻini joʻr boʻlib kuyladilar.

Boʻlib oʻtgan bayramona tadbir barchaga zavq-shavq bagʻishladi.

Muhabbat Qodirova,

1-sonli maktabning tarix fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019