17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 07:26
Jamiyat 👁 268

KONSTITUTsIYa BERGAN BAXT

KONSTITUTsIYa BERGAN BAXT

Davlat oʻqituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan oʻsishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi.

Konstitutsiyaning 52-moddasidan.

Oʻqituvchi boʻlishni niyat qilgan inson oʻz zimmasiga jamiyat va davlatni rivojlantirishga hissa qoʻshish, har tomonlama sogʻlom, maʼnaviy barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni Vatanga mehr-muhabbatli insonlar qilib tarbiyalashdek yuksak masʼuliyatni oladi.

Amudaryo tumandagi 30-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Umidaxon Rahimboyeva umumtaʼlim maktabini tugatib, oʻqituvchi boʻlishni niyat qilganida, keyinchalik Qoraqalpoq Davlat Universitetining filologiya va tillarni oʻqitish fakultetida tahsil olgan kezlarida ham oʻqituvchi zimmasidagi ana shu yuksak masʼuliyat zalvorini qayta-qayta, yuragidan his etdi. Umidaxonning talabalik davri 2013-2017-yillarga, talaba-yoshlar, hatto professor-oʻqituvchilar uchun ham paxta yaganasiga chiqish, paxta terimi-yu, adogʻi koʻrinmaydigan turli xil shanbaliklar tarzidagi majburiy mehnatga jalb etish bilan bogʻliq ishlar avj olgan davrga toʻgʻri keldi.

Haqiqatan ham oʻsha yillari talaba-yoshlar bilan oʻqituvchilar jalb etilmagan sohaning oʻzi yoʻq edi. Obodonlashtirish ishlari, aholini roʻyxatga olish, paxta yaganalash, chopiq qilish, begona oʻtlardan tozalash, chilpish, paxta terish, turli tadbirlarda zalni toʻldirish, hatto namunali uylar qurilishiga hasharga chiqish, ... kabi sanogʻiga yetib boʻlmaydigan “vazifalar”ni bajarishardi oʻqituvchilar.

Umidaxon bundayin “vazifalar”ning talabalikda ming mashaqqatini chekkani uchunmi, ayni paytda oʻqituvchi obroʻsiga, shaʼniga hurmatsizlik tarzidagi bu kabi hatti-harakatlarga barham berilganidan mamnunligini quvonib izohlaydi:

– Oʻqituvchi uchun berilib, chin dildan ishlaydigan davr endi boshlandi, – deydi u. – Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda oʻqituvchi maqomi toʻgʻrisida davlat beqiyos gʻamxoʻrlik koʻrsatishi belgilab qoʻyilgan. Biz oʻqituvchilar uchun ana shu konstitutsiyaviy kafolatdan ham yuksak gʻamxoʻrlik yoʻq.

Darvoqe, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 52-moddasida oʻqituvchi davlat va jamiyatni rivojlantiruvchi buyuk maʼnaviyat va maʼrifat sohibi sifatida eʼtirof etilib, “... davlat ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan oʻsishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishi” belgilab qoʻyilgan.

Ana shu davlat gʻamxoʻrligidan bahramand faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi va murabbiylar yosh avlod taʼlim va tarbiyasi sohasida quvonarli yutuqlarga erishmoqdalar. Oʻzining pedagogik faoliyatini boshlaganiga endi 6-yil boʻlgan U.Rahimboyeva erishayotgan yutuqlar, u amalga oshirayotgan ibratli ishlar ham ana shu gʻamxoʻrlikning samarasidir. Ilk faoliyatini 2017-yildan 30-sonli maktabda ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi sifatida ishlashdan boshlagan Umidaxon  oʻzining izlanuvchanligi, tashabbuskor va bilimdonligi bilan kasbdoshlarining hurmat-eʼtiborini qozondi. 2020-yilda u Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish “Oʻqish savodxonligi” yoʻnalishi treneri, 2021-yildan esa ona tili va adabiyot fani boʻyicha trener-oʻqituvchi maqomiga ega boʻldi. Shuningdek, 2022-yilda “Eng yaxshi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining tuman va hududiy bosqichlari gʻolibi, “Yosh kitobxon” tanlovining eng tashabbuskor, faol ishtirokchisi boʻldi. Oʻsha yili “Oʻzbek tilim – iftixorim” esselar tanlovida oʻquvchisi, “Maʼnaviyatli jamiyat – Uchinchi Renessans poydevori” esselar tanlovida Umidaxonning oʻzi tuman va hududiy bosqichlar gʻolibligini qoʻlga kiritdi. 2023-yil ham Umidaga oʻz bilim va salohiyatini namoyish etish uchun imkoniyatlar yili boʻldi. Tashabbuskor va izlanuvchan  pedagog Xalq taʼlimi vaziri jamgʻarmasi mukofoti sohibasi boʻldi. Oʻzbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi markaziy Kengashi tomonidan tashkillashtirilgan “Nodirai davronlar” koʻrik-tanlovining hududiy bosqichida 2-oʻrinni egalladi.

Umidaxon, oʻqituvchining jamiyatdagi maqomi yuksak tutilib, qadr-qimmati, obroʻ-eʼtibori oshishi, avvalo uning namunali mehnat faoliyatining mahsuli ekanligini chuqur anglagani uchun ham qisqa vaqt ichida el aro hurmat, eʼtibor topdi, mohir pedagog sifatida shakllandi. Bularning barchasi Umidaxon Rahimboyevaga Konstitutsiya bergan imkoniyat. Zero, oʻqituvchi uchun emin-erkin, oʻquvchilari davrasida oʻzining sevimli kasbiy faoliyati bilan shugʻullanishdan ham ulugʻroq baxt yoʻq.

Robiya YOʻLDOShEVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026