16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:47
Fan va taʼlim 👁 164

“MEN OʻQIGAN BADIIY ASAR” VIDEOROLIKLAR TANLOVI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

“MEN OʻQIGAN BADIIY ASAR” VIDEOROLIKLAR TANLOVI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular ongida Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhini shakllantirish maqsadida Amudaryo televideniyesi ijodiy jamoasi tomonidan Oliy Majlis huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” loyihasi doirasida 2023-yilning yanvar-dekabr oylari davomida koʻplab maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni mafkura maydonining turli xurujlaridan himoya qilish, maʼnaviy dunyosini boyitish maqsadida yangi asarlar taqdimotlari, sayyor kutubxonalar, sayyor kitob karvonlari, kitobxonlik kechalari tashkil etilib, bu tadbirlarga Amudaryo tumanining eng chekka hududlaridagi qishloq yoshlari ham qamrab olindi.

“Jaholatga qarshi - maʼrifat” tamoyili asosida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishga qaratilgan davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan uchrashuv va davra suhbatlari, insholar, videoroliklar tanlovlarining tashkil etilishi yoshlar va oʻsmir-yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Joriy yilning dekabr oyida esa yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish orqali ularni maʼnaviy barkamol insonlar qilib tarbiyalashga, oilalarda maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga hissa qoʻshish maqsadida “Men oʻqigan badiiy asar” mavzusida videoroliklar tanlovi oʻtkazilgan edi. Mazkur tanlovda tumanimizning barcha hududlarida taʼlim-tarbiya olayotgan kitobxon oʻquvchi-yoshlar faol ishtirok  etishdi. Ularning koʻpchiligi Oʻzbekiston Qahramonlari Said Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov, Qoraqalpoq adabiyotining zabardast namoyondalari Toʻlepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov, shuningdek, oʻzbek mumtoz adabiyoti ustunlari Alisher Navoiy  Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Fitrat kabi shoir va yozuvchilar asarlari boʻyicha videoroliklar tayyorlab joʻnatishgan.

Tanlov tashkiliy hayʼati aʼzolari tomonidan barcha videoroliklar tasvir aniqligi, bayon etilgan fikrlar, kitobxonlarning dunyoqarashi, qolaversa, tanlovga qoʻyilgan talablar asosida oʻrganilib, eng yaxshi videoroliklar tanlab olindi.

Tanlov hayʼati aʼzolarining xulosasiga koʻra, 30-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi Zilola Saʼdullayeva tayyorlagan videorolik 1-oʻringa munosib koʻrildi. 2-oʻrin ushbu maktabning 8-sinf oʻquvchisi Sarvara Farhodova hamda 11-sonli maktab filialining 7-sinf oʻquvchisi Mahfuza Maratovalarga nasib etdi. 30-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchilari Dildora Jumamurodova va Rohatoy Bozorboyevalar tayyorlagan videoroliklar esa 3-oʻringa loyiq koʻrildi.

Videoroliklarni tanlab olishda muallifning oʻz doʻstlari orasida kitobxonlikni targʻib etishdagi shaxsiy fikrlari, oʻzi oʻqigan badiiy asarlardan olgan taassurotlari, hayotiy  xulosalari va kitob mutolaasi tufayli dunyoqarashining ijobiy tomonga oʻzgargani xususidagi mulohazalariga ustunlik  berildi.

Joriy yilning 26-dekabr sanasida  tanlov gʻoliblari Amudaryo televideniyesi tahririyati tomonidan ragʻbatlantirildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019