16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:42
Salomatlik 👁 329

YILDAN-YILGA TIBBIY XIZMAT SIFATI OShIB, SOGʻLOM TURMUSh TARZI BARQARORLAShMOQDA

YILDAN-YILGA TIBBIY XIZMAT SIFATI OShIB,  SOGʻLOM TURMUSh TARZI BARQARORLAShMOQDA

Mamlakatimizda izchil amalga oshirib kelinayotgan islohotlar natijasida tibbiyot sohasi katta oʻzgarishlar, yangilanishlarga yuz tutmoqda.  Islohotlar doirasida Amudaryo tumanidagi Tibbiyot birlashmasida yoʻlga qoʻyilgan amaliy ishlar ham tibbiy xizmat sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tuman Tibbiyot birlashmasi tarkibida 415-oʻrinli Markaziy shifoxona, 36-oʻrinli xoʻjalik hisobidagi reabilitatsiya boʻlimi, 14ta ambulatoriya-poliklinika muassasasi, 1ta koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, 9ta oilaviy poliklinika va 4ta oilaviy shifokorlik punkti faoliyat koʻrsatmoqda. 

Tuman markazida yashovchi aholiga koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada jami 102 nafar shifokor, shundan  34 nafari umumiy amaliyot shifokorlari va 183 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari, shundan 68 nafar patronaj hamshiralari tibbiy xizmat koʻrsatadi. Qishloqlarda yashovchi aholi esa 91 nafar umumiy amaliyot shifokorlari va 328 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari, shundan 212 nafar patronaj hamshiralarning tibbiy xizmatidan foydalanadi.

Tez tibbiy yordam xizmati boʻyicha markazda 5ta brigada, shundan 1tasi reanimatsion, 11ta shoxobcha faoliyat koʻrsatadi.  2023-yil 11 oyi davomida  tez tibbiy yordam xizmatiga murojaatlar soni – 51334ta boʻlsa, 50878tasiga tibbiy yordam berildi.

2023-yilning 11 oyi davomida 4574 nafar chaqaloq tugʻilgan. Bolalarda 13 tur  yuqumli kasalliklarining oldini olish boʻyicha rejali emlash muolajalari kalendar asosida haftaning belgilangan kunlari tuman SEO va JS boʻlimi bilan birgalikda olib borilmoqda. Shunga koʻra 11 oy davomida jami 57578 nafar bolalar emlangan, 73114 nafar bolalar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan.

Uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida 6-23 oylik bolalardan 1638 nafariga 3732ta mikronutriyent kukuni tarqatilgan. Shuningdek, 37 nafar bolalarda jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan.  “Karlik 3-4 darajasi” tashxisi bilan yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti oʻtkazilib,  1 nafar bolaga koxlear implantanti qoʻyilgan.  “Tugʻma yuqori lab va tanglay nuqsoni” tashxisi bilan esa 4 nafar bolaga jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan.

Tumanda 2023-yil 11 oy davomida tugʻish yoshidagi 52821 nafar ayol-qizlar tibbiy koʻrikdan  oʻtkazilib, 30905 nafarida ekstragenital kasalliklar aniqlangan. Shuningdek, 119 nafar homilador ayollarga 119 oʻram “Torivit” prenatal polivitamin kompleksi berilgan. Temir dori vositasi, yaʼni aferol tabletkalaridan  18-35 yoshli 725 nafar ayol-qizlarga 1500ta, 18-35 yoshli 6355 nafar ayol-qizlarga 22500ta foliy kislota tabletkasi tarqatilgan.

Tibbiyot birlashmasida 2023-yil 11 oy davomida 25679 bemor davolanib chiqqan va reja 122,8 foizga bajarilgan. Markaziy shifoxonada 2440ta jarrohlik operatsiyasi oʻtkazilgan.

Tuman hududida 91 nafar shifokor, 328 nafar oʻrta tibbiyot xodimlaridan iborat 91ta “tibbiyot brigadalari” tashkil etildi. Ushbu tibbiyot brigadalari tomonidan tuman aholisining 197908  nafari xatlovdan oʻtkazildi.

Joriy yilgi chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishlari reja asosida olib borilib, koʻriklardan 202630 nafar aholidan 201930 nafari oʻtkazilgan va 58881 nafarida kasalliklar aniqlangan. Ularning 53676 nafari ambulator, 4948 nafari statsionar, 257 nafari sanatoriya-kurortlar sharoitda sogʻlomlashtirilgan.  Jumladan, 3175ta nikohlanuvchi shaxs tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan.

2023-yilda birlashmada moddiy-texnik bazani yaxshilash, samarali va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatilishini taʼminlash kabilarga ham alohida eʼtibor qaratildi. Shu maqsadida kardiologiya, shoshilinch qabul boʻlimlari 1 donadan elektrokardiograf, 7-, 72-sonli, Qizilcholi, Toʻlqin ovullaridagi OShPlar 1 donadan avtoklav bilan taʼminlandi. Tugʻruq majmuasiga yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun 1 dona kuvez inkubator uskunasi, yangi tugʻilgan chaqaloqlarga skrining audiometri, raqamli rangli ultratovushli doppler uskunasi keltirildi. Markaziy poliklinikaning boʻlimlari uchun 10 dona nebulayzer ingalyatorlari, reanimatsiya boʻlimiga 2 dona IVL, 1 dona stimulyator uskunalari, fizioterapiya boʻlimiga lazerli terapiya uskunalari olib berildi. Shuningdek, KTMP, OP, OShP patronaj hamshiralari 50 dona patronaj sumkalari bilan taʼminlandi.

Rejaga koʻra, kelayotgan 2024-yilda aholi murojaatlarini inobatga olib, Boʻzyop, Oʻrtaqalʼa, Choykoʻl, Qipchoq, Toshyop ovullari, Tor yop mahallasi oilaviy shifokorlik punktlarini bosqichma-bosqich qayta tashkil etishga alohida eʼtibor qaratiladi. Shuningdek, 5-, 71-sonli oilaviy poliklinikalar binolarini yangidan qurish, 2-, 4-sonli oilaviy poliklinikalarga qoʻshimcha bino qurish boʻyicha Davlat investitsiya dasturlariga takliflar kiritish choralari koʻriladi.

Sogʻliqni saqlash tizimida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi sohani yangi bosqichga olib chiqishga, koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifati va fuqarolarning tibbiy xizmatdan foydalanish qulayliklarini yanada oshirishga, aholi salomatligini mustahkamlashga, turli kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Kelayotgan Yangi 2024-yil barchaga qutlugʻ boʻlsin! Har biringizga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt, xonadonlaringizga qut-baraka tilayman.

F.Abdullayev,

tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026