16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:27
Salomatlik 👁 351

TOʻLQIN OVULIDA MAHALLA, MAKTAB VA OILA HAMKORLIGIDA YoShLARGA “OMMAVIY MADANIYaT”NING ZARARLI TAʼSIRI TUShUNTIRILMOQDA

TOʻLQIN OVULIDA MAHALLA, MAKTAB VA OILA HAMKORLIGIDA YoShLARGA “OMMAVIY MADANIYaT”NING ZARARLI TAʼSIRI TUShUNTIRILMOQDA

Yoshlarning taʼlim-tarbiyasida oila va taʼlim muassasasi bilan birgalikda mahallaning ham oʻrni, taʼsiri katta. Xalq orasidagi “Mahalla – ham ota, ham ona” degan gap bejizga aytilmagan. Oʻzaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik kabi xalqimizga xos urf-odat va anʼanalar aynan mahalla muhitida rivojlangan. Bular esa yosh avlodning ongu-tafakkurini shakllantirishda, ularni yot gʻoyalar, “ommaviy madaniyat” taʼsiridan asrashda muhim ahamiyatga ega.

15-yanvar kuni amunews.uz veb-sayti tahririyatining “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” nomli grant loyihasi doirasida hududda fuqarolar yigʻini, taʼlim muassasalari va oilalar hamkorligida yoshlar tarbiyasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Amudaryo tumanining Toʻlqin ovuliga tashrif buyurdik.

Ovuldagi 33-sonli maktabda boʻlib oʻtgan davra suhbati davomida bu borada yoʻlga qoʻyilgan chora-tadbirlar, ularning samarasi, erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Tadbirda tumandagi ommaviy axborot vositalari xodimlari, “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” nomli grant loyihasi ijrochilari, fuqarolar yigʻini masʼullari, maktab maʼmuriyati va ota-onalar, oʻquvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda dastlab grant loyihasi ijrochilari tomonidan rejaga muvofiq amalga oshirilayotgan tadbirlar xususida maʼlumotlar berilib, keng toʻxtalib oʻtildi. Mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlar, yaʼni yoshlar oʻrtasida turli zararli illatlarga berilishning oldini olishga qaratilgan mavzulardagi maqolalar, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishga hissa qoʻshish maqsadida ularni kitobxonlikka jalb etish, oʻtkazilayotgan tanlovlar, faol qatnashayotgan yoshlar haqida soʻz yuritildi.

Shundan soʻng, maktab direktori Islom Saʼdullayev fuqarolar yigʻini, maktab va ota-onalar bilan hamkorlikda yoshlar tarbiyasini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi. Shuningdek, fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli Gavhar Bobotoyeva, maktab psixologi Manzura Saparboyeva, ota-onalardan Ikrom Yesamurodovlar hamkorlikda samarali natijalarga erishilayotganini eʼtirof etishdi.

Tadbir davomida soʻnggi davrlarda “ommaviy madaniyat” niqobi ostida butun dunyoga keng tarqalayotgan maʼnaviy va axloqiy buzuqlik yoshlarimizning dunyoqarashiga ham jiddiy xavf solayotgani, axloqiy buzuqlik, zoʻravonlik, individualizm, egotsentrizm kabi yot va buzgʻunchi gʻoyalarni internet orqali yoshlar ongiga singdirishga urinish kuchayib borayotgani achinish bilan tilga olindi.

Yigit-qizlarimizni ularning taʼsiridan asrash uchun mahallalarda bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni atroflicha tahlil qila oladigan mutaxassislarni jalb etgan holda yoshlar uchun oʻquv soatlari tashkil etish kerakligi, toki, bunday tadbirlar milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid boʻlgan gʻoya va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish lozimligi toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Bu esa fuqarolarimizning qalbida milliy tafakkur va sogʻlom dunyoqarash asoslarini mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Davra suhbati tarzida oʻtkazilgan tadbir davomida voyaga yetmaganlar nazoratida oila, mahalla, maktab hamkorligini yoʻlga qoʻygan holda bolalarning ijtimoiy ahvolini oʻrganish, jinoyat sodir etishga moyillarini aniqlab, sogʻlom muhitga qaytarish uchun tegishli chora-tadbirlar belgilash, ushbu jarayonda xizmat intizomi va qonunchilikka ogʻishmay amal qilish lozimligi bugungi kun talabi ekanligi aytib oʻtildi.

Grant loyihasi doirasida oʻtkazilgan tadbir davomida kelgusi rejalar xususida ham toʻxtalib oʻtildi va yoshlarni jalb etgan holda ularning tarbiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi tadbirlarni muntazam ravishda oʻtkazib borishga kelishib olindi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019