16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:57
Jamiyat 👁 307

TRANSPORT YOʻLLARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASh BOʻYIChA REYD TADBIRLARI OʻTKAZILDI

TRANSPORT YOʻLLARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASh BOʻYIChA REYD TADBIRLARI OʻTKAZILDI

Amudaryo tumani hududidagi avtotransport yoʻllarida harakat xavfsizligini taʼminlash, ogʻir oqibatli hodisalar sodir etilishining oldini olish maqsadida yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan muntazam ravishda reyd tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.

21-yanvar kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi tadbirlarda tuman Ichki ishlar boʻlimi yoʻl-patrul xizmati boʻlinmasining 13 nafar xodimlari ishtirok etishdi va tadbir davomida 100dan ziyod qoidabuzarliklar aniqlandi.

Undan tashqari, reyd paytida 80 ta avtomashinalar qoʻpol qoidabuzarliklar sodir etganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining tegishli moddasiga asosan jarima maydonlariga qoʻyildi. Shundan avtotransport vositasini mast holatda boshqarib yurganlikda gumon qilingan 3 nafar fuqaro belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazildi va ularga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Shuningdek, 10 nafar fuqaro muddatidan oʻtgan qarzdorliklarni toʻlamasdan yurganligi aniqlandi va jarimalar toʻligʻicha undirib olindi. Avto va mototransport vositalarini boshqarish paytida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining turli moddalarida koʻrsatilgan qoidabuzarliklarni sodir etgan 67 nafar fuqarolarga ham tegishli tartibda jazo choralari qoʻllanildi.

Taʼkidlash joizki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda yoʻl harakati xavfsizligi sohasida mavjud muammolarni bartaraf etish, xalqaro standartlarga muvofiq yoʻl-transport infratuzilmasini yaxshilash, avtomobil yoʻllarini rekonstruktsiya qilish, yoʻl harakati qulayligi va xavfsizligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada Davlatimiz rahbarining bir qator Farmon va Qarorlari bilan yoʻl infratuzilmasini kompleks takomillashtirish yoʻnalishi boʻyicha yangi vazifalar va chora-tadbirlar belgilanib, qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda tuman hududidagi yoʻllarda ham harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, ayniqsa, piyodalar va voyaga yetmagan shaxslar ishtirokida qoidabuzarliklar sodir qilinish ehtimoli yuqori boʻlgan joylarda haydovchilarning hushyorligini oshirish maqsadida shahar markazidagi yoʻl belgilari taʼmirlanib, yangi yoʻl belgilari oʻrnatilmoqda.

Prezidentimizning 2022-yil 12-iyuldagi 2022—2026-yillarga moʻljallangan “Xavfsiz va ravon yoʻl” umummilliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtgan davr mobaynida qator avtotransport yoʻllarida yangi yoʻl belgilari oʻrnatilib, yaroqsiz holga kelganlari almashtirildi. Maktablar oldiga tezlikni cheklovchi yoʻl belgilari oʻrnatildi, yoʻl yotiq chiziqlari chizildi, aholi yashash joylaridan oʻtuvchi yoʻllar chetiga tungi yoritgichlar oʻrnatilib, piyodalar uchun yoʻlaklar qurildi.

Reyd tadbirlari davomida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasini “Shahar avtomobillar emas, balki piyodalar uchun” gʻoyasi asosida isloh qilish maqsadida tuman markazida ham transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilgani, qoidabuzarliklar turlari va ularga nisbatan qoʻllaniladigan jazo turlari, belgilangan jarimalar miqdorlari haqida ham maʼlumotlar, tushunchalar berildi. Bunday tadbirlar jamoat xavfsizligini taʼminlash bilan birga turli koʻngilsiz hodisalar sodir etilishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Reyd tadbirlarida tushuntirilganidek, har bir fuqaro, haydovchi yoki piyoda boʻlishidan qatʼiy nazar, harakatlanayotgan paytida belgilangan yoʻl qoidalariga amal qilsa, qoidabuzarliklar, inson hayotini xavf ostida qoldiruvchi halokatlar sodir boʻlmaydi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026