16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:24
Salomatlik 👁 390

ChORDARA MAHALLASINING JONKUYaR KAYVONI ONALARI

ChORDARA MAHALLASINING JONKUYaR KAYVONI ONALARI

Vatan ichra kichik Vatan hisoblanmish oilalardagi tinchlik-osoyishtalik jamiyatimizning tinch-osoyishtaligini taʼminlaydi.

Hayot murakkab jarayon ekanligi isbot talab qilmaydigan haqiqat. Oilaning tinch, unda dunyoga kelgan farzandlarning sogʻlom, maʼnaviyatli, maʼrifatli boʻlib ulgʻayishi ota va onaga bogʻliq. Er va xotinning oʻzaro totuvligi, oʻz burchlarini ado etishlari, qoʻni-qoʻshnilar, tugʻishganlar, qarindoshlar bilan ahil-inoq munosabatlari oila atalmish qoʻrgʻonning mustahkamligiga poydevor boʻladi. Chor-atrofimizga nazar solsak, havas qilgulik oilalar bisyor. Afsuski, oʻzaro kelishmovchiliklar, nizolar sabab parokandalikka uchrayotgan oilalar ham yoʻq emas.

Amudaryo tumanining ovul va mahallalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari va koʻchaboshchi ayollar oilalarda sogʻlom muhit, ahillik barqaror boʻlishi yoʻlida saʼy-harakatlar olib borishayapti.

Mangʻit shahrining Chordara mahallasida oilaviy nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, qarindoshlar, qoʻni-qoʻshnilar oʻrtasidagi buzilgan munosabatni tiklashda faollik koʻrsatayotgan kayvoni onaxonlar faoliyati bilan tanishish maqsadida shu yilning 22-yanvarida amunews.uz veb-sayti tahririyati xodimlari mazkur mahallada boʻlishdi.

Sayt tahririyati tomonidan amalga oshirilayotgan “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” nomli grant loyihasi ish rejasiga koʻra mahallada olib borilgan oʻrganishlar ushbu hududning yashil toifada turishida kayvoni onaxonlar, nuroniy otaxonlarning hissasi katta ekanligini yaqqol koʻrsatdi.

Mahallaning 15 ta koʻchalaridagi xonadonlarda 36 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ularning orasida ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalar, yolgʻiz yashovchi keksalar ham bor. 14 nafar koʻchaboshchi ayollar mahalla xotin-qizlar faoli Saida Yusupova bilan hamkorlikda oʻz hududlaridagi aholi holidan tez-tez xabar olib, ularning hayotidagi muammolarini joyida hal etishga, oilalarda sogʻlom maʼnaviy muhit hukmron boʻlishiga harakat qilishayapti.

Hayot yoʻllari doimo ravon emas. Ammo duch kelgan oʻzaro tushunmovchilik yo kelishmovchilik oqibatida oilalarning buzilib ketishining oldini olishda, yosh oilalarga kirib, hayotiy maslahatlar berib, oʻzaro ahillikda yashashga daʼvat etishda kayvoni onaxonlarning xizmati ulkan boʻlayotir. Ularning mahalla xotin-qizlar faoli Saida Yusupova bilan birgalikdagi saʼy-harakatlari natijasida ajrim yoqasiga kelib qolgan, sudning yakuniy qarori qabul qilinishi arafasida turgan 3ta oila yarashtirildi va 8 nafar norasida oʻgʻil-qizlar ota-onasi bagʻrida begʻam, baxtiyor yashaydigan boʻldi, oʻzaro nizoga borgan 4ta qoʻshni oila, 2 nafar arazlashgan tugʻishganlar yarashtirildi.

Salkam 80 yosh ostonasiga boray deb turgan, turmush oʻrtogʻi bevaqt vafot etib, besh nafar farzandni yolgʻiz oʻzi oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazib, hayotda oʻz oʻrinlarini topishlariga erishgan hoji ona Oʻgʻiljon Oʻrozova mahalla xotin-qizlar faolining yaqin koʻmakchisi, koʻchaboshchi ayollar sardori, deyish mumkin.

Onaxon intilishda, mahalla hayoti uchun harakat qilishda yoshlardan qolishmaydi. U chor-atrofidagi koʻchalarni ham aylanib, mahalladoshlari holidan xabar oladi, hovlisi chor-atrofini supurayotgan, yoʻllar boʻyidagi daraxtlarga shakl berayotgan qizlarni, yigitlarni koʻrganida ularga rahmat aytib, alqaydi, duo qiladi. Shoʻx-shodon oʻynab yurgan bolajonlarning imon-insofli, aqlli insonlar boʻlib voyaga yetishini tilaydi.

Onaxon oilasidagi arzimagan kelishmovchilik, qiyinchiliklarga sabrsizlik qilayotgan ayrim yoshlarga oʻz hayotidan soʻzlaydi. Aytishicha, onaxonning turmush oʻrtogʻi vafot etganida kichik farzandi bir yarim yashar boʻlgan ekan. Besh nafar farzandni yolgʻiz oʻzi tuman Tibbiyot birlashmasida kichik hamshira boʻlib ishlab boqqan, yolgʻiz boshi bilan ularni oʻqitib ilmli, kasb-hunarli qilgan ekan.

Ne bir mashaqqatlarni sabr-bardosh bilan yengib oʻtgan onaxon kuni kecha chevarasi uylangan toʻyga ham bosh boʻldi.

Mahallaning yana bir kayvoni onaxoni Hayitgul Rajabova taʼlim faxriysi. Umr boʻyi tumanimizdagi 67-sonli, 36-sonli maktablarda oʻquvchilarga ona tili va adabiyot fanidan dars bergan onaxon hozir 66-yoshda, toʻrt nafar oʻgʻilni voyaga yetkazib, el havas qilguday darajaga yetkazgan, uch nafari ichki ishlar organlarida, biri esa tadbirkorlik kompaniyasida mehnat qiladi. Ikki nafari Toshkent shahrida, biri Samarqand shahrida, biri Mangʻitda yashaydi. Ota-ona ular orasida talash. Biroq umrguzaronlik qilgan mahallasini, qoʻni-qoʻshnilarini sogʻinib, qay birinikiga borsa-da, oʻz uyiga qaytgisi kelaveradi. Mahallasi, koʻchasi tinch-totuvligiga oʻzini masʼul hisoblaydi.

Ular kabi ajdodlarimiz anʼananalari, urf-odatlari, qadriyatlari qadrini ulugʻ tutib, el osoyishtaligi yoʻlida fidoyilik qilayotgan nuroniylar yurtimiz fayzi, farishtasi. Biz ularga uzoq umr, kuch-quvvat tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019