16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:01
Salomatlik 👁 604

AMUDARYo TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI – HAQIQIY MAʼNAVIYaT TARGʻIBOTChISI

AMUDARYo TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI – HAQIQIY MAʼNAVIYaT TARGʻIBOTChISI

Kitob – maʼnaviyat sarchashmasi, Kitob – zulmatlarni yoritguvchi nur, muzlagan qalblarni oʻz otash tafti ila isitib, sogʻlom hayot baxsh etguvchi qudratli kuch. U – adashganga yoʻlchi, miskin koʻngillarga suyanch, hayot sirlarini ochguvchi oltin kalit. Shuning uchun ham ahli donishlar oʻz umrlarini kitobdan olgan ilm-u zakovatlari ila charogʻon qilib, yuksak ibrat va namuna maktabi darajasiga aylantirganlar. Shuning uchun ham Prezidentimiz kitob mutolaasini, ayniqsa, yoshlar kitobxonligini yoshlarga oid davlat siyosati darajasiga olib chiqdilar. “Eng kitobxon oila”, “Kitobxon yoshlar”, “Farzandimga kitob sovgʻa qilaman”, “Eng yaxshi sovgʻa - kitob” kabi koʻrik-tanlovlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardan koʻzlangan maqsad ham yoshlar kitobxonligini rivojlantirish, ular ongida maʼnaviy immunitetni shakllantirish, oilalarda barqaror milliy-maʼnaviy hayot tarzini mustahkamlashdan iboratdir.

Mamlakatimiz boʻylab amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlarning yoshlar hayotida tutgan oʻrni qanday? Joylardagi Axborot-kutubxona markazlarida kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar qoniqarlimi? Bugungi yoshlar asosan qanday kitoblarni oʻqishayotir? Shu kabi savollarga javob topish maqsadida www.amunews.uz veb-saytining Oliy Majlis huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant loyihasi ish rejasiga koʻra, Amudaryo tuman  Axborot-kutubxona markazida boʻlib markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdik.

Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2019-yilda Amudaryo tumanida ham Axborot kutubxona markazi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Tuman Madaniyat boʻlimi binosida joylashgan kutubxonaning oʻz binosi yoʻq edi. Amudaryo tumani hokimining 2022-yil 16-dekabr kungi qarori asosida Mangʻit shahrining Oybek nomli mahallasi hududida yangi, zamonaviy bino barpo etilib, Axborot-kutubxona markazi mazkur hududga koʻchirildi. Yangi bino, avvalo keng va yorugʻligi, guzar yoʻlga yaqin hududda joylashganligi, mavjud shart-sharoitlari bilan barcha yosh toifadagi  kitobxonlar uchun qulaylik yaratdi va Axborot-kutubxona markazi aʼzolari safi oshishini taʼminladi.

Axborot-kutubxona markazi uchun faqat 2023-yil davomida 5 026 ming soʻmlik gazeta va jurnallar, 1 920 ming soʻmlik adabiy-badiiy, siyosiy-iqtisodiy mazmundagi va bolalar adabiyotlari sotib olindi.

Shuningdek, A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan 425 nusxada turkiy xalqlar va jahon adabiyotining durdona asarlari jam boʻlgan kitoblar sovgʻa sifatida taqdim etildi.

Shunisi eʼtiborliki, markaz xodimlari tomonidan har hafta davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali imkoniyati cheklanganlar uchun audio kitoblar taqdim etilmoqda.

Shuningdek, “Milliy oʻqish haftaligi”, “Yoʻl-yoʻlakkay kitob oʻqiymiz”, “Mehr kutubxonasi” loyihalari doirasida ijtimoiy tarmoqlarda lavhalar berib borilmoqda. 2024-yilning yanvar oyidan shu kunga qadar “Amudaryo tumani xorijiy adabiyotlar kutubxonasi” nomli 138 sahifa, “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida 20 ta, imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun 20ta audiokitoblar ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan axborot-kommunikatsiya va raqamlashtirish xizmati sifati ham yaxshilanayotgani va bu xizmat turidan foydalanuvchilar safining oshib borayotgani ham quvonarli. Xususan, Axborot-kutubxona markazining oʻz telegram kanali ochilganidan beri kanalga pdf formatida 2540ta, apk formatida 4ta, audio formatida 1141ta maʼlumotlar joylashtirildi. Kitobxonlik targʻibotiga bagʻishlangan 420ta videorolik, 3761ta suratlar, onlayn mutolaa uchun 3401ta havola, 35ta onlayn gazeta, 24ta maqola va maʼlumotlar, 30 ta muhim sanalarga oid maʼlumotlar joylashtirildi. Ayni paytda axborot-kutubxonaning telegram kanali aʼzolari safi bir necha ming nafardan ziyod.

Yoshlar oʻrtasidagi kitobxonlik muhitini yaxshilash, ularni adabiyot olamiga keng jalb etish maqsadida turli sanalar munosabati bilan oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga eng chekka qishloqlardagi yoshlar ham qamrab olinmoqda. Bunda “Koʻchma kutubxona”, “Kitoblar karvoni”, “Kitob sayli” tadbirlari, “Kitobsevar millat” shiori ostida oʻtkazilayotgan kitobxonlik targʻibotiga bagʻishlangan davra suhbatlari, taniqli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar qizgʻin bahs-munozaralarga yorqin taassurotlarga boy tarzda oʻtkazilayotgani Axborot-kutubxona markazi aʼzolarining safi yanada oshishini taʼminlamoqda.

Ayniqsa, “Tanishing, yangi adabiyotlar” kitoblar koʻrgazmasi, jajji bolajonlar ishtirokidagi, “Maqolni davom ettiring”, “Men topishmoq bilaman”, “Men yaxshi chizaman” mavzularidagi zakovatni charxlovchi intellektual oʻyinlar, A.Navoiy, Bobur, Berdaq, Ajiniyoz, Zulfiya, A.Oripov, E.Vohidov, M.Yusuf, Ibroyim Yusupov kabi adabiyotimizning buyuk namoyandalari tavallud kunlari munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlarda tumandagi umumtaʼlim maktablarining kitobsevar yoshlari nihoyatda  faollik bilan ishtirok etishadi. Ular nafaqat mazkur tadbirlar ishtirokchilari, balki Axborot-kutubxona markazining doimiy aʼzolaridirlar. Ayniqsa, tumandagi 3-sonli, 76-, 47-, 84-, 55-, 40-, 82-sonli maktablarning kitobxon-yoshlari, shuningdek “Isteʼdodli bolajon” nomli maktabgacha taʼlim tashkilotining 5-6 yoshli bolajonlari Axborot-kutubxona markazining eng faol va doimiy aʼzolaridirlar.

Kezi kelganida yana shuni ham alohida qayd etishni istardikki, kitobxon aʼzolari tobora oshib borayotgan mazkur markaz xodimlarini ham, kitobxonlarni ham bir muammo qiynab keladi: bu – kompyuter texnologiyalarining yetishmasligi masalasidir. Ushbu kamchilik sabab, markaz oʻz mijozlariga zamonaviy talablar darajasida xizmat koʻrsatish imkoniyati kam. Bu Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati koʻrsatishda jiddiy qiyinchilik tugʻdiradi. Markaz xodimlari ham, kitobxonlar ham bibliografik tizimga kirish, zarur adabiyotlarni izlashda ancha ovora boʻlishlariga toʻgʻri keladi. Natijada vaqt behuda sarflanadi. Bu ayniqsa, audio va elektron kitoblarni izlashda yaqqol seziladi.

Bugungi kitobxon yoshlar zamon talablari darajasidagi xizmatlardan foydalanishni va shu orqali va shu orqali vaqtdan yutishni istashadi. Markazda kompyuter texnologiyalarinnig yetishmasligi ularning ana shu istak-xohishlarini amalga oshirish yoʻlidagi toʻsiqdir. Istardikki, Amudaryo tumanining kitobsevar xalqi, ayniqsa, yoshlar uchun yuksak maʼnaviy muhit yaratishga hissa qoʻshishga qodir boʻlgan Axborot-kutubxona markazidagi ushbu oddiygina kamchilikka masʼullar tomonidan alohida eʼtibor qaratiladi va albatta kitobxonlar uchun zamonaviy AKT majmuasi yetkazib beriladi. Biz shunga qattiq ishonamiz. Chunki Amudaryo tumanining haqiqiy maʼnaviyat targʻibotchisi boʻlgan Axborot-kutubxona markazi aʼzolari – kitobsevar xalqimizning istak-xohishi ham shudir!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026