16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:26
Fan va taʼlim 👁 341

11-SONLI MAKTABDA “BIZ NAVOIY AVLODLARIMIZ” MAVZUSIDA TEATRLAShTIRILGAN TADBIR OʻTKAZILDI

11-SONLI MAKTABDA “BIZ NAVOIY AVLODLARIMIZ” MAVZUSIDA TEATRLAShTIRILGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Jannatmakon Oʻzbekistonimizda fevral oyi adabiy-badiiy tadbirlarga boy, chinakkam adabiyot bayrami sifatida har bir qalbga maʼnaviyat nurlarini olib kiradi goʻyo. Fevralning ilk kunlaridanoq Navoiyxonlik kechalari Boburxonlik va gʻazalxonlik tadbirlariga ulanib ketadi. Ayniqsa, 9-fevral – Alisher Navoiy  tavalludi arafasidagi bayramona tadbirlar butun xalqimizni qamrab oladi. Shoirning betakror lirikasi sehridan qalblar ziynatlanadi, maʼnan tozaradi.

Ana shunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardan biri Qipchoq ShFY hududidagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida ham boʻlib oʻtdi.

“Biz buyuklar avlodimiz” shiori ostida oʻtkazilgan teatrlashtirilgan tadbirda maktab pedagogika jamoasi, oʻquvchi-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Qunduzoy Xolmurodova ochdi va barchani ulugʻ bobokalonimiz tavalludining 583 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. Shu bilan birga buyuk davlat va jamoat arbobi, oʻzbek tili va adabiyotining rivojiga juda katta hissa qoʻshgan, turkiy xalqlar adabiyotida yuksak maqomga ega mutafakkir shoir Alisher Navoiyning asrlar osha adabiyot ixlosmandlarini, dunyo xalqlarini oʻziga maftun etib kelayotgan oʻlmas asarlarining badiiy qimmati, yoshlar taʼlim-tarbiyasida tutgan oʻrni xususida batafsil soʻz yuritib, Navoiy dahosiga hurmat-ehtirom – bu milliy-maʼnaviy qadriyatlarimizga cheksiz hurmat va ehtirom ekanligini taʼkidladi.

Tadbir davomida maktabning 7-, 8-, 9-sinflar oʻquvchilari Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati yuzasidan qimmatli maʼlumotlarni berdilar, Navoiy gʻazallarini yoddan, ifodali oʻqib bergan 7- va 9-sinf oʻquvchilaridan keyin sahnada “Xamsa” dostonining tavsifi jarangladi. 9-Bsinf qizlari “Xamsa”da jo boʻlgan har bir dostonga aslohida taʼrif va tavsif  berdilar va Guli monologini maromiga yetkazib ijro etdilar.

Shundan soʻng,7-B sinf oʻquvchi-qizlari shoir qitʼalarini ifodali oʻqishib, tadbir ishtirokchilarini Navoiy  asarlaridagi hikmatlar xazinasidan bahramand etdilar.

Tadbirning musiqiy  qismi qalblarga yanada zavqli, hayajonli lahzalarni baxsh etdi. Unda 7-8-sinflarning oʻquvchi-qizlari Navoiy gʻazali bilan aytiladigan “Ishq ayladi” ashulasiga raqsga tushdilar.

Shundan soʻng, sahnada Navoiy zamondoshlarining fikrlari jarangladi. Buyuk tarixchi olim Davlatshoh Samarqandiy, fors-tojik shoiri, Naqshbandiya tariqatining yirik vakili Abdurahmon Jomiy, tarixchi, davlat arbobi Muhammad Haydar Mirzo, shoh va shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur, tarixchi olim Rashidiy, Eron tarixchisi Hakimshoh Qazviniy, tarixchi Xondamir, shoir  va dramaturg, adabiyotshunos Maqsud Shayxzoda hamda Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovlar bildirgan qimmatli fikrlar xususida oʻquvchi-yoshlar toʻlqinlanib soʻzladilar.

Tadbirda oʻquvchilar tomonidan sahnalashtirilgan “Sabbaʼi sayyor” dostonidan parcha ham namoyish etilib, “Hayrat-ul abror” dostonidan hikmatli hikoyatlar oʻqilgani oʻquvchi-yoshlarning haqiqatan ham Navoiy dahosiga qalblarida yuksak ehtirom bilan uning buyuk asarlarini oʻrganayotganlarining amaliy ifodasi boʻldi. Goh gʻazal, goh hikmatlarga toʻla dostonlar jarang sochgan “Biz Navoiy avlodlarimiz” adabiy-musiqiy, teatrlashtirilgan bayramona tadbir dilbar kuy-qoʻshiqlar, dilrabo raqslar bilan davom etdi va qalblarga zavq-shavq bagʻishladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026