16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:20
Fan va taʼlim 👁 292

35-SONLI MAKTABDA UChINChI RENESSANSNING BOʻLGʻUSI BUNYoDKORLARI TAʼLIM-TARBIYa OLIShMOQDA

35-SONLI MAKTABDA UChINChI RENESSANSNING BOʻLGʻUSI BUNYoDKORLARI TAʼLIM-TARBIYa OLIShMOQDA

Amudaryo tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 35-sonli umumtaʼlim maktabi tumanning eng chekka hududi – qardosh Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh Xolimbeg qishlogʻidagi taʼlim-tarbiya ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilgan namunali oʻquv maskanlaridan biri sanaladi.

Mazkur maktabga oʻquv-tarbiya jarayonlarini samarali  tashkil etish borasidagi muammolarini hal qilish maqsadida 2008-yilda davlat umummilliy dasturi asosida 889 mln. soʻm mablagʻ hisobiga 315-oʻrinli yangi bino qurib berildi. Taʼlim muassasasi qamrovidagi aholi sonining oshib borishi munosabati bilan 2021-yilda investitsiya dasturi doirasida loyiha qiymati, 3 mlrd. 957 mln. soʻm boʻlgan 330-oʻrinli qoʻshimcha bino ham qurilib, foydalanishga topshirildi. Natijada xolimbeglik ota-onalar va ularning farzandlari dilidagi orzulari ushalib, maktab zamonaviy qiyofa kasb etdi. Shu bilan birga kimyo, biologiya, fizika xonalari laboratoriya mashgʻulotlari olib borish imkonini beruvchi zamonaviy maktab laboratoriyalari jihozlari bilan taʼminlandi.

Ayni paytda 688 nafar oʻquvchi-yoshlar taʼlim-tarbiya olayotgan mazkur oʻquv dargohi hududi toʻliq internet bilan qamrab olindi. Bu esa oʻquvchi-yoshlarga yanada samarali va sifatli taʼlim-tarbiya berish imkonini yaratdi.

Ahil va tashabbuskor 67 nafar pedagogika jamoasi faoliyat yuritayotgan muassasada 4 nafar oliy, 9 nafar 1- va 22 nafar 2-toifaga ega, shuningdek, 32 nafar mutaxassis bilimdon oʻqituvchilar oʻquvchi-yoshlarning  fan asoslarini puxta oʻzlashtirishlarini taʼminlash yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilishmoqda. Shu bois, maktab oʻquvchilari taʼlimda, maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishlardagi turli koʻrik-tanlovlarda, sportda yuqori natijalarga erishmoqdalar.

Xususan, “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2022-yil 11-aprelda eʼlon qilingan Prezident Qaroriga muvofiq tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarida sportning yengil atletika turi boʻyicha maktabning qizlar jamoasi Oʻzbekistonda 1-oʻrinni egallashdi. Erishilgan bu yutuq evaziga Prezidentning yuqoridagi Qarori, 5-bandida koʻrsatilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi musobaqalarda gʻolib boʻlgan, hududida sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan maktab terma jamoalari uchun stritbol, vorkaut va universal sport maydonchalarini qurish koʻzda tutilgani bois, 2023-yilda 35-sonli maktabga universal sport maydonchasi qurib berildi.

Oʻtgan 2022-2023 oʻquv yili 35-sonli maktab oʻqituvchi va oʻquvchi-yoshlari uchun quvonchli muvaffaqiyatlar yili boʻldi. Maktabning  11-sinf oʻquvchisi Barno Samandarova Prezident Qaroriga koʻra, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi, sportning minifutbol turi boʻyicha qizlar jamoasi Qoraqalpogʻistonda 1-oʻrinni egallashdi, oʻquvchilarning OTMga oʻqishga qabul qilinish darajasi oshdi. 2023-2024 oʻquv yilini yanada ezgu orzular bilan boshlagan oʻquvchi-yoshlar fanlar olimpiadasining tuman va respublika bosqichlarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Xususan, 10-sinf oʻquvchisi Lobar Ziyodboyeva kimyo fanidan, 11-sinf oʻquvchisi Shahriyor Karimboyev geografiya fanidan gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi. Maktabning oʻgʻil bolalar futbol jamoasi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqalarda  1-2-oʻrinlarni egallashdi.

Erishilayotgan yutuqlarda ingliz tili fani oʻqituvchisi Sevara Jumaniyozova, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari  Maftuna Oʻrozboyeva, Sayyora Rozumovalar, jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi Shavkat Saidmurodovlarning munosib hissalari bor.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini ikkinchi  xorijiy til va bitta kasb-hunarga oʻrgatish amaliyotini yoʻlga qoʻyishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga koʻra, maktabda ingliz tilidan tashqari, ikkinchi xorijiy til – nemis tilini oʻrgatish boʻyicha 7-sinflarda mashgʻulotlar boshlab yuborildi. Shuningdek, qiz bolalarga chevarlik, oʻgʻil bolalarga duradgorlik hunarlarini oʻrgatish  yoʻlga qoʻyildi.

Maktab pedagogika jamoasining maqsadi esa bitta – oʻsib kelayotgan yosh avlodni zamon talablari darajasidagi bilim bilan qurollantirish. Chunki ana shunday talablar darajasidagi bilimga ega yoshlargina Uchinchi Renessansni bunyod etadilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019