16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:18
Fan va taʼlim 👁 293

36-SONLI MAKTABDA BOBOKALONLAR TAVALLUDIGA BAGʻIShLAB “IKKI BUYuK SIYMO” DEB NOMLANGAN TADBIR TAShKIL ETILDI

36-SONLI MAKTABDA BOBOKALONLAR TAVALLUDIGA BAGʻIShLAB “IKKI BUYuK SIYMO” DEB NOMLANGAN TADBIR TAShKIL ETILDI

Mamlakatimizda ulugʻ ajdodlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburlarning tavallud kuni keng nishonlanadi va ushbu sanalar munosabati bilan turli tadbirlar, maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy kechalar oʻtkaziladi. Tadbirlarda oʻsib kelayotgan yosh avlod buyuk bobokalonlarga faxru-iftixorini yaqqol namoyon etib, oʻz ehtiromini koʻrsatishga harakat qiladi.

9-fevral kuni Amudaryo tumanidagi 36-sonli maktabda ham “Ikki buyuk siymo” deb nomlangan tadbir tashkil etildi. Maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Nasiba Bobojonova hamda uning rahbarligidagi 2-“A”sinf oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan ushbu tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Vahobjon Davletov ochib berdi. U oʻz soʻzida buyuk bobokalonlarimiz hayoti va ijodiga keng toʻxtalib oʻtdi. Ikki buyuk siymo – soʻz mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy, ulugʻ shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi, ular qoldirgan ulkan adabiy merosning yoshlar tafakkurini oʻstirishdagi, dunyoqarashini boyitishdagi beqiyos ahamiyati xususida soʻz yuritdi.

Shundan soʻng, sinf rahbari Nasiba Bobojonova hamda oʻquvchilar Alisher Navoiy va Bobur ijodiga mansub gʻazal va ruboiylardan yod aytishdi. Ifodali tarzda aytilgan gʻazal va ruboyilar tomoshabinlarga nihoyatda manzur boʻldi. Ayniqsa, jajji oʻquvchilar ijrosidagi sahna koʻrinishlari, ular gavdalantirgan Alisher Navoiyning yoshligi, Zahiriddin Muhammad Boburning qalbidagi Vatanga muhabbat va sogʻinch hislarini aks ettirishga harakat qilishlari barchani nihoyatda taʼsirlantirdi. Qizlar esa dilrabo raqs va qoʻshiqlari bilan kechaga yanada fayz kiritdilar.

Tadbirda oʻquvchilar ikki buyuk siymo haqida olgan bilimlarini savol-javob tarzida sinab koʻrishdi. Navoiy va Bobur hayoti, ijodi haqidagi savollarga toʻliq javob berishga xarakat qilgan oʻquvchilar Bobur merosini chuqur oʻrganishgani barchani quvontirdi.

Tadbir davomida har ikki ijodkor dunyo adabiyoti tarixida juda katta oʻrin tutishi, xalqparvar davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei jihatidan ham, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, adabiyot ahliga koʻrsatgan homiyligi jihatidan ham oʻxshashi yoʻq siymo ekanligi, ular bugun oʻzbek xalqining milliy iftixoriga, adabiy, maʼnaviy kamolot timsoliga aylangani taʼkidlandi.

Navoiy ham, Bobur ham buyuk davlat arbobi boʻlishgani, Bobur mohir sarkarda sifatida aql-zakovati va shijoati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solgani, oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma”, “Mubayyin”, “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Musiqa sirlari”, “Qofiya ilmi” kabi asarlari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan joy olgani toʻgʻrisidagi fikrlar bildirildi.

Shundan soʻng, oʻquvchilar oʻrtasida Navoiy va Bobur bobokalonlarimiz hayoti toʻgʻrisida diktantlar tanlovi oʻtkazildi. Zukko oʻquvchilardan Dilfuza Yoʻldosheva, Laziz Tursunboyev, Charosoy Soliyeva, Asliddin Yusupov, Javohir Madatov, Umrbek Bashirov, Shirinoy Baxtiyorovalar ushbu tanlovda faol ishtirok etib, zehnli, bilimli ekanligini, iqtidorini koʻrsatishdi.

Xalqimiz maʼnaviy dunyosining yuksalishiga ulkan hissa qoʻshgan ikki buyuk shaxs – Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan tashkil etilgan tadbir barchaga manzur boʻldi. Oʻquvchilar ham ikki ijodkorning hayoti, faoliyati, ijodiy merosi haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlab oldilar.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019