16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:03
Fan va taʼlim 👁 286

Matematika fani boʻyicha “Hokim olimpiadasi” oʻtkazildi

Matematika fani boʻyicha “Hokim olimpiadasi” oʻtkazildi

Mamlakatimizda istiqbolli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning iqtidorini roʻyobga chiqarish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shu bilan birga, ulgʻayib kelayotgan yosh avlodning ilm egallashga boʻlgan ishtiyoqi va intellektual salohiyatini oshirish, shuningdek xalqaro maydonda mamlakatimizning nufuzini yanada yuksaltirish uchun iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish yuzasidam tizimli ishlar tashkil etilmoqda.

10-fevral sanasida tumanimizdagi 36-sonli umumtaʼlim maktabida matematika fanidan “Hokim olimpiadasi” oʻtkazildi. Tuman yoshlar ishlari agentligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan olimpiada umumiy oʻrta taʼlim maktablarida kichik yoshli iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini namoyish etishiga koʻmaklashish, oʻquvchilarning xalqaro olimpiyadalarga puxta tayyorgarlik koʻrishlariga shart-sharoitlar yaratish kabi ustuvor maqsadlarga yoʻnaltirildi.

Taʼlim muassasalari oʻquvchilari orasidan matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika, rus tili, ona tili va adabiyot, ingliz tili, tarix, geografiya fanlari boʻyicha bilimli, qiziquvchan, intiluvchan va ijodkor yoshlarni aniqlash, ulardagi qobiliyatlarni roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish, qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida 2024-yil mobaynida har oyda bitta fandan, bir bosqichda “Hokim olimpiadasi” oʻtkazilishi belgilangan.

Matematika fanidan oʻtkazilgan dastlabki olimpiadada tumanimizdagi 85 ta umumtaʼlim maktablarning 7-8-sinflarida tahsil oluvchi 200 nafar iqtidorli oʻquvchilar ishtirok etdilar.

 “Hokim olimpiadasi”ning ochilish marosimida tuman Yoshlar ishlari agentligi rahbari Sardor Ismailov, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼba rahbari Ibragim Radjapov, boʻlim metodistlari Habibulla Davletyarov va Rayhon Yakubova hamda olimpiada auditoriya rahbarlari, kuzatuvchilar, hakamlar ishtirok etdilar.

Ochilish marosimida tuman Yoshlar ishlari agentligi rahbari Sardor Ismailov, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼba rahbari Ibragim Radjapov, 36-sonli umumtaʼlim maktabining matematika fani katta oʻqituvchi Azimboy Saparboyevlar soʻzga chiqishib, “Hokim olimpiadasi” oʻtkazilishidan maqsad va vazifalar haqida, olimpiada oʻtkazilish tartibi haqida toʻxtalib oʻtdilar hamda olimpiada ishtirokchilariga omad tiladilar.

Shundan soʻng auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilar ishtirokchilarini belgilangan xonalarda MMTB tashkiliy qoʻmita tomonidan taqdim qilingan topshiriqlarni ishtirokchi oʻquvchilar soniga nushalab oldilar hamda jarayon boshlandi. Ishtirokchi oʻquvchilarga 7-8-sinf uchun Matematika fanidan 30 savolli topshiriqlar va javoblar varaqasi tarqatildi. Olimpiada topshiriqlarini bajarish uchun ishtirokchilarga nizom talabi boʻyicha 2 soat vaqt berildi. Belgilangan vaqtdan keyin auditoriya rahbari tomonidan ishtirokchilarning javob varaqalari shifrlangan holda hakamlarga taqdim qilinib, ular tomonidan tekshirildi hamda natijalar chiqarildi. Natijalarga koʻra 8-sinflar orasida 76-, 42-, 22- sonli umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari, 7-sinflar orasida 31-, 64-, 22-sonli umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari sovrinli oʻrinlarni egallab, gʻolib boʻlishdi. Sovrinli oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Qayd etish joizki, tashkil etilayotgan bu kabi ishlar davlatimiz rahbarining yoshlarni amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ilm-fanni oʻzlashtirishga boʻlgan ragʻbatini oshirish, izlanuvchanlik va yaratuvchanlik faoliyatiga keng jalb qilish, jahon miqyosida Vatanimiz dovrugʻini keng taratgan ajdodlarga munosib avlodni tarbiyalash maqsadida qabul etilgan “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026