16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:47
Fan va taʼlim 👁 243

A.NAVOIY TAVALLUDI KUNIGA BAGʻIShLANGAN “ADABIYoT VA MATEMATIKA FANLARINING BOGʻLIQLIGI” MAVZUSIDAGI TADBIR QIZIQARLI TAASSUROTLARGA BOY BOʻLDI

A.NAVOIY TAVALLUDI KUNIGA BAGʻIShLANGAN “ADABIYoT VA MATEMATIKA FANLARINING BOGʻLIQLIGI” MAVZUSIDAGI TADBIR QIZIQARLI TAASSUROTLARGA BOY BOʻLDI

Koʻpchilik matematika fanini oʻrganish qiyin, murakkab fan sifatida koʻrishadi. Aslida ham shundaymi, umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari haqiqatan ham matematikani  oʻrganishda qiynalishadimi?
Amudaryo tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 57-sonli maktab oʻquvchilari uchun esa matematika - haqiqiy adabiyot va sheʼriyat darajasidagi jozibador, qiziqarli, shu bilan birga tafakkurni  charxlovchi fan sifatida  juda qadrli. Bu haqdagi maktab oʻquvchilarining fikri bilan qiziqsangiz, sheʼriyatda ham vazn, oʻlchov, sanoq borligi  xususida dalil fikrlarini bildirishib, sizni hayratda qoldirishadi. Maktabning 5-, 6-, 7-sinflar oʻquvchilari ishtirokida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtgan “Adabiyot va matematika fanlarining oʻzaro bogʻliqligi” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirni kuzatarkanmiz, bunga yaqqol guvoh boʻldik. Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari Gulbahor Boʻronova, Raʼnoxon Toʻrayeva, matematika fani oʻqituvchilari Feruza Yerimbetova, Mahliyo Xudoyberganova rahbarligida tashkillashtirilgan  mazkur tadbirda oʻquvchi-yoshlar umumtaʼlim fanlarini, ayniqsa, adabiyot va matematikani oʻzaro uzviylik asosida oʻrganayotganlarini amalda namoyon etishdi.
Avvalo, tadbir oʻtkaziladigan xona adabiyot va matematika fanlarining oʻzaro bogʻliqligini ifoda etuvchi koʻrgazmali vositalar, buyuk bobokalonlarimiz Al-Xorazmiy, A.Navoiy  hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi  suratli-lavhalar, gazeta-jurnallar, ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy va badiiy adabiyotlar, gullar bilan bezatildi.
Tadbirni ochib bergan maktab direktori Masharif Roʻzmetov ilm-fan va adabiyotimizning buyuk dargʻalari Al-Xorazmiy hamda Alisher Navoiyning bebaho ilmiy-madaniy, adabiy merosi va bu merosning bugungi yoshlar taʼlim-tarbiyasida tutgan betakror va tengsiz oʻrni haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi.
Shundan soʻng, asosiy 8ta shart boʻyicha oʻz bilimlarini namoyish etishlari uchun 5-sinfning “Navo”, 6-sinfning “Al-Xorazmiy” 7-sinf oʻquvchilaridan iborat “Alisher Navoiy” jamoalari taklif etildi. Har bir jamoa sardori tadbirning 1-sharti talablariga koʻra, oʻz jamoasi va jamoaning nomlanishidan koʻzlangan maʼno-mazmun hamda maqsadlari yuzasidan oʻzlarini tanishtirdilar. Biri-biridan bilimdon va zukko oʻquvchilar tanishtiruv shartini juda chiroyli va madaniyatli tarzda amalga oshirdilar. Shundan soʻng, uchala jamoa ham sonlar ishtirokidagi maqol aytish sharti boʻyicha bahslashdilar. Yashirin sonlarni topishga bagʻishlangan 3-shart yanada qiziqarli bahslar bilan davom etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar 4-shart talablari asosida mustaqil ravishda qiziqarli misol va masalalar yechishdi va matematik terminlar yozish boʻyicha musobaqalashishdi.
Ruboiylar ketma-ketligi, Navoiy asarlarida qoʻllagan vazn, oʻlchov  va shakl yuzasidan 6-shart talablarini bajarish jarayonida ishtirokchilar bir-birlariga savollar berish orqali oʻquvchi-oʻquvchining bilimini sinovdan oʻtkazishdi. Bunda A.Navoiy ruboiylarining turoqlanishi, qofiyalanishida sanoqning oʻrni yuzasidan oʻzaro bahslashdilar.
Tadbirning 7-sharti esa haqiqiy Navoiyxonlik bayramiga aylanib ketdi. Unda har bir jamoa aʼzosi Navoiy gʻazallarini qanchalik koʻp bilishini, shu bilan birga  gʻazallarning mazmun-mohiyati, turoqlanishi va oʻlchovi, yaʼni vazni xususidagi bilimdonliklarini namoyish etishdi. Oxirgi, 8-shartni uchala jamoa aʼzolari ham qiziqarli tarzda bajardilar. Unda oʻquvchi-yoshlar ikki buyuk alloma hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi sahna koʻrinishlarini mahorat bilan ijro etishdi.
Tadbir yakunida Jasur Oʻrozboyev rahbarligidagi Barno Asqarova, Rayhon Haytimbetova, Anora Jumanovalardan iborat hakamlar hayʼati xulosalariga koʻra, “Al-Xorazmiy”  jamoasi 1-oʻringa munosib koʻrildi. “Alisher Navoiy” jamoasi 2-oʻrinni, “Navo” jamoasi 3-oʻrinni egalladilar.
Shunisi eʼtiborliki, ushbu tadbir orqali maktabda matematika va adabiyot fanlarini oʻqitishda ikkala fan oʻqituvchilarining hamkorligi yaxshi yoʻlga qoʻyilgani tufayli oʻquvchi-yoshlar adabiyot va matematika fanlarining oʻzaro bogʻliqligini bilim va intilishlari orqali amalda namoyon eta oldilar. Hatto tadbir boshlovchilari boʻlgan 8-sinf oʻquvchilari Musobek Yoʻldoshev va Zarinaxon Qurbonboyevalar har bir shartga taʼrif berishda A.Navoiy asarlaridan samarali foydalandilar.
Boʻlib oʻtgan tadbir 57-sonli maktab pedagogika jamoasining ahilligidan, innovatsion pedtexnologiyalardan samarali foydalangan holda faoliyat yuritayotganlaridan yaqqol dalolatdir.


Robiya YOʻLDOShEVA.
 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019