17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 06:00
Jamiyat 👁 325

AMUDARYo TUMANIDA KUTUBXONAChILAR UChUN “BIBTEXNIKA” VOSITALARINI AMALIY QOʻLLASh BOʻYIChA SEMINAR TAShKIL ETILDI

AMUDARYo TUMANIDA KUTUBXONAChILAR UChUN “BIBTEXNIKA” VOSITALARINI AMALIY QOʻLLASh BOʻYIChA SEMINAR TAShKIL ETILDI

Yurtimizda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim maktablari kutubxonalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida barcha hududlarga “bibtexnika” jamlanmalari yetkazib berildi. Endilikda ushbu vositalar maktablardagi kutubxonalar faoliyatini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Amudaryo tumanida ham umumtaʼlim maktablaridagi kutubxonalar xodimlari ishtirokida mazkur “bibtexnika” vositalarini amaliy qoʻllash boʻyicha tushunchalar berishga qaratilgan oʻquv seminar boʻlib oʻtdi.
10-fevral kuni Qipchoq ovulidagi 11-sonli maktabda boʻlib oʻtgan ushbu seminarda tumandagi 32-, 33-, 28-, 42-, 47-, 18-, 75-, 39-, 65-, 61, 74- va 29-sonli maktablarning kutubxona mudiralari va kutubxonachilari ishtirok etishdi. Oʻquv seminarni 11-sonli maktabning kutubxona mudirasi Mehribon Yoʻldosheva hamda kutubxonachisi Raʼno Yeshmurodovalar olib borishdi.
Umumtaʼlim maktablaridagi kutubxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish, kutubxonachilarning kasbiy mahoratini oshirish va kitobxonlarga sifatli kutubxona xizmatini koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish kabi maqsadlar koʻzlangan seminar davomida mazkur vositalar yordamida endilikda maktab kutubxonalari faoliyati yanada takomillashtirilishi, moddiy-texnika bazasi mustahkamlab borilishi toʻgʻrisida soʻz yuritildi.
Kutubxonachilar ham shu paytga qadar ish yurituvi uchun zarur boʻlgan hujjatlarni oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tayyorlab kelishgani, kitobxonlarga sifatli xizmat koʻrsatish, soha xodimlari faoliyatini samarali yuritishda “bibtexnika” vositalarining oʻrni kattaligini eʼtirof etib oʻtishdi.
Taʼkidlab oʻtilganidek, “bibtexnika” jamlanmasida jamlanma kitobi, inventar kitobi, kundalik daftari, kitobxon formulyari, “choʻntakcha”, alifboli kartochka, qaytaruv varaqasi hamda toʻplam gʻilofi singari kutubxonalar uchun zarur vositalar oʻrin olgan. Shu paytgacha kutubxonachilarimiz bunday vositalarni oʻzlari yasab yoki taʼlim muassasalari imkoniyatidan kelib chiqib, tayyorlab kelishgan. Endi esa respublikamiz boʻyicha barcha taʼlim muassasalarida kutubxonalar ishini tashkil etish va yuritishda bir xil talab va standart yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu, albatta, kutubxonalar ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Seminarda yoshlar qalbida kitobga mehr uygʻotish, kitobxonlar safini oshirish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi. Shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim maktablari kitob fondini koʻpaytirish, yangi oʻquv va badiiy adabiyotlar bilan boyitishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar olib borilayotganligi, ushbu kitoblar oʻquvchi-yoshlarning dunyoqarashni kengaytirish, bilimlarini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi xususida fikrlar bildirildi.
Oʻquvchi-yoshlar qalbida yuksak maʼnaviyatni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosdir. Shu bois yurtimizda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida keng turdagi islohotlar amalga oshirilmoqda. Binobarin, kelajak avlodning kamoloti, ilm olishi, bilimli boʻlishi bir jihatdan ularning kitobxonligi bilan ham belgilanadi. Kitob asrlarni-asrlarga, zamonlarni-zamonlarga, rishtalarni-rishtalarga ulovchi vosita. Shuning uchun har bir yoshda kitob oʻqish, axborot olish madaniyatini yanada rivojlantirish juda katta ahamiyat kasb etadi.
Maktab kutubxonalari faoliyatini takomillashtirishga bagʻishlangan mazkur seminarda ana shunday fikr-mulohazalar bildirildi va “bibtexnika” vositalaridan foydalanish boʻyicha kutubxonachilarga zarur tavsiyalar berildi.


O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026