16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:16
Fan va taʼlim 👁 296

1-SONLI MAKTABDA “BOBUR – BUYuK SIYMO” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILIB, BOBOKALONGA EHTIROM KOʻRSATILDI

1-SONLI MAKTABDA “BOBUR – BUYuK SIYMO” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILIB, BOBOKALONGA EHTIROM KOʻRSATILDI

Yurtimizda buyuk bobokalonimiz shoh va shoir, ulugʻ sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi keng nishonlandi. Sana munosabati bilan Amudaryo tumanidagi umumtaʼlim muassasalarida ham maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, adabiy kechalar oʻtkazildi.

14-fevral kuni 1-sonli umumtaʼlim maktabida ulugʻ ajdodimiz tavalludiga bagʻishlab “Bobur – buyuk siymo” deb nomlangan katta tadbir tashkil etildi. Maktabning ona tili va adabiyot, tarix va tarbiya fanlari oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchilar bilan hamkorlikda tayyorlangan ushbu tadbirda dastlab bobokalonimiz hayoti va ijodi toʻgʻrisida keng maʼlumotlar berildi. Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur oʻz hayotining asosiy qismini harbiy yurishlar va janglarda oʻtkazgani, u Movaraunnahrning tarqoq viloyatlarini birlashtirish va buyuk temuriylar davlatini yangidan tiklashga uringani haqida soʻz yuritilib, ulugʻ ajdodimizning ulkan davlat yaratish orzusi Hindistonda amalga oshgani, Buyuk Boburiylar imperiyasiga asos solishga muyassar boʻlgani faxr bilan eʼtirof etildi.

Tadbirni maktabning 6-sinf oʻquvchilari Zarnigor Yusufboyeva, Kumushoy Otamurodova, Umida Qodirberganova, Gulzoda Bahodirovalar bobokalon qalamiga mansub boʻlgan gʻazal va ruboiylar bilan davom ettirdi. Shuningdek, 5-sinf oʻquvchilari Zilola Bahromova, Doston Qozoqboyev, Bahodir Shukurullayev, Barchinoy Yakubova, Diyorbek Ikromov, Shaydo Ibragimova hamda boshqalar ham Bobur ruboiylaridan ifodali oʻqib berdilar. Maktabning 7-sinf oʻquvchilari ijrosidagi “Atlas koʻylagim” deb nomlangan qoʻshiqqa ijro etgan ajoyib raqslar ham tadbir ishtirokchilarini yanada xushnud etdi.

Tadbir davomida maktabning 7-sinf oʻquvchilari “Bobur Hindistonda” deb nomlangan sahna koʻrinishini namoyish etdilar va tarixiy shaxslar obrazlarini jonlantirishga harakat qilib, oʻz iqtidorlarini koʻrsatdilar. Ayniqsa, Javohir Shomurodov shoh Bobur, Shohruh Ibrohimov va Jahongir Alimboyevlar vazirlar, Alixont Charshamov elchi rollarini mahorat bilan ijro etdilar.

Sahna koʻrinishi davomida qariyb uch yuz yil hukm surgan Boburiylar hukmronligi xalqlar oʻrtasida hamjihatlikni oʻrnatish, shuningdek, aholining barcha qatlamlarini maʼrifatli qilishga yoʻnaltirilganligi ifoda etilib, shunday kuchli davlat barpo etgan va buyuk sulolaga asos solgan shoh Boburning Vatan sogʻinchi aks etgan ijod namunalarining yaratilish tarixi gavdalantirildi.

Oʻquvchilar tadbir davomida Boburning buyuk shoir va shu bilan birga isteʼdodli harbiy va siyosatchi boʻlganligini, uning ruboiylari hozirgi kunda ham koʻplab sheʼrxonlarni hayratlantirishi va ilhomlantirishini bilib olishdi.

Taʼkidlab oʻtilganidek, Bobur Mirzo 47 yillik hayoti mobaynida boy adabiy va ilmiy meros qoldirgan. U jahon miqyosida eʼtirof etilgan mashhur “Boburnoma”, ajoyib gʻazallar va ruboiylar, musulmon qonunchiligiga oid “Mubayyin”, sheʼriyat qoidalariga bagʻishlangan “Aruz risolasi”, musiqa va harbiy sanʼatga bagʻishlangan asarlar, shuningdek, “Xatti Boburiy” maxsus alifbosini yaratgan.

Tadbir soʻngida maktabning 6-sinf oʻquvchilari tomonidan Boburning “Lola” gʻazaliga sahnalashtirilgan raqs ham namoyish etildi va barchaga zavq ulashildi.

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan “Bobur – buyuk siymo” nomli tadbir oʻquvchi-yoshlarning buyuk siymo haqidagi bilimlarini yana boyitgani bilan ahamiyatli boʻldi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019