16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:08
Jamiyat 👁 213

2023-yil tarixdagi eng issiq yil boʻldi: Sabablar, Oqibatlar, choralar

2023-yil tarixdagi eng issiq yil boʻldi:  Sabablar, Oqibatlar, choralar

Yashash uchun kurashaverib holdan toygan tovugʻim koʻz oʻngimda jon berdi. Bundan salgina oldin uni issiqqina uyga kirgizib, umid bilan suv tutsam ham, qaynonam esa don tutsa ham foydasi boʻlmadi. Qahraton sovuq, tovuqxona devori tirqishlaridan kirgan qishning izgʻirin shamollari axiri uni ham katakdoshlari yoniga olib ketdi... Ha, jonivor bundan sal oldingi sovuq payti, biroq haroratga “anomal” deya taʼrif berilmagan kunlarda sovuq urib oʻlib ketgan tovuqlarimizning eng soʻnggisi edi boyaqish. Uning muzlagan oyoqlariga, tanasiga qarab turib, yurak-bagʻrim sel boʻldi...

Qaqragan hudud uzra olingan dron tasvirlarida bundan bir necha oylar oldin suvsizlik va ochlikdan oʻlib ketgan, tasvirda faqat qovurgʻasigina aks etgan hayvon koʻrinishi: Ruhsizgina kelib TVni yoqsam, mana shu lavhani, yaʼni yilning keskin issiq kelganini jurnalist shunday bir kuyunchaklik bilan sharhlab bermoqdaki, beixtiyor oʻsha anomal issiq tufayli nobud boʻlgan qaqragan choʻldagi hayvonning yonida turib, vaziyatni real kuzatayotganday boʻladi tomoshabin.

Afsus, yuqorida men tasvirlagan har ikki koʻrinish ham hech qanday badiiy toʻqima emas, balki jonli haqiqat!  “Iqlim oʻzgarishi: anomal sovuq yoki anomal issiq” soʻnggi yillarda havo haroratiga nisbatan ishlatiladigan bu atamalarni oldin eshitmaganingiz aniq. Chunki oldinlardagi harorat soʻnggi yillardagi harorat bilan sezilarli darajada farqlanadi. Bu esa mening gapim emas, iqlimshunos olimlarning gapi. Ana shu olimlar yana bir faktni qayd etishdi, yaʼni 2023-yil tarixdagi eng issiq yil boʻldi. Va 2024-yil ham shunday boʻlishi kutilmoqda. Mana oʻsha taxminlar, mana oʻsha raqamlar:  

2023-yil yozi sayyorada “katta farq bilan” kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yoz boʻldi. Bu Yevropa Ittifoqining iqlim oʻzgarishi boʻyicha Copernicus xizmati hisobotida keltirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, bu davrda dunyodagi oʻrtacha havo harorati Tselsiy boʻyicha 16,77 darajani tashkil etdi, bu odatdagidan 0,66 darajaga yuqori. Shuningdek, 2023-yil avgust oyi ham rekord darajadagi eng issiq oy deb topildi. Oʻrtacha global havo harorati Tselsiy boʻyicha 16,82 darajani tashkil etdi va 2016-yilda qayd etilgan avvalgi rekorddan 0,31 darajaga oshdi.

Nima uchun harorat rekordlarni yangilamoqda?

Mutaxassislarning ishonchi komilki, jazirama toʻlqiniga inson omili boʻlgan iqlim oʻzgarishi sabab boʻlmoqda. “Rekord haroratlar global haroratning keskin oʻsishi tendentsiyasining bir qismidir. Harorat koʻtarilishining asosiy sababi antropogen chiqindilar”, — deydi olim Karlo Buontempo. Avvalroq, World Weather Attribution (WWA) olimlar jamoasi ham iyul oyida Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyoni qamrab olgan haddan tashqari jaziramada antropogen iqlim oʻzgarishi asosiy rol oʻynagan degan xulosaga kelgandi. “Agar insonning iqlimga taʼsiri boʻlmaganida, dunyoda haroratning bunday koʻtarilishi uchun sharoit juda kichik boʻlar edi”, — deyiladi tadqiqotda. WWA tahliliga koʻra, issiqxona gazlari chiqindilari Yevropada havo haroratining 2,5 darajaga, Shimoliy Amerikada 2 darajaga, Xitoyda esa 1 darajaga oshishiga olib keldi. Issiqlikning oshishiga sabab boʻlgan yana bir omil — Tinch okeanining sharqiy qismida haroratning gʻayritabiiy oʻsishi bilan tavsiflangan El-Nino tabiat hodisasining boshlanishi. Antropogen va tabiiy omillarning 98 foizlik ehtimollik bilan bir-biriga qoʻshilishi keyingi besh yil tarixidagi eng issiq yil boʻlishiga olib keladi.

“Global isish tugadi, global qaynash davri keldi” – BMT rahbari«Iqlim oʻzgarishini hamma koʻrib turibdi. Bu dahshatli. Va bu faqat boshlanishi. Global isish davri tugadi, global qaynash davri keldi — havodan nafas olishning iloji yoʻq, issiqlikka chidab boʻlmayapti», dedi Antoniu Guterrish.

Garchi misli koʻrilmagan yuqori havo harorati barcha hududlarni qamrab olmagan boʻlsa-da, bunday isish sayyora uchun yaxshi emas. BMT turli davlatlar global qaynash tufayli juda jiddiy muammolarga duch kelishidan ogohlantirmoqda. Nafaqat qurgʻoqchilikdan kelib chiqqan yongʻinlar, balki suv toshqinlari ham koʻpayadi va ular avvalgidan ham kuchliroq boʻladi. Yoz oylarida dengiz sathi harorati rekord darajada yuqori boʻlib qoldi va avgust oyida Antarktidadagi dengiz muzlari harorati oʻrtacha koʻrsatkichdan 12 foizga past boʻldi.

Bugungi kunda bu 1970-yillarda sunʼiy yoʻldosh kuzatuvlari boshlanganidan beri yoz oxiridagi eng katta ogʻish boʻlgani aytiladi.

Sabab maʼlum, oqibat maʼlum, yechim qanday boʻladi?!

Dubayda (BAA) BMT xalqaro iqlim sammiti — COP28 ochildi. 2023-yilda unda 190 dan ortiq davlatdan 70 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Konferentsiyaning asosiy maqsadi insoniyatning Parij kelishuvi maqsadlariga erishish yoʻlidagi progressini tahlil qilishdan iborat.

Iqlim sammitining ilk kunini COP28 Prezidenti Sulton Al-Jobir koʻpchilikka maʼqul keladigan taklif bilan boshladi. U ishtirokchilardan iqlim oʻzgarishi sabab aziyat chekayotgan mamlakatlar uchun 420 mln. dollar ajratishni soʻradi. «Bu miqdor iqlim sammiti uchun misli koʻrilmagan qadam va juda yaxshi boshlanish boʻldi», — dedi u.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak sammitdagi nutqida iqlim oʻzgarishi boʻyicha yechimlar taklif qilinayotganda, odamlarning iqtisodiy ahvoliga taʼsir qilmaydigan boʻlishi kerakligini soʻradi.  «Iqlim oʻzgarishi boʻyicha harakatsizlik xarajatlari toqat qilib boʻlmaydigan miqdorga yetgan. Shuning uchun biz isteʼmolchi xarajatlarini oshirmasdan pragmatik tarzda harakat qilamiz», — dedi u.

Sammitda 100ga yaqin davlat 2030-yilga borib qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni uch baravar oshirishga vaʼda berdi. Tahlilchilar fikricha, bu 2050-yilgacha qazib olinadigan yoqilgʻidan butunlay voz kechishga yordam berishi mumkin. Shu bilan birga 50ta neft va gaz kompaniyasi 2050-yilgacha sayyorani isituvchi gazlar chiqarishni toʻxtatishga vaʼda berdi. Lotin Amerikasi va Karib havzasi Taraqqiyot banki (TsAF) esa Lotin Amerikasiga iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish uchun 2030-yilgacha jami 15 mlrd. dollarlik, har yili 2 mlrd. dollardan ortiq sarmoya kiritishini eʼlon qildi. Pullar infratuzilmani yaxshilash, suv taʼminoti, eroziyaga qarshi kurash va qirgʻoqlarni himoya qilish kabi boshqa loyihalarga sarflanadi.

Internet materiallari asosida Aziza Madrahimova tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019