16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:17
Fan va taʼlim 👁 231

7-SONLI MTTDA BOLAJONLAR UChUN BARChA ShAROITLAR YaRATILGAN

7-SONLI MTTDA BOLAJONLAR UChUN BARChA ShAROITLAR YaRATILGAN

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga koʻrsatilayotgan eʼtibor tufayli maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qamrab olish, ularga zamon talablari darajasida taʼlim-tarbiya berish sifati yaxshilanib, farzandlarini MTTlarga berish istagidagi ota-onalar safi ham oshib bormoqda. Buni davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyaviy ishlarda yaqqol koʻrish mumkin.

Amudaryo tumanidagi Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan 7-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 2010-yilda, Amudaryo tumani hokimining qarori asosida tashkil etilib, muassasa dastlab “Rohat” bolalar bogʻchasi maqomida faoliyat olib bordi. Aholining oʻsib borayotgan talab va ehtiyojlariga muvofiq bolalar muassasasi 2018-yilda rekonstruktsiya qilinib, qayta jihozlandi. 70-oʻringa moʻljallangan maktabgacha taʼlim tashkiloti atrofi toʻliq ihotalanib, obodonlashtirildi va 2-qavatli koʻrkam bino Doʻstlik mahallasida istiqomat qiluvchi oilalarning jajji bolajonlarini oʻz bagʻriga oldi.

Ayni paytda mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotida 195 nafar bolajonlar zamonaviy pedtexnologiyalar talablari asosida tarbiyalanishmoqda. Uchta asosiy guruhning har birida 30 nafardan 90 nafar, 2ta qisqa muddatli guruhlarning har birida 40 nafar, bitta majburiy guruhda 20 nafar bolaga oʻz kasbining mohir bilimdonlari boʻlgan tarbiyachi-pedagog xodimlar taʼlim-tarbiya berishmoqda.

MTTda faoliyat olib boruvchi 36 nafar xodimning 6 nafari oliy, 2 nafari tugallanmagan oliy maʼlumotga ega mutaxassislar boʻlib, qolgan barcha xodimlar oʻrta maxsus maʼlumotga ega. MTT xodimlarining bosqichma-bosqich malakalarini oshirib borishlariga qaratilayotgan eʼtibor tufayli, taʼlim-tarbiya sifati oshib, MTT tarbiyalanuvchilari maktab taʼlimiga yoʻnaltirilgach, umumtaʼlim fanlarini hech qiyinchiliksiz oʻzlashtirib olishga erishmoqdalar. Chunki bolajonlarning bu borada muassasada zarur koʻnikmalarga ega boʻlishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Xususan, ota-onalarning talab va istaklari, qolaversa, bolajonlarning qiziqish va intilishlari inobatga olingan holda tashkil etilgan mental arifmetika, rus tili, shaxmat, shashka toʻgaraklari mashgʻulotlari kichkintoylarning intellektual rivojlanishlari, dunyoqarashlari kengayishida muhim omil boʻlmoqda.

Muassasa huzuridagi tibbiy xizmat boʻlimi tomonidan bolajonlarning salomatligi doimiy ravishda nazorat qilib boriladi. Ularning musiqa va sport bilan shugʻullanishlarini ragʻbatlantirib borishga moʻljallangan mashgʻulotlar zamonaviy sport va musiqa xonalarida amalga oshiriladi. Muassasa hovlisidagi barcha qulayliklarga ega bolalar maydonchasida va yozgi ayvon, sport maydonchasida havo issiq va moʻʼtadil boʻlgan kunlarda kichkintoylar miriqib oʻynashadi.

Muassasa hududida barpo etilgan omborxonada oziq-ovqat mahsulotlari sifatli saqlanadi va bolajonlar MTT pazandalari tomonidan tayyorlangan taomlarni sevib isteʼmol qilishadi.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti soha vazirligining qaroriga koʻra, har bir guruhga mos jihozlar, bolalar dunyoqarashi va intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi oʻyinchoqlar, televizor bilan jihozlangan. Bu esa har bir bolani yoshiga mos ravishda qiziqarli mashgʻulotlar bilan qamrab olish imkonini yaratdi.

Muassasa tarbiyalanuvchilarini ona Vatanga, atrofimizdagi olamga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, ayniqsa, ular ongida tabiatni sevish, yashil olamni yanada boyitish tuygʻusini shakllantirishga qaratilgan mashgʻulotlar, tabiat bagʻrida oʻtkaziladigan suhbatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bolajonlar uchun tarbiyachi opalari bilan muassasa hududidagi ekinzorlar, gulzorda sayr etish, dov-daraxtlarning inson hayotidagi ahamiyati haqidagi ertaklarni tinglash juda qiziqarli. Ayniqsa, didaktik oʻyinlar ularga zavq-shavq bagʻishlaydi.

Muassasa xodimlari esa jajji bolajonlarga quvonch va shodlik ulashib yashashga oʻzlarini hamisha burchli deb biladilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019