16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:42
Salomatlik 👁 452

«AVTOMOBILSIZ KUN» AKTsIYaSI DOIRASIDA “SALOMATLIK UChUN 5000 QADAM” PIYoDA YuRISh MARAFONI OʻTKAZILDI

«AVTOMOBILSIZ KUN» AKTsIYaSI DOIRASIDA “SALOMATLIK UChUN 5000 QADAM” PIYoDA YuRISh MARAFONI OʻTKAZILDI

Nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo miqyosida tobora global tus olib borayotgan ekologik boʻhronlar insoniyatni oʻylab ish qilishga, atrof-muhit muhofazasiga jiddiy eʼtibor qaratishga undamoqda. Sababi, bilib-bilmay tabiatga qilingan tajovuzkorona harakatlar tufayli yashil qalqonimiz boʻlgan dov-daraxtlarni, tabiiy butazorlarni ayovsiz kesib, ularning oʻrnida har xil toifadagi qurilishlarni amalga oshirish oqibatida koʻchalar, butun-butun mahallalar hududlarida jazirama issiqdan himoyalovchi soya-salqin joylar keskin kamayib ketdi. Salgina shamol tursa, chang-toʻzon koʻtarilib, havo sifatining buzilishiga sabab boʻlayotgan bu kabi holatlarga barham berish uchun mutaxassislar jiddiy bosh qotirayotgani hech kimga sir emas. Albatta, bu muammoni birdaniga bartaraf etish, musaffo havo muhitini yaratish oson emas. Chunki bir tup nihol oʻsib, Prezidentimiz aytganlariday, “sogʻlom havo – kislorod ishlab chiqarish darajasiga yetgunicha kamida 10-15-yil vaqt kerak boʻladi”.

Xoʻsh, ungacha nima qilish, qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak? Buning uchun mamlakatimizda tizimli ravishda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy harakati doirasidagi koʻchat ekish va ularni sifatli parvarish qilish, yoʻqotilgan yashil qalqon – tabiiy muvozanatni tiklash, atrof-muhitga oqilona munosabatda boʻlish talab etiladi. Bundan tashqari, aholi zich yashaydigan shaharlarda avtomobillarning tigʻiz vaqtlarda harakatlanishini tartibga solish, rivojlangan davlatlar, ayniqsa, Xitoydagi kabi muntazam ravishda avtomobilsiz kun aktsiyalarini tashkil etish orqali atrof-muhitga tarqalayotgan zaharli tutun va gazlarni kamaytirish, havoda chang zarralarining koʻtarilishiga barham berish eng oqilona tadbirlardan biri sanaladi.

Bu borada “Prezidentimizning “Oʻzbekiston – 2030 strategiyasini Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni barchamiz uchun muhim dasturilamal boʻlib xizmat qiladi. Unga koʻra, 2024-yil 1-martdan boshlab hududlarda chang boʻroni sodir boʻlayotganda va atmosfera havosida mayda dispers zarrachalari belgilangan meʼyordan yuqori boʻlgani aniqlanganda aholini ogohlantirish yoʻlga qoʻyiladi. Shu bilan birga yurak-qon tomir va nafas yoʻllari kasalliklariga chalingan hamda sogʻligi havoning ifloslanishiga taʼsirchanligi yuqori boʻlgan fuqarolarni zarur profilaktik choralar toʻgʻrisida doimiy xabardor qilish amaliyoti joriy etiladi.

Shuningdek, oʻlchami 500 metr kvadrat va undan ortiq boʻlgan qurilish maydonlarida, unga kirib-chiqish yoʻllarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etish boʻyicha majburiy talablar joriy etiladi. “Avtomobilsiz kun” aktsiyasi, “Salomatlik uchun 5 000 qadam” piyoda yurish marafonlari oʻtkaziladi.

Joriy yilning 24-fevral sanasida Amudaryo tumani sport maktabi, tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlari, mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar, koʻcha boshchi ayol-qizlar ishtirokidagi “Avtomobilsiz kun” aktsiyasi doirasida oʻtkazilgan “Salomatlik uchun 5 000 qadam” piyoda yurish marafoni ham ekologik musaffo havo muhitini yaratish, Mangʻit shahri va mahallalar hududida chang zarralarining atmosfera havosiga koʻtarilishining oldini olish, qolaversa, salomatligida muammolari boʻlgan aholini sogʻlom hayotga qaytarishga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Aktsiya ishtirokchilari hamjihatlikda va yuqori kayfiyatda 5000 qadamdan ziyod masofani piyoda yurib oʻtdilar. Marafon ishtirokchilarining hatti-harakatlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi Salavat Kazbekov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi katta inspektori Qalbay Muratov va Amudaryo tuman IIB yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi masʼullari kuzatib bordilar.

Piyoda yurish marafoni yakunida marafon ishtirokchilaridan bir guruhi masʼullar tomonidan maʼnaviy ragʻbatlantirildilar.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026