16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:16
Fan va taʼlim 👁 396

“Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi

“Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi

Maʼlumki, yoshlar orasida chet tillarini oʻrganishni yanada kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida fan olimpiadalarini oʻtkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarorlari imzolangan boʻlib, mazkur hujjatlar yoshlarimizga chet tillarini oʻrgatish borasidagi ishlarni yangi bosqichga koʻtarishda muhim dasturulamal boʻlib xizmat qilmoqda.

Mazkur hujjatlar ijrosini taʼminlash maqsadida imzolangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga asosan 26-fevral kuni Amudaryo tumanidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabida “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tanlovni oʻtkazish uchun belgilangan 40-sonli maktab binosi tanlov uchun zarur boʻlgan inventarlar va kompyuter texnikalari bilan taʼminlandi.

Koʻrik-tanlovda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼbasi metodisti Jumamurat Rametullayev, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudiri Yalgʻash Shamuratov, maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼbasi rahbari Ibragim Rajabov, mazkur shoʻʼba metodisti Habibulla Davletyarovlar tashkiliy-nazorat ishlarida ishtirok etdilar. Shuningdek, koʻrik tanlovga tumandagi 35 ta umumtaʼlim maktablarining 7-, 8-, 9-sinflarida tahsil olayotgan 5 nafardan iborat jamoalari tarkibida jami 175 nafar oʻquvchilar ishtirok etdilar.

Mazkur koʻrik-tanlovni oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq 35 ta umumtaʼlim maktablarning terma jamoalari ishtirokchilarining xorijiy tilni bilish darajasi test topshiriqlari orqali sinovdan oʻtkazildi.

Test sinovlarida bitta maktab terma jamoasiga kiritilgan oʻquvchilarning yonma-yon oʻtirishlariga yoʻl qoʻyilmadi. Test sinovlaridagi topshiriqlar xalqaro taʼlim standartlari asosida tayyorlangan jami 30 ta topshiriqlardan iborat boʻldi.

Test topshiriqlaridagi savollar oddiydan murakkabga tomon oʻzgarib borib, topshiriqlarning 1-boʻlimida oʻquvchilarning xorijiy til, yaʼni ingliz tili boʻyicha grammatik bilimini baholovchi 10 ta test savollari taqdim etildi. 2-boʻlimida oʻquvchilarning ingliz tili boʻyicha lugʻat boyligini baholovchi 10 ta test savollari berildi. 3-bosqichda esa oʻquvchilarning ingliz tili boʻyicha oʻqib tushunish koʻnimasini baholovchi 10 ta test topshiriqlari taqdim etildi.

Maʼlumot oʻrnida keltirish joizki, “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovida xorijiy tillarga ixtisoslashgan yoki xususiy maktablar ishtirok etmaydi. Bunday maktablarning tanlovda ishtirok etish holati aniqlanganda ular tanlovdan chetlatiladi.

Belgilangan vaqt mobaynida test sinovlari yakuniga yetgach, baholash ishlari tuman tashkiliy qoʻmitasi tomonidan tuzilgan hakamlar tomonidan amalga oshirildi. Baholash jarayonlarida maktab terma jamoasidagi har bir oʻquvchining bahosi alohida tekshirildi. Jamoadagi 5 nafar oʻquvchilarning toʻplagan ballari umumlashtirib, 5 ga boʻlingan holda oʻrtacha ball chiqarildi hamda natijalar eʼlon qilindi.

Koʻrik-tanlovning birinchi, yaʼni tuman bosqichi jami 100 ballik mezonga koʻra aniqlangan yakuniy natijalariga koʻra 1-sonli umumtaʼlim maktabi terma jamoasi 57,9 ball bilan 3-oʻrinni egalladi, 32-sonli maktab terma jamoasi 59,5 ballni qoʻlga kiritib, faxrli 2-oʻrinni egalladi. Umumiy ballari 65,2 ballni tashkil etgan 40-sonli umumtaʼlim maktabi terma jamoasi esa faxrli 1-oʻrinni va gʻoliblikni qoʻlga kiritdi hamda tumanimizda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab deb topildi.

Gʻoliblarga, yaʼni 3-oʻrinni egallagan 1-sonli maktabga 50 mln soʻm, 2-oʻrinni egallagan 32-sonli maktabga 70 mln soʻm hamda 1-oʻrinni egallagan 40-sonli maktabga 100 mln soʻm pul mukofotlari beriladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019