16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:57
Fan va taʼlim 👁 290

36-SONLI MAKTABDA ZUKKO QIZLAR OʻRTASIDA BELLAShUV TAShKIL ETILDI

36-SONLI MAKTABDA ZUKKO QIZLAR OʻRTASIDA BELLAShUV TAShKIL ETILDI

Oʻlkamizga fasllar kelinchagi boʻlmish bahor kirib kelishi bilan bayramlar ham boshlanadi. Tabiatdagi oʻzgarishlarga hamohang tarzda barcha hududlarda, ovul va mahallalarda, korxona-tashkilotlarda va umumtaʼlim muassasalarida boshlangan bayramlar, turli tadbirlar barchaga yanada koʻtarinki ruh baxsh etadi.

4-mart kuni 36-sonli maktabda ham 8-“A” sinf oʻquvchilari oʻrtasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Qizlarjonlar” tadbiri oʻtkazildi. Sinf rahbari Dilnura Boboniyozova tomonidan tashkil etilgan ushbu bayram tadbirida oʻquvchi qizlarning hammasi faol qatnashishdi. Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Bahrom Xoʻjamurodov ochib berdi va oʻqituvchi ayollar, oʻquvchi qizlarni yaqinlashib kelayotgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan qizgʻin qutladi.

Shuningdek, soʻnggi yillarda yurtimizda ayol-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish davlatimiz siyosatining muhim yoʻnalishiga aylanganini taʼkidlab oʻtdi. Prezidentimiz ilgari surgan beshta muhim tashabbus doirasida yoshlarimiz, shu jumladan, xotin-qizlarning boʻsh vaqtini mazmunli va maqsadli tashkil etish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sport, axborot texnologiyalari, kitobxonlik, kasb-hunarga oʻrgatish orqali bandligini taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganini, bu esa, oʻz navbatida, “Yangi Oʻzbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz!” degan ezgu tamoyilni roʻyobga chiqarib, yoshlarning orzu-havasi, iqtidor va salohiyatshini toʻla namoyon etishiga xizmat qilayotganini alohida eʼtirof etdi.

 Shundan soʻng, tadbirning asosiy qismi boshlandi va sinf qizlari 4 guruhga boʻlinib belgilangan shartlar asosida bellashishdi. Sahnaga “Bahor”, “Boychechak”, “Lolalar” va “Oqqushlar” guruhlari chiqib, 6 ta oʻzlarini tanishtirish, salat tayyorlash, sardorlar bellashuvi, soʻzdan soʻz yasash, erkin mavzu, onamga sovgʻa kabi shartlar asosida oʻz iqtidorlari, chaqqonliklari va mohirliklarini namoyish etishdi.

Tanlovning tanishuv shartida jamoa aʼzolari oʻzlari taʼlim olayotgan 36-sonli maktab hayoti, taʼlim berayotgan ustozlari, oʻzlarining orzu-maqsadlari haqida ham soʻzlab oʻtdilar. Ikkinchi va uchinchi shartlarda qizlarning pazandaligi sinovdan oʻtkazildi. Qizlar shu yerning oʻzida turli sabzavotlar va mevalardan xushtaʼm, vitaminlarga boy salatlar tayyorlab, hakamlarga taqdim etishdi. Soʻzdan soʻz yasash shartida esa qizlar intellektual salohiyati, maʼnaviy dunyoqarashi va zukkoligini koʻrsatishga harakat qilishdi.

Erkin mavzu sharti esa qiziqarli chiqishlarga boy oʻtdi. Sahnada atlas koʻylak kiygan qizchalar bahoriy qoʻshiqlarga xirom aylab, dillarni xushnud etdilar. Shuningdek, bahor, gullab yashnayotgan yurt va onalar haqidagi sheʼrlari bilan bayramona kayfiyat ulashishdi. Ayniqsa, onalarga sovgʻa deb nomlangan oxirgi shart davomida turli rangli qogʻozlardan chiroyli bahoriy guldastalar yasab, onalariga bir-biridan chiroyli sovgʻalar tayyorlashdi.

Ularning chiqishlarini maktab oʻqituvchilaridan tashkil etilgan hakamlardan Umida Jumaniyozova, Nilufar Allaniyazova, Muhayyo Karimovalar odilona baholab bordilar. Nihoyatda qiziqarli oʻtgan bellashuv ishtirokchilari belgilangan shartlar asosida oʻzlarining bilimdon, orasta va faol ekanliklarini namoyish etdilar. Yakuniy natijalarga koʻra, 1-oʻringa eng koʻp ball toʻplashga erishgan “Oq qushlar” guruhi munosib deb topildi.

Tadbir yakunida gʻoliblarga va sinfdagi barcha qizlarga bayram sovgʻalari topshirildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019