16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:30
Qishloq xoʻjaligi 👁 377

Tumanimizda ming nafarga yaqin yoshlarga yer berildi

Tumanimizda ming nafarga yaqin yoshlarga yer berildi

Mamlakatimizda yoshlarning mustaqil hayotga qadam qoʻyishlari, oʻz iqtidori va salohiyatini toʻliq namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ularning bandligiga koʻmaklashish, doimiy ish bilan hamda munosib daromad olishini taʼminlash borasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda.

2024-yilning 23-fevral kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida ishsiz yoshlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun yer ajratish boʻyicha topshiriqlar berilgani bu borada yana bir muhim qadam boʻldi.  Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan Amudaryo tumanida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Nodir Kamolov hamda yoshlar masalalari boʻyicha tegishli masʼullar, qishloq xoʻjaligi sohasi mutasaddilari barcha ovul va mahallalardagi yoshlar hamda fermerlar bilan uchrashib, hududlardagi ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash uchun ularga yer berishdan koʻzlangan maqsad va vazifalar xususida tushunchalar berdi.

Dastlab tuman hokimi boshchiligidagi ishchi guruh Qangli hamda Qipchoq ovullaridagi yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda ovul fuqarolar yigʻin masʼullari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻnggi yillarda mamlakatimizda aholi, shu jumladan, yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va kasb-hunarga ega boʻlmagan, huquqiy va maʼnaviy-psixologik qoʻllab-quvvatlashga zarurati boʻlgan qatlamiga davlat tomonidan manzilli koʻmaklashish boʻyicha mutlaqo yangicha tizim joriy qilinganligini alohida taʼkidladi.

Suhbat chogʻida fermerlar har biri 5 nafardan ishsiz yoshlarni otaliqqa olish, yer berib, ularga ish oʻrgatish, yerdan yaxshi daromad olish boʻyicha oʻz tavsiyalari hamda tajribalarini boʻlishish takliflarini berdi.

Shundan soʻng tuman hokimi boshchiligidagi ishchi guruh Choykoʻl, Toʻlqin, Oq oltin ovullaridagi aholi faollari, fermerlar hamda yoshlar bilan uchrashdilar.

Tuman hokimi oʻz soʻzida davlatimiz tomonidan yoshlar siyosatiga eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida alohida eʼtibor qaratilayotgani, yoshlarning jamiyatdagi oʻz oʻrnini topishlarida, oʻz iqtidori va qobiliyatlarini namoyon etishlarida, turli yot gʻoyalari taʼsiriga tushib qolishlarining oldini olishda barcha birdek masʼul ekanligini taʼkidladi.

Eʼtirof etish joizki, davlatimizning kuchli ijtimoiy siyosatida yoshlarga sifatli taʼlim berish, kasb-hunarga oʻrgatish, intilishlarini qoʻllab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, har bir ovul va mahallada “Yoshlar bandligi dasturi” amalga oshirilmoqda, “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Madaniyat karvoni” tadbirlari va turli festivallar oʻtkazib kelinmoqda.

Prezident farmoni bilan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi qabul qilindi. Dasturda yoshlar muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori boʻlgan kasb-hunarga oʻqitish orqali bandligini taʼminlash boʻyicha koʻplab vazifalar ilgari surildi.

Tuman hokimi boshchiligidagi ishchi guruh Jumurovul mahallasi, Jumurtov shaharchasi, Bobur nomli hamda Kuyuk koʻpir ovullarida boʻlib, ovul va mahallalar masʼullari, fermerlar va yoshlar bilan uchrashdilar.

Uchrashuv mobaynida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 23-fevral sanasida oʻtkazilgan videoselektr yigʻilishida belgilab bergan yoshlar siyosatiga oid ustuvor vazifalar xususida soʻz yuritdi.

Taʼkidlanishicha, yoshlarni ishga joylashtirish, zamonaviy kasb-hunarlar va tadbirkorlikka jalb etish maqsadida yoshlarning biznes bilan shugʻullanishiga qoʻshimcha imkoniyatlar yaratilib, oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi shu maqsadlarga yoʻnaltiriladi.

“Yosh tadbirkor” tanlovlari oʻtkazilib, gʻolib boʻlgan biznes loyiha va gʻoyalar egalari xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi. Hozirgi kunda yoshlarbop istiqbolli soha bu raqamli texnologiyalar. Shu bois Davlat dasturida “Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi” loyihasi belgilangan. Shuningdek, bu yil axborot texnologiyalari sohasida 70 ming yoshni band qilish rejalashtirilgan.

Aholi bandligini taʼminlashda qishloq xoʻjaligida imkoniyatlar keng. Oldingi yillarda shu maqsadda 200 ming gektar paxta va gʻalla maydonlari qisqartirilib, dehqonchilik uchun aholiga boʻlib berilgan edi. Bu yil yana 60 ming 500 gektar yer yoshlarga ajratib berilishi hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga yoʻnaltirilishi belgilangan.

Tuman hokimi yoshlar bilan yaqindan muloqot qilar ekan, ularga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, ajratilayotgan yer maydonlariga yaxshi daromad keltiradigan mahsulotlar ekish, ularni parvarishlash boʻyicha fermerlardan tajriba oʻrganish, fidoyilik bilan mehnat qilish zarurligi, oʻz ustida ishlash lozimligi xususida tavsiya hamda takliflar berdi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026