16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:53
Qishloq xoʻjaligi 👁 317

Gʻallani oziqlantirish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi

Gʻallani oziqlantirish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi

Kunlar isishi bilan qishloq xoʻjaligi yer maydonlarida, aholi tomorqalarida bahorgi ekishga tayyorgarlik ishlari boshlab yuboriladi. Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, ekish, parvarishlashga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada fermerlar, qishloq xoʻjaligi masʼullari ishtirokida oʻzaro bilim va tajriba almashish maqsadida oʻquv-seminarlar tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 9-mart sanasida tumanimizdagi Oq oltin ovulidagi “Yakubova Gavhar” fermer xoʻjaligi yer maydonida gʻallani oziqantirish mavzusida seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, tumandagi sektorlar rahbarlari, fermerlar, qishloq xoʻjaligi soha masʼullari, yoshlar hamda respublika miqyosidagi agrar soha boʻyicha professorlar, ilmiy xodimlar ishtirok etdilar.

Seminarda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xoʻjaligini isloh qilish, xususan, sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subʼektlar oʻrtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, yangi texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan taʼminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganligini taʼkidladi.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi, fan doktori, professor Zohidjon Ziyodullayev seminar ishtirokchilariga, fermerlar hamda qishloq xoʻjaligi soha masʼullariga kechki, rivojlanishdan orqada qolgan, kuzda oziqlantirilmagan gʻalla maydonlarida azotli oʻgʻitlar bilan oziqlantirish hamda sugʻorish ishlarini amalga oshirish lozimligini, gʻalladan yaxshi hosil olish borasidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan agrotexnik tadbirlar haqida maʼlumotlar berib oʻtdi.

Maʼlumotlarda keltirilishicha, gʻallaga beriladigan oʻgʻit va suv oʻsimlik ildiz sistemasining rivojlanishini kuchaytiradi va tuplash boʻgʻinining kattalashishiga hamda tuplash boʻgʻinida shakar moddalarining koʻpayishiga sabab boʻladi. Bu sharoitda gʻalla oʻsimligi oʻsish oʻrniga vegetativ organlarini, yaʼni tuplash boʻgʻinini kattartiradi va erta bahorda katta tuplash boʻgʻinlaridan yirik naychalar hamda poyalarni shakllantiradi. Katta naycha va poyalardan yirik boshoqlar hosil boʻlishini taʼminlaydi. Oziqlantirilmagan va sugʻorilmagan, tuproqda namlik yetarli boʻlmagan gʻalla maydonlaridagi nihollar sovuqqa, boshqa omillarga beriluvchan hamda kasallik va zararkunandalarga tez chalinuvchan boʻlib qoladi. Erta bahordan tuplanmasdan naychalash fazasiga oʻtib ketishi gʻallaning hosildorligi pasayib ketishiga sabab boʻladi.

Seminarda, Shoʻmanay tumani “ECO TEKS CLUSTER” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Fahriddin Hakimov soʻzga chiqib, bahorning ilk oylarida gʻallani oziqlantirish borasidagi fikr-mulohazalari bilan boʻlishdi.

Qayd etilishicha, mart oyi gʻalla parvarishida gʻalla hosiliga hosil qoʻshish oyi boʻlib, oʻz vaqtida oʻtkaziladigan agrotexnik tadbirlar natijasida gʻalladan yuqori hosil olish va ulkan xirmon bunyod etishga asos boʻladi. Birinchi bahorgi oziqlantirish ishlari oʻtkazilgan gʻalla maydonlariga yoqqan yomgʻir, gʻalla rivojiga juda katta foyda berishi, bunday sharoitda gʻalla maydonlarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan eng muhim agrotexnik tadbirlaridan biri boʻlgan gʻallani azotli mineral oʻgʻitlar bilan ikkinchi bahorgi oziqlantirish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash choralarini koʻrish lozimligi xususida soʻz yurtildi.

Shuningdek, seminarda tumanimizdagi qishloq xoʻjaligi soha masʼullari tomonidan mavzu yuzasidan savollar berildi, agrar sohaning turli yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro fikrlar almashildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019