16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:46
Qishloq xoʻjaligi 👁 333

Xolimbeg ovulida qishloq xoʻjaligi boʻyicha koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi

Xolimbeg ovulida qishloq xoʻjaligi boʻyicha koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi

17-mart kuni Amudaryo tumanining Xolimbeg ovuli hududida tomorqa yerlaridan unumli foydalanuvchi dehqon xoʻjaliklari sonini koʻpaytirish, dehqonchilik, parrandachilik, asalarichilik, chorvachilik kabi qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini yanada rivojlantirish maqsadida koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, respublikadagi hamda tumandagi agrar soha masʼullari, tijorat banklari rahbarlari, tuman ovul va mahallalar fuqarolar yigʻinlari raislari, hokim yordamchilari hamda korxona-tashkilotlar masʼullari ishtirok etdilar.

Mazkur seminar Prezidentimizning joriy yilning 5-mart sanasida imzolangan “Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 115-sonli qarori ijrosiga bagʻishlandi.

Dastlab seminar ishtirokchilari sobiq “Turkmaniston” muqobil mashina-traktor parki binosida tashkil etilgan qishloq xoʻjaligi texnikalari hamda mahsulotlarni oziqlantiruvchi, parvarishlovchi vositalardan iborat koʻrgazma bilan tanishdilar. Unda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirishga, dehqonchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik, parrandachilik kabi qishloq xoʻjaligi sohalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani hamda bu borada tizimli islohotlar amalga oshirilayotgani xususida soʻz yuritdi.

Tuman hokimi oʻz soʻzida davlatimiz rahbarining “Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim dasturulamal boʻlishini alohida taʼkidladi.

Seminarda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi boʻlim boshligʻi Obil Safarov tomonidan qayd etilishicha, meva-savzavot mahsulotlarini yetishtirish va ularning eksportini oshirish, qishloq xoʻjaligi kichik ishlab chiqaruvchilarini yanada qoʻllab-quvvatlsh, ekin yerlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, pirovard natijada yer egalarining daromadlarini koʻpaytirish maqsadiga yoʻnaltirilgan mazkur qarorda qator yoʻnalishlar boʻyicha yangiliklar amalga oshirilishi belgilangan.

Xususan, hududlarning iqlim sharoitlaridan kelib chiqib hamda suv taʼminotini inobatga olgan holda, tumanlar eksportbop va serdaromad ekinlar ekishga, shuningdek, kichik ishlab chiqarish va mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtiriladi. 2024-yilda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 51 ta tumanda meva-sabzavotlarni shok usulida muzlatishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha yangi loyihalar amalga oshiriladi.

Shuningdek, mazkur hujjatda kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida ishlab chiqarishga oid loyihalar bilan bir qatorda mahsulot yetishtirish bilan bogʻliq loyihalarga, qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish bundan mustasno, 100 mln soʻmgacha garovsiz kreditlar ajratilishi belgilangan.

Seminar mobaynida Xolimbeg OFY hokim yordamchisi Akmalbek Xolmuradov tomonidan ovul hududidagi tomorqa yer egalari hamda dehqon xoʻjaliklari, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Maʼlumotlarda keltirilishicha, Xolimbeg ovuli hududida jami 1298 ta aholi tomorqalarida 266 ga ekin yer maydonlari mavjud boʻlib, ulardan yuqori daromad olishni taʼminlash borasida oldinda turgan qaror vazifalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Xususan, aholi tomorqalaridagi jami 184 ga bahorgi ekin maydonlaridan jami 5700 tonna mahsulot yetishtilishi, aholi xonadonlarida 26 ta issiqxonalar tashkil etish, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida meva-sabzavotchilik yoʻnalishida mahsulot yetishtirilishi kabi tizimli ishlar amalga oshiriladi.

Seminar mobaynida ishtirokchilar Xolimbeg ovulida oʻz tomorqasidan yaxshi daromad olayotgan, dehqonchilik bilan uzoq yillardan beri shugʻullanib kelayotgan, koʻp yillik tajribaga ega dehqonlarning bilimlari hamda ish tajribalari bilan tanishdilar.

Jumladan, tomorqachi dehqon Erkin Qoʻshayevning oʻz tomorqasida xurmo, limon va qulupnay kabi parvarish talab qiladigan mevali daraxtlar koʻchatlari sonini yildan yilga koʻpaytirib borayotgani, quyonchilik bilan shugʻullanayotgani, oʻz tomorqasida yetishtirayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan olayotgan hosili hamda dehqonchilik sirlarini puxta egallash natijasida hayot tarzi, yashash sharoitlarining yaxshilanishiga erishganining guvohi boʻldilar.

Erkin Qoʻshayev seminarga yigʻilganlarga kortoshka, piyoz, sabzi mahsulotlarini yetishtirish hamda yerdan 2-3 marotaba hosil olish boʻyicha oʻz bilimi va tajribalari bilan boʻlishdi.

Shundan soʻng seminar ishtirokchilari oʻz tomorqasida katta issiqxona tashkil etgan hamyurtimiz Shavkat Oʻrozboyevning tomorqasi va issiqxonasidagi amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Shavkat Oʻrozboyev 3-yil oldin tashkil etilgan, asosan bodring yetishtirishga moʻljallangan issiqxonadan yiliga 3 marotaba yaxshi hosil olayotgani haqida maʼlumotlar berdi.

Seminar yakunida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov boshchiligidagi ishtirokchilar “Yashil makon” dasturi doirasida mevali daraxtlar koʻchatlarini ekdilar. Koʻrgazmali seminarda barcha ishtirokchilar katta bilim va tajribaga ega boʻldilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019