16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:25
Qishloq xoʻjaligi 👁 295

Amudaryo tumanida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi ishtirokida joriy yil hosili uchun chigit ekish boʻyicha koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi

Amudaryo tumanida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi ishtirokida joriy yil hosili uchun chigit ekish boʻyicha koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 30-mart sanasida Amudaryo tumanida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermonov ishtirokida joriy yil hosili uchun chigit ekish boʻyicha koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.

Tumanning Choykoʻl ovulidagi "Choykoʻl Doʻstlik" fermer xoʻjaligida tashkil etilgan koʻrgazmali seminarda respublika hamda tuman miqyosidagi qishloq xoʻjaligi sohasi masʼullari ishtirok etdilar. Seminar mobaynida joriy yilgi paxta hosili rejasini bajarish boʻyicha oldinda turgan ustuvor vazifalar xususida soʻz yuritildi.

Dastlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermonov, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov hamda barcha seminar ishtirokchilari ilk chigit urugʻlarini yaxshi niyat bilan fermer xoʻjaligi dalasiga sepdilar. “Yusuf Eshon bobo” jomʼe masjidi imomi Abdurahmon hoji Matsapoyev yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlishi, bu yilgi paxta hosili moʻl boʻlib, kontraktatsiya shartnomalarini ortigʻi bilan bajarishi uchun barcha fermerlarga katta kuch-gʻayrat va hamjihatlik tilab duoga qoʻl ochdi.

Shundan soʻng seminarga yigʻilgan barcha qishloq xoʻjaligi sohasi masʼullari bilan chigitni oʻz vaqtida ekish, zaruriy meniral oʻgʻitlarni belgilangan miqdorda va oʻz vaqtida berish yuzasidan tavsiyalar berildi hamda oldinda turgan vazifalar xususida soʻz yurtitildi.

Xususan, paxtaning eng unumdor navlari bilan bir qatorda chet eldan olib kelinadigan yangi navlarini ekish boʻyicha taklif hamda tavsiyalar berildi. Paxtadan yaxshi hosil olish maqsadida agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazish, suvni tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ekish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar haqida maʼlumotlar berildi.

Maʼlumot oʻrnida keltirish joizki, Amudaryo tumanida joriy yilgi paxta hosili uchun jami 352 ta fermer xoʻjaliklaridagi 13 900 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan. Ushbu maydonlarda yetishtirilishi kutilayotgan paxta hosilini sotish boʻyicha 6 ta klasterlar bilan shartnomalar imzolangan.

5-apreldan 15-aprelgacha boʻlgan vaqt oraligʻida rejalashtirilgan ekin maydonlarida chigit ekish ishlarini amalga oshirish uchun 112 nafar aʼzolardan iborat 65 ta chigit ekish otryadlari tuzilgan. Mazkur otryadlar tarkibiga otryad rahbari, klasterlar agranomlari, yer tuzuvchilar, agroinspektsiya xodimlari, urugʻlik chigit yetkazib berishga, mineral oʻgʻit yetkazib berishga masʼul xodimlar biriktirilgan. Otryadlarga jami 3209ta texnikalar biriktirilgan boʻlib, shundan jami haydov traktorlari 145tani, jami yer tekislagichlar 346tani, chigit ekish seyalkalari 150 donani tashkil etadi.

Shuningdek, jami ertapishar navlar ekiladigan yer maydonlari 12 ming 802 gektar boʻlib, shundan 8 ming 802 gektar maydoniga “Sulton” navi , 4000 gektar yer maydoniga “Ravnaq-2” navi ekilishi rejalashtirilgan. 500 gektar yer maydoniga yangi navlar, 1598 gektar yer maydoniga esa xorijiy navlar ekilishi belgilangan. Joriy yilgi paxta hosili uchun belgilangan jami urugʻlik chigit 857,5 tonna boʻlib, 6 ta hududda chigit yetkazib berish shoxobchasi tashkil etilgan.

Shundan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermonov hamda barcha seminar ishtirokchilari aholi tomorqalarida amalga oshirilayotgan ishlar, qishloq xoʻjaliginining turli yoʻnalishlari bilan shugʻullanib, oilasiga yaxshi daromad olib kelyotgan xonadonlar bilan yaqindan tanishdilar.

Seminar davomida tumandagi ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida faoliyat olib borayotgan “yettilik” masʼullariga aholi xonadonlaridagi tomorqalardan unumli foydalanish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish, qishloq xoʻjaligining dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik kabi tarmoqlarini yanada rivojlantirish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026