17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 04:34
Jamiyat 👁 239

Vazir oʻrinbosari va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Vazir oʻrinbosari va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

30-yanvar kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, podpolkovnik Gʻulomjon Eshimbetov Amudaryo tumani 3-sektor hududida yashovchi yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv doirasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida sport musobaqalar va koʻngilochar tadbirlar oʻrkazildi. Shuningdek, yoshlar muamolarini oʻrganish va ularni hal etishga amaliy yordam berish maqsadida vazir oʻrinbosarining sayyor qabuli tashkil etildi.

Uchrashuv doirasidagi tadbirlarda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Nodir Kamolov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismoilov, 3-sektor hududidagi yoshlar yetakchilari, korxona-tashkilotlari masʼullari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda vazir oʻrinbosari Gʻulomjon Eshimbetov soʻzga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar siyosati borasida ustuvor islohotlar olib borilyotganini alohida taʼkidlab, ayniqsa, qoraqalpogʻistonlik yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratayotgani xususida soʻz yuritdi.

Shu oʻrinda qayd etish joizki, muhtaram prezidentimizning 2022-yil 31-avgust sanasida imzolangan “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bilan qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun oliy taʼlim muassasalariga kirishga davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha kvota ajratilishi natijasida 3 mingdan ortiq yoshlarimiz oliy taʼlim muassasalarida talaba boʻlish baxtiga muyassar boʻldilar.

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil davomida toʻrt million nafar yoshlar bilan alohida ishlash, ularni vatanparvarlik, jamiyat hayotiga dahldorlik va qonunni hurmat qilish kabi yuksak tuygʻular asosida tarbiyalash, kasb-hunarga oʻrgatish, ish bilan taʼminlash yuzasidan ilgari surgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilmoqda.

Xususan, mahallalarda yoshlar masalalarini muvofiqlashtirish maqsadida Amudaryo tumani 3-sektor hududida yashovchi 7 ta toifadagi 500 nafarga yaqin yoshlar IIVning Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar tayyorlash xizmatiga biriktirilib, masʼul rahbarlar boshchiligida biriktirilgan yoshlar oʻrtasida maʼnaviy, maʼrifiy, sport, intellektual tadbirlar oʻtkazildi.

Tuman IIBda “Vatanparvarlik burchagi” tashkil etildi. Maʼnaviy-maʼrifiy, koʻngilochar tadbirlar doirasidagi ajoyib chiqishlar barcha yoshlarda katta tassurotlar qoldirdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoshidagi akademik litsey oʻquvchilarining koʻrgazmali chiqishlari tadbirda ishtirok etayotgan yoshlar qalbidagi vatanparvarlik hissini yanada kuchaytirdi.

Tadbir mobaynidagi “Aral juldizlari” jamoasi qiziqchilarining hazil tariqasidagi sahna koʻrinishlari tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat bagʻishladi. Shuningdek, vatanparvarlik ruhidagi ajoyib kuy-qoʻshiqlar barchaga bayromana kayfiyat baxsh etdi.

Tuman IIBning hovlisidagi sport maydonchasida sportning har xil turlari boʻyicha “Ichki ishlar vazirligi kubogi” musobaqalari tashkil etildi. Yoshlar sportning stol tennisi, turnikda tortilish, tir, armrestling, tosh koʻtarish, darts, kamondan otish turlari boʻyicha oʻz kuch va mahoratlarini sinab koʻrdilar. Musobaqalar ajoyib, bahs-munozalarga boy tarzda oʻtkazildi. Barcha sport turlari boʻyicha 1-, 2-, 3-oʻrin sohiblari aniqlanib, gʻoliblarga va faol ishtirokchilarga sport anjomlari hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirilib, munosib taqdirlandi.

Vazir oʻrinbosari 3-sektor hududida yashovchi yoshlarning muammolalarini oʻrganish va ijobiy hal qilish yuzasidan oʻtkazgan sayyor qabulida yoshlar bilan ochiq muloqot qildi. Qabul jarayonida yoshlar bandligini taʼminlashda, oʻqigan mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildilar. Murojaatlarni ijobiy hal etishda tumandagi tegishli masʼullar bilan chora-tadbirlar belgilab olindi.

 Charos Arslonova, tuman hokimining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026