16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:53
Salomatlik 👁 436

2-10 yoshli bolalar orasida ichak gelmintozi boʻyicha ommaviy skrininglar oʻtkazilmoqda

2-10 yoshli bolalar orasida ichak gelmintozi boʻyicha ommaviy skrininglar oʻtkazilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-iyuldagi “Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi”gi va 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlari asosida 2-10 yoshdagi bolalarning sogʻligʻini yaxshilash hamda ichak gelmintozi bilan kasallanish holatlarini kamaytirish maqsadida Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan qator amaliy ishlar qilinmoqda.

Shu maqsadda boʻlim tomonidan Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalari Sogʻliqni saqlash vazirliklarining koʻrsatma xatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining topshiriq xatiga asosan belgilangan jadvallar boʻyicha joylarda laborator tekshirish tadbirlari tashkil qilinmoqda.

Gelmintoz kasalliklariga laborator tekshirishlar boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlangan hamda Tibbiyot birlashmasi, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan kelishilgan reja-grafik boʻyicha tumandagi maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida hamda ambulator va statsionar sharoitda davolanayotgan bolalar orasida oʻtkazilmoqda.

Tadbirlarga asosan maktablarning 1-4-sinf oʻquvchilari, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar jalb qilinayotgan boʻlib, 2-10 yoshli uyushgan va uyushmagan bolalar orasida ommaviy skrininglar oʻtkazilmoqda. Skrining natijasida gelmint tuxumlari aniqlangan holatlarda esa davolash choralari koʻrilmoqda.

Jumladan, bunday toifa bolalar va ular bilan muloqotda boʻlgan tengdoshlariga yashash manzilida yoki maktab sinflari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari guruhlarida “Vermoks” yoki “Albendazol” dori preparatlari tarqatilmoqda.

Degelmintizatsiya tadbirlarini oʻtkazish ishlariga yetarli darajada tibbiyot hodimlari jalb qilingan boʻlib, ishlar maxsus reja-grafik asosida tashkil qilinmoqda.

2023-yil 18-dekabr kunidan boshlab joriy yilning 1-choragi yakuniga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli jami 25ta maktabdan 5134 nafar bolalar gijja kasalliklariga laborator tekshirilgan boʻlib, shundan 21 maktabdan jami 352 nafar bolalarda enterabioz gijja kasalligi qayd etildi. 8ta maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan esa jami 965 nafar bolalar gijja kasalliklariga laborator tekshirilgan boʻlsa, shundan 6 ta muassasada jami 21 nafar bolalarda enterabioz gijja kasalligi qayd etilgan.

Joriy yilning 1-aprel sanasigacha jami tuman boʻyicha 12 ming 464ta holatda ushbu kasallikdan davolanishga muhtoj boʻlgan, yaʼni ichak gelmintozi aniqlangan bolalar va ular bilan aloqada boʻlganlar roʻyxatga olinib, ularda degelmintizatsiya tadbirlari oʻtkazildi.

Bundan tashqari, tumandagi maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar va ota-onalar orasida hamda mahallalarda uyma-uy yurib gelmintoz kasalliklari va boshqa yuqumli kasalliklar profilaktikasi boʻyicha hamda shaxsiy gigiyena va sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishni tushuntirish boʻyicha targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Bu ishlardan koʻzlangan maqsad – bolalar salomatligini saqlash va ularning sogʻlom boʻlib voyaga yetishlariga zamin yaratishdir.

Jamol Kamolov, Tuman SEO va JS boʻlimi parazitologiya boʻlinmasi va laboratoriyasi mudiri.

Toʻliboy Atamuratov, Parazitologiya boʻlimi laboratoriyasi shifokori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026