16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:58
Fan va taʼlim 👁 282

69-sonli maktabda Afgʻon urushi faxriylari bilan uchrashuv va “Zakovat” intelektual oʻyinining final bosqichi oʻtkazildi

69-sonli maktabda Afgʻon urushi faxriylari bilan uchrashuv va “Zakovat” intelektual oʻyinining final bosqichi oʻtkazildi

Taʼlim maskanlarida Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab oʻtkazilayotgan uchrashuvlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda. 8-may kuni Amudaryo tumanidagi 69-sonli umumtaʼlim maktabida ham sana munosabati bilan bayram tadbiri va iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida “Zakovat” intelektual oʻyinining final bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Afgʻoniston urushi faxriylari, Ayoqchi mahallasida joylashgan davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism masʼullari, mahalla faollari, maktab oʻqituvchi va oʻquvchilari ishtirok etdi.

Tadbirni Ayoqchi MFY raisi Olloyor Qalandarov ochib berdi. Mazkur mahallada joylashgan davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism xodimi Abbos Rustamov Afgʻon urushi faxriylarini, maktab jamoasi va barcha oʻqituvchilarni Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklab, yurtimizda tinchlik va osoyishtalik bardavom boʻlishi uchun barcha harbiy xizmatchilar, shu jumladan chegarachilar ham tunu kun oʻz postlarida hushyor turganini taʼkidlab oʻtdi.

Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimi ham urushning insoniyat uchun naqadar ayanchli oqibatlarga olib kelishini, Ikkinchi jahon urushida xalqimiz koʻrgan yoʻqotishlar mislsiz boʻlgani, bu mashʼum kunlar hamda urushda jon fido qilgan, muhnat frontida ter toʻkkan ota-bobolarimiz va momolarimiz xotirasi hamisha avlodlar yodida boʻlishini taʼkidladi.

Tadbir davomida Afgʻon urushi faxriylari Poʻlat Qutimov, Haytimmat Jumatov, Qoʻziboy Davletov, Bozorboy Vapoyev, Ozodlar Oʻrazmetovlar urush haqidagi tasurotlarini oʻquvchilarga soʻzlab berishdi. Aytish joizki, 1979-1989-yillardagi Afgʻoniston urushi, Sovet Ittifoqining Afgʻonistonga qoʻshin kiritishi va u yerda toʻqqiz yil davom etgan harbiy amaliyotlar necha-necha zabardast yigitlarni hayotdan barvaqt olib ketgan. Urush faxriylari yoshlarni tinchlik va osoyishtalikni koʻz qorachigʻiday asrashga daʼvat etdilar.

Tadbirda maktabning yuqori sinf qizlari ijrosida kuy-qoʻshiq va raqslar ijro qilindi. Oʻgʻil bollar ishtirokida esa harbiy jang sanʼati namunalari namoyish qilinib, sahna koʻrinishlarini taqdim etildi. Tadbir yakunida mahalla fuqarolar yigʻini raisi va maktab maʼmuriyati tomondan Afgʻoniston urushi faxriylariga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tadbir yakunlangandan keyin maktab oʻquvchilari ishtirokida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi. Shu paytgacha oʻtkazilgan saralash va dastlabki tur oʻyinlarida gʻolib boʻlgan 4 ta jamoa – 8-d, 9-a, 10-b va 11-b sinflar jamoalari maktabning kimyo fani oʻqituvchisi Xosiyat Oʻrozboyeva rahbarligida intelektual oʻyinning final bosqichida oʻzaro bellashdilar.

Ushbu intellektual oʻyin oʻquvchilarga nafaqat bilimlarini sinovdan oʻtkazish, balki ularning dunyoqarashini kengaytirish va jamoaviy ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish uchun ham ajoyib imkoniyat yaratdi. Turli fanlarga oid mantiqiy savollar boʻyicha kechgan bahs-munozaralar, maslahatlashuvlar va javoblar berish jarayonida koʻrsatilgan birdamlik hamda oʻyin davomidagi koʻtarinki ruh ularning intellektual salohiyatini va jamoaviy ishlash qobiliyati qanchalik yuqori darajada ekanini namoyon etdi.

Oʻquvchilarni intellektual oʻyinning final bosqichiga tayyorlashda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Dilshod Baltayev, biologiya fani oʻqituvchisi Munavvar Matjanova, ona tili adabiyot fani oʻqituvchisi Saida Najamatdinova, geografiya fani oʻqituvchisi Barno Rajapovalar faol qatnashdilar.

Murosasiz bellashuvlar yakuniga koʻra “Zakovat”ning maktab boʻyicha final bosqichida 1-oʻrinni 8-d va 9-a sinflar jamoalari, 2-oʻrinni 10-b hamda uchinchi oʻrinni 11-b sinf jamoalari egalladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019