16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:27
Fan va taʼlim 👁 294

11-sonli maktabda “Hamma kasblar kerak, barcha kasblar muhim” mavzusida psixologlar uchun oʻquv-seminari oʻtkazildi

11-sonli maktabda “Hamma kasblar kerak, barcha kasblar muhim” mavzusida psixologlar uchun oʻquv-seminari oʻtkazildi

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 11-sonli maktabda oʻtkazilgan tuman psixologlarining navbatdagi oʻquv-seminaridan koʻzlangan asosiy maqsad – oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini yanada takomillashtirish, maktab psixologlarining bir-biri bilan tajriba, yangi gʻoya va fikrlar almashishlari uchun sharoit yaratishdir.

Seminarda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudiri Yalgʻosh Shomuratov hamda boʻlimning bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash va inklyuziv taʼlim boʻyicha psixolog-metodisti, 11-sonli maktab direktori va umumtaʼlim maktablarining psixologlari ishtirok etdi.

Tumandagi ilgʻor maktab psixologlari tomonidan tashkillashtirilgan oʻquv-seminariga tashrif buyurgan mehmonlar “Oltin soat”, “Pozitiv soʻzlar”, “Kim mergan” kabi interaktiv mashgʻulotlar hamda gullar bilan kutib olindi.

11-sonli maktab psixologlari hamda maktabning texnologiya fani oʻqituvchilari tomonidan tashkillashtirilgan koʻrgazmalari zalida oʻquvchilarning qoʻl mehnatlari bilan ishlangan milliy hunarmandchilik mahsulotlari – kashtalar, qoʻlda tayyorlangan kiyimlar, quroqlar va qoʻgʻirchoqlar hamda zamonaviy uslubda tikilgan dasturxonlar, oʻquvchi yigitlar tomonidan karton qogʻozlaridan ishlangan issiqxona va maktab maketi, mexanik robotlar namoyish qilindi.

Maktabga kirishdan boshlab to oʻquv-seminari oʻtkaziladigan zalgacha yoʻlakcha devorlari oʻquvchilarni kasb-hunar oʻrganishga chorlovchi chaqiriqlar bilan bezatilgani ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.

Oʻquv-seminarini tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudiri Yalgʻosh Shomuratov ochib berdi. “Har bir oʻquvchiga bilimdan tashqari bitta hunar egallashi uchun yordam berish biz va Siz aziz ustozlarning asosiy vazifamizdir” – deya taʼkidladi u oʻz soʻzida. Qayd etilganidek, bolalarni maktabdanoq kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatli karerasi uchun muhim asos yaratadi. Shu sababli oʻquvchilarning kasbiy qiziqishlarini aniqlash va ularning qobiliyatlariga mos kasblarni tanlashda yordam berish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon taʼlim muassasalari, sinf rahbarlari va maktab psixologlari oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirib, oʻquvchining oʻziga boʻlgan ishonchini yanada oshiradi.

11-sonli maktab psixologi Dilnoza Shomurotova ishtirokchilarga “Kasblar parashyuti” mashgʻulotini oʻtkazdi. Ushbu mashgʻulotdan koʻzlangan maqsad – kim qaysi kasbni egallashidan qatʼiy nazar, jamiyat uchun barcha kasblar muhim ekanligini taʼkidlashdan iboratdir.

Mashgʻulotdan soʻng 11-sonli maktab oʻquvchilari tomonidan “Gilamdoʻz” ertagi asosida tayyorlangan sahna koʻrinishi namoyish qilindi. Oʻquvchilarning hunarga boʻlgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida tashkil qilingan ushbu sahna koʻrinishi zamirida “Har bir yigit-qiz uchun 40 hunar ham oz” degan hayotiy hikmat mujassam.

Soʻngra 29- va 67-sonli maktablar psixologlari tomonidan kasb-hunarga oid “Sharq bozori” nomli, 11-sonli maktab psixologlari tomonidan “Poyezd va quvnoq sharchalar” nomli, 33-sonli maktab psixologi tomonidan esa “Qoʻl soati” metodikasi asosida mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Chindan ham, maktab psixologlari uchun oʻtkaziladigan bu kabi seminarlar oʻquvchilarning kasbiy yoʻnalishlarini aniqlash va ularning shaxsiy rivojlanishlariga koʻmaklashishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday tadbirlar psixologlarga oʻzaro tajriba almashish va yangi usullarni joriy etish imkonini beradi, bu esa oʻquvchilarning kasb-hunarga boʻlgan qiziqishlarini yanada kuchaytirib, ularning kelajakdagi tanlovlariga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026