16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:08
Fan va taʼlim 👁 456

Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga oʻqishga marhamat!

Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga oʻqishga marhamat!

Prezidentimizning 2022-yil 14-aprel kungi farmoni asosida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻz ish faoliyatini boshladi. Oʻtgan qisqa fursat ichida maktabimiz pedagogik jamoaning kuch-gʻayrati hamda bilimga chanqoq oʻquvchilarning intilishlari tufayli qator natijalarga erishdi.

Maktabimizda aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishlarida oʻquvchilarga xalqaro taʼlim standartlariga mos interaktiv uslublar asosida 28 nafar oliy, 17 nafar birinchi hamda 16 nafar ikkinchi toifali oʻqituvchilar dars beradi. 34 nafar oʻqituvchilarimiz xalqaro va milliy sertifikatlarga ega.

Oʻquvchilarimizning bilimlarini oshirishda tajribali oʻqituvchilarning oʻrni beqiyosdir. Ular nafaqat bilim berish, balki oʻquvchilarning shaxsiy rivojlanishi va motivatsiyasini oshirishga ham katta eʼtibor qaratishadi. Oʻz sohasining yetuk bilimdoni boʻlgan pedagoglarimiz oʻquvchilarga murakkab mavzularni tushunishda yordam beradi, ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va mustaqil ishlash koʻnikmalarini shakllantiradi. Shuningdek, ular oʻquvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olib, har bir oʻquvchiga mos keladigan oʻqitish usullarini qoʻllaydi. Bu esa oʻquvchilarning bilimlarini mustahkamlash va ularning zaif tomonlarini aniqlash hamda bartaraf etishda muhim rol oʻynaydi.

Mana shunday fidoyi ustozlarimizning saʼy-harakatlari bilan oʻtgan oʻquv yilida maktabimiz bitiruvchilarining 85 foizi talaba boʻldi. Bu – katta koʻrsatkich. Maktabni tamomlagan yili oʻzlari istagan oliy taʼlim dargohlariga kira olmagan oʻquvchilar ham bu yil albatta talaba boʻlishlariga ishonamiz.

Oʻquvchilarimizning yutuqlari haqida toʻxtalar ekanmiz, ular birgina joriy oʻquv yilida asosiy fanlar olimpiadasining III bosqichida 5ta sovrinli oʻrin egalari boʻlishganini, 2 nafari olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etganini alohida taʼkidlash lozim. Qolaversa, STEAM fanlari olimpiadasida maktab oʻquvchilari jami 7ta sovrinli oʻrinlarni egallab, ularning 4 nafari Respublika bosqichida ishtirok etdi. Shuningdek, qizlar oʻrtasida tashkil qilingan matematika olimpiadasida ham 2 nafar oʻquvchi Respublika bosqichida ishtirok etib, bilimlarini sinovdan oʻtkazdi.

Maktabning 11-sinf oʻquvchisi Botirjon Kamolov muddatidan oldin 4ta xalqaro oliygohga oʻqishga qabul qilindi. Maktab boʻyicha umumtaʼlim fanlaridan sertifikatlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar soni esa 70 nafardan ortiq. Bu kabi yutuqlar maktabimiz reytingini koʻtarishi bilan birga ushbu taʼlim dargohida kelgusida tumanimiz, Qoraqalpogʻiston va Oʻzbekiston miqyosida xalq xoʻjaligining turli sohalarida faoliyat yuritib, davlat va jamiyat rivojiga hissa qoʻshadigan yoshlar kamolga yetayotganining yorqin dalilidir.

Maktab muhiti oʻquvchilarning taʼlim olishida muhim rol oʻynaydi, chunki ularning akademik yutuqlari va shaxsiy rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatadi.

Shu sababli ham Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida taʼlim sifatini oshirish va oʻquvchilarga zamonaviy bilim berish maqsadida barcha sharoitlar yaratilgan. Taʼlim jarayonida zamonaviy oʻquv materiallari va pedagogik texnologiyalardan foydalanilib, oʻquvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar joriy etilmoqda.

Bundan tashqari, oʻqituvchilarning malakasini oshirish va ularga oʻquvchilar bilan ishlashda zarur boʻlgan resurslarni taqdim etishga ham katta eʼtibor berilmoqda. Shuningdek, oʻquvchilarning maktabdagi muhitga moslashishi va ularning ijtimoiy hamda emotsional farovonligini taʼminlash uchun maktabda turli xil toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Maktabda 120-oʻrinli faollar zali, zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan 2ta informatika xonasi, amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishga moʻljallangan va toʻliq jihozlangan kimyo, biologiya, fizika laboratoriya xonalari mavjud. Bu kabi jihozlangan xonalar oʻquvchilarga amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish va fanlarni yanada chuqurroq oʻrganish imkonini beradi. Shuningdek, bu oʻquvchilarning ijodiy va intellektual salohiyatini oshirishga ham xizmat qiladi.

Taʼlim maskanimizda kelgusi 2024-2025 oʻquv yili uchun qabul jarayoniga ham puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda. Maktabning 5-sinfiga aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha, 7-sinfiga esa tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar test sinovlar asosida qabul qilinadi.

Aniq fanlar yoʻnalishida matematika va mantiqiy fikrlash hamda ingliz tili, tabiiy fanlar yoʻnalishida esa tegishli tabiiy fan hamda ingliz tili fanlaridan test sinovlari oʻtkaziladi. Belgilangan kvota doirasida kirish imtihonlari natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan oʻquvchilar oʻqishga qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan maktabga oʻquvchilarning quyidagi hujjatlari onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi:

- tegishli oʻquv yili natijasiga koʻra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

- oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;

- tugʻilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasi yoki qonuniy vakilining fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari.

Tumanimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarining 4- va 6-sinflarini tamomlayotgan, aniq va tabiiy fanlarga qiziquvchi iqtidorli oʻquvchilarni Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga oʻqishga taklif qilamiz! Buning uchun qabul jarayoni boshlangach maxsus veb-sayt – ariza.piima.uz orqali hujjatlaringizni topshiring. Kirish imtihonlari natijasiga koʻra eng yuqori ball toʻplagan oʻquvchilar belgilangan qabul kvotasi doirasida ballar ketma-ketligida oʻquvchilar safiga qabul qilinadi.

Taʼlim muassasasining maqsadi – keng dunyoqarashga ega boʻlgan lider yoshlarni tarbiyalash, ularga xalqaro taʼlim standartlari asosida bilim berish, oʻz sohasining eng bilimdon kadrlari boʻlib yetishishlariga imkoniyat yaratishdir.

Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi – imkoniyatlar maskanidir.

Otabek Yoʻldoshov, Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019