16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:16
Adabiyot 👁 310

14-sonli maktabda qozoq adiblari xotirasiga bagʻishlab adabiy-badiiy kecha oʻtkazildi

14-sonli maktabda qozoq adiblari xotirasiga bagʻishlab adabiy-badiiy kecha oʻtkazildi

Qardosh qozoq adiblari nafaqat turkiy adabiyotda, balki jahon mumtoz soʻz sanʼatida ham yorqin iz qoldirishgan. Shular orasida Saken Seyfullin, Beyimbet Maylin, Ilyas Jansugurov kabi yozuvchi-shoirlar qozoq adabiyotining asoschilaridan hisoblanadi.

Joriy yil ushbu ijodkorlarning tavalludiga 130-yil toʻldi. Shu munosabat bilan 14-sonli maktabda adabiy-badiiy kecha oʻtkazildi. Tadbirga maktabning 11-sinf oʻquvchilari Yerjan Reymbayev va Larisa Pirjanovalar boshlovchilik qilishdi.

Tadbir avvalida maktab direktori Inoyat Turamurodov soʻzga chiqib, bu ijodkorlarning umr yoʻli va adabiy kechaning ahamiyati haqida fikr bildirdi. Kechada oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Ilhom Saparbayev, manaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Jasur Sidabullayev hamda maktabning oʻqituvchilari va yuqori sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi.

Adabiy kecha maktabning qozoq tili va adabiyoti oʻqituvchisi Mayra Umirbayeva hamda “Tilashar” toʻgaragi aʼzolari tomonidan tashkil etildi.

Maʼlumot uchun, Saken Seyfullin 1894-yil 15-oktyabrda Jezqazgʻan viloyatining Oqadir tumanidagi Qarashilik qishlogʻida tugʻilgan. U qozoq adabiyotining rivojlanishiga ulkan hissa qoʻshgan. Uning “Koʻkchatov", “Qizil ot” dostonlari va sheʼrlari oʻtgan asrning 30-yillaridagi qozoq sheʼriyatining eng yaxshi asarlaridan hisoblanadi. Adib “Baxt yoʻlida”, “Qizil shunqorlar” kabi dramalari bilan qozoq sahna sanʼatida yorqin iz qoldirgan. Oʻtgan asrning 20-30-yillari qozoq sheʼriyatida oʻziga xos maktab yarata olgan shoir sheʼrlari, yirik dostonlari xalq dilidan joy olib, qozoq adabiyotining nodir namunalariga aylangan.

Qozoq adabiyotining yana bir nomdor vakili Beyimbet Maylin 1894-yil 15-oktyabrda Qoʻstanay viloyatida tugʻilgan. Adib sheʼriyat, nasr va dramaturgiya sohalarida birdek samarali mehnat qilgan yozuvchidir.

U qozoq sheʼriyatida sheʼr janrining koʻlamini kengaytirish va uning saviyasini yanada oshirishga katta hissa qoʻshgan. Beyimbet Maylining isteʼdodi, ayniqsa, nasriy asarlarida yorqin namoyon boʻldi. Hikoyalari yuksak badiiy sifati, hayot haqiqatiga urgʻu berilgan mavzularning rang-barangligi bilan ajralib turadi.

Qozoq shoiri, dramaturg, nosir, jurnalist, tarjimon va jamoat arbobi Ilyas Jansugurov 1894-yil 15-mayda Olmaota viloyati Oqsuv tumanida tugʻilgan. Adib xalqning boy folklorini toʻplash, uning ilgʻor namunalarini xalq manfaatiga aylantirish, kitob holida nashr etishda katta hissa qoʻshdi. Ularning ilgʻor namunalarini oʻzi yozgan maktab darsliklari va antologiyalariga kiritib, maktab oʻquvchilarini xalq tarixi va oʻtmish hayotidan xabardor qilishga eʼtibor qaratdi. Jansugurov  adabiy tanqid bilan ham shugʻullangan, adabiy-badiiy tanqid janrining rivojlanishida ishtirok etgan. U A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, N.A.Nekrasov, Maksim Gorkiy, Henriy Heyne,  Viktor Gyugo va shu kabi boshqa adiblarning asarlarini qozoq tiliga tarjima qilib, qozoq adabiyotining jahon adabiyoti bilan aloqasini kengaytirdi.

Adabiy kechada oʻquvchilar Saken Seyfullin, Ilyas Jansugurov, Beyimbet Maylin ijodidan namunalar oʻqishdi. Ushbu adiblarning hikoyalari asosida tayyorlangan sahna koʻrinishlarini tayyorlab, namoyish etishdi. Shoirlarning sheʼrlari bilan kuylangan qoʻshiqlar kechaga oʻzgacha zavq bagʻishladi.

Shoir-yozuvchilarning yubileyiga bagʻishlab tashkil qilingan adabiy kechalar yoshlarda kitobga mehr uygʻotishi, ularning boʻsh vaqti mazmunli oʻtishi bilan ham ahamiyatli hisoblanadi. Zero, adabiyot koʻngillarga faqat yaxshilik ulashadi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019