16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:59
Fan va taʼlim 👁 293

Nukus innovatsion institutida oʻtkazilgan ilmiy-nazariy anjumanda sohalardagi dolzarb masalalar muhokama qilindi

Nukus innovatsion institutida oʻtkazilgan ilmiy-nazariy anjumanda sohalardagi dolzarb masalalar muhokama qilindi

Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning oʻz sohalari boʻyicha yetuk va bilimli mutaxassis kadrlar boʻlib yetishishlarida ularga dars berayotgan professor-oʻqituvchilarning taʼlim jarayonida zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan faol foydalanishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻqituvchilarning oʻzaro tajriba almashishi, ilm-fan sohasidagi yangiliklar bilan yaqindan tanishishlarida esa ilmiy-nazariy anjumanlarning oʻrni beqiyos.

Ana shunday ilmiy-nazariy anjumanlarning navbatdagisi “Zamonaviy sharoitda oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlashning innovatsion yoʻnalishlari: muammo va yechimlar” mavzusida Nukus innovatsion institutida tashkil qilindi.

Dastlab xorijdan va Respublikamizning turli viloyatlardan tashrif buyurgan mehmonlar hamda anjuman ishtirokchilari institut rahbariyati tamonidan tantanali kutib olindi. Tashrif buyuruvchilarga qadriyatimizga aylangan anʼana – non-tuz tutildi. Yosh sozandalar ijrosida yangragan milliy kuylar va jarayon uchun maxsus tayyorlangan koʻrgazma tashkilotchilar tamonidan anjumanga puxta hozirlik koʻrilganining amaliy isboti boʻldi. Konferentsiyada respublikamizning turli hududlaridan yetakchi tadqiqotchilar Zoom ilovasi orqali onlayn tarzda ham ishtirok etishdi.

Anjumanning maqsadi yuqori malakali oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlashning dolzarb muammolari va innovatsion yoʻnalishlarini muhokama qilish asnosida zamonaviy ilm-fan yutuqlarining ilgʻor tajribalarini amaliyotga joriy etish boʻyicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

Anjuman avvalida Nukus innovatsion instituti rektori Anvar Aʼzamov va bir qator mehmonlar soʻzga chiqib, oʻtkazilayotgan konferentsiyaning maqsadi va ahamiyati, bugungi kundagi oliy taʼlim tizimidagi kamchiliklar va maummolar haqida toʻxtaldi.

Institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Alisher Yuldashev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi masʼullari, Turkiyadagi Egey universiteti professori Pinar Fidakar xonim hamda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Nukus filiali direktori Atabek Qaipbergenovlar oʻz tabrik soʻzlarida konferentsiya ishiga omad tiladilar.

Konferentsiyada mamlakatimizdagi turli nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan tashrif buyurgan professor-oʻqituvchilar tomonidan “Talabalarda tanqidiy va kreativ fikrlashni rivojlantirish”, “Oliy taʼlim muassasalari faoliyatiga innovatsion marketingni joriy etish”, “Oliy taʼlim tizimida matematika fanini yoʻnalishlarga bogʻlab oʻqitishning ayrim jihatlari” kabi va boshqa mavzularda maʼruzalar qilindi.

Anjuman davomida ilm-fan sohalarida erishilayotgan yutuqlar, tadqiqot xulosalarining amaliyotdagi natijasi va shu kabi boshqa mavzularda oʻzaro fikr almashildi.

Konferentsiya shoʻbalarga boʻlingan holda oʻz ishini davom ettirdi.

Anjuman davomida Nukus innovatsion instituti rektori Anvar Aʼzamov, institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Alisher Yuldashev, Egey universiteti professori Pinar Fidakar xonim, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Atabek Alimovlar ommaviy axborot vositalari vakillariga bergan intervyularida taʼkidlaganlaridek, konferentsiya oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun juda ahamiyatli boʻldi.

Ayniqsa, anjumanda bugungi kunning eng dolzarb mavzulari koʻtarilgani, ilmiy-nazariy tadqiqotlarda esa yaqin kelajakda kutilayotgan jarayonlar toʻliq qamrab olingani Oʻzbekistonning Uchinchi Renessansni barpo etish yoʻlidagi amaliy islohotlariga xizmat qilishi alohida eʼtirof etildi.

Xorijlik mehmonlarga mamlakatimizda oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash jarayonida qoʻllanilayotgan innovatsion va pedogogik texnologiyalar, bu borada erishilgan natijalar, kredit-modul tizimining afzalliklari, professor-oʻqituvchilar faoliyatidagi ijodiy raqobat, Oʻzbekiston taʼlim tizimida tayyorlangan kadrlarning dunyo bozoriga chiqishi uchun amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berildi.

Aytish joizki, Oliy taʼlimning rivojlanishida ilmiy-nazariy konferentsiyalar muhim rol oʻynaydi. Bu tadbirlar olimlar, talabalar va oʻqituvchilar uchun oʻz ilmiy ishlarini namoyish etish, yangi ilmiy gʻoyalar va yondashuvlarni muhokama qilish hamda sohadagi eng soʻnggi tendentsiyalardan xabardor boʻlish uchun imkoniyat yaratadi.

Shuningdek, bu kabi konferentsiyalar ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va akademik hamjamiyatni kengaytirishga ham amaliy yordam beradi. Shu sababli mamlakatimizda ham oliy taʼlimni rivojlantirish va uni xalqaro standartlarga moslashtirish borasidagi islohotlar doirasida ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferentsiyalarni oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Zero, bu kabi amaliy ishlar mamlakatning ilmiy va texnologik salohiyatini yanada kuchaytirishga, oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning kelgusida mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, bugungi kunda Nukus innovatsion institutida dasturiy injiniring, iqtisodiyot, moliya va moliyaviy texnologiyalar, buxgalteriya hisobi va audit kabi 10ta yoʻnalishda jami 6 mingdan ziyod talaba tahsil olyapti. Institutda 115 nafar professor oʻqituvchilar faoliyat yuritadi. Fursatdan foydalanib, yoshlarimizni ushbu oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga hujjat topshirishga chaqirib qolamiz.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019