17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 04:34
Jamiyat 👁 262

Jamoat ishlari aholi bandligini, shahrimiz va koʻchalarimiz ozodaligini taʼminlashga xizmat qilayapti

Jamoat ishlari aholi bandligini, shahrimiz va koʻchalarimiz ozodaligini taʼminlashga xizmat qilayapti

Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda iqtisodiyotni isloh qilish, eksport salohiyatini oshirish, tashqi investitsiyalarni jalb qilish, tadbirkorlarni qoʻllab quvvatlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ragʻbatlantirish va shu kabi boshqa islohotlar natijasida har yili minglab yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda. Bu oʻz navbatida oʻta dolzarb muammo hisoblangan aholi, avvalambor yoshlar bandligini taʼminlash imkonini bermoqda.

 Maʼlumki, 2017-yil 24-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va shu yilning 12-sentyabr sanasida “Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilinib, aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga koʻtargan edi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori asosida ishsiz aholini bosqichma-bosqich jamoat ishlariga jalb etish rejasi tasdiqlandi.

Ushbu qonunchilik hujjatlari ijrosi natijasida qishloq va olis tumanlardagi band boʻlmagan fuqarolarni ovul va mahallalarni obodonlashtirish, ariqlarni tozalash, yoʻllar va koʻchalarni taʼmirlash va shu kabi boshqa haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish orqali aholi bandligi taʼminlanib, oilalarga qoʻshimcha daromad manbalari yaratilmoqda.

Amudaryo tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga joriy yilning yanvar-aprel oylari davomida jami 1752 nafar fuqaro ish soʻrab murojaat qilgan. Boʻlim tomonidan 1453 nafar fuqaroga doimiy ishlash uchun, 241 nafar fuqaroga esa jamoatchilik asosida ishlash uchun yoʻllanmalar berilgan. Bugungi kunda jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolarning 126 nafari ish yurituvchi, 112 nafari esa obodonlashtirish xodimi vazifasida faoliyat yuritmoqda. Ularning ish haqlari belgilangan tartibda Jamoat ishlari jamgʻarmasi tomonidan toʻlab kelinmoqda.

Amaldagi tartibga koʻra, vaqtincha ishsiz fuqarolar jamoat ishlariga jalb etilganda bajargan ishi uchun rasman maosh olishadi. Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga byudjet tashkilotlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan jalb qilingan ishsiz va band boʻlmagan shaxslarga ish haqining 100 foizi, boshqa tashkilotlar, tadbirkorlik subʼektlari, nodavlat tashkilotlari tomonidan jalb qilingan shaxslarga esa ish haqi 50 foizi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Shuni taʼkidlash lozimki, jamoat ishlari – tashkilotlar, xoʻjaliklar va muassasalarda yuqori malaka talab qilmaydigan va mavsumiy, vaqtinchalik, haq toʻlanadigan ishlar hisoblanadi. Jamoat ishlari mavsumiy, hududiy yoki aholining alohida toifalarini qamrab olgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etiladi. Jamoat ishlari aksariyat hollarda vaqt jihatidan qisqa davom etib, alohida ixtisoslikni talab qilmaydi.

Ish bilan taʼminlanmagan va jamoat ishlarida mehnat qilish istagidagi fuqarolar ish soʻrab Amudaryo tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga murojaat etishlari mumkin. Boʻlim tomonidan doimiy tashkil qilib kelinayotgan boʻsh ish oʻrinlari “Mehnat yarmarkasi” ham aholi bandligini taʼminlashda muhim omil boʻlib kelmoqda.

Shahrimiz va koʻchalarimiz ozodaligi yoʻlida mehnat qilayotgan yutdoshlarimizga quch-quvvat tilaymiz. Ularning ogʻir mehnatlari sabab atrof-muhit obod va tabiatimiz koʻrkam qiyofa kasb etayapti.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026