16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 11:41
Qishloq xoʻjaligi 👁 379

Tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida yangi zahiralarni ishga solish mavzusida koʻrgazmali seminar oʻtkazildi

Tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida yangi zahiralarni ishga solish mavzusida koʻrgazmali seminar oʻtkazildi

Oilalar iqtisodini va aholi turmush farovonligini yuksaltirish masalasi bugungi kunda nafaqat har bir oila sohibining zimmasidagi, balki davlat ahamiyati darajasidagi eng dolzarb vazifaga aylandi. Bu borada mamlakatimizda zarur qonuniy asoslar yaratilgan. Xususan, aholiga dehqonchilik qilish, oilasi ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlarni yetishtirish va shu orqali oʻzini oʻzi band qilish tamoyili asosida uzoq muddatga yerlarni ijaraga berish, tomorqa xoʻjaligida chorva mollari, qoʻy, echki boqish hamda asalarichilik va parrandachilik bilan shugʻullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi “Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida yangi zahiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi Qarori aholi farovonligini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlarni yanada yaxshi va ijobiy tomonga yoʻnaltirishda muhim turtki boʻldi.

Ushbu Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi tomonidan fuqarolar yigʻinlari masʼullari bilan hamkorlikda samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Unga koʻra, joriy yil uchun aniq reja ishlab chiqilib, tumandagi 30 ta ovul va mahallalarning har biridan 10tadan, tuman boʻyicha jami 300ta xonadonni parrandachilikka ixtisoslashtirish choralari koʻrildi hamda ushbu xonadonlarga mahalliy inkubatorlarda yetishtirilgan parranda joʻjalari yetkazib berildi.

Shunisi eʼtiborga molikki, Amudaryo tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi xodimlari tomonidan ayni paytda fuqarolar yigʻinlari masʼullari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan manzilli rejaga asosan Prezident Qarorida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, kelgusi yillarda tuman boʻyicha 26 ming 557 ta xonadonni parrandachilikka ixtisoslashtirish va shu orqali ularning bandligini, farovonligini taʼminlash maqsadida roʻyxat shakllantirilmoqda.

Joriy yilning 5-iyun sanasida tumanning Doʻrman ovulida boʻlib oʻtgan “Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab- quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida yangi zahiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori ijrosiga bagʻishlangan seminar Kengashida ham ishtirokchilar tomonidan aholi farovonligini oshirish, ularning ish bilan bandligini taʼminlashda tomorqa xoʻjaligi imkoniyatlari juda muhim ahamiyatga egaligi qayd etildi.

Seminarda ishtirok etgan Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi boʻlim boshligʻi Zayniddin Fayzullayev hamda Kengash xodimi Ilhom Soliyevlar xonadonlarni parrandachilikka ixtisoslashtirish orqali tomorqa xoʻjaligini rivojlantirish istiqbollari xususida soʻz yuritdilar. Ayniqsa, tomorqalarda takroriy ekinlar ekish, xususan, makkajoʻxori, suli, arpa, shuningdek, boshqa dukkakli va ildiz mevali ekinlar ekish parrandachilikda juda asqotishini taʼkidladilar.

Seminar-kengashda Amudaryo tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi xodimlari, fuqarolar yigʻinlari raislari, hokim yordamchilari “Tomorqa xizmati” MChJ rahbarlari hamda Doʻrman ovuli hududidagi tomorqa yer egalari oʻzaro fikr va tajriba almashdilar hamda masʼullarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

Xususan, takroriy ekinlarning turlari, ularni parvarishlash, parrandalar uchun oziqlik darajalari, shuningdek, takroriy ekin sifatida tanlanadigan sabzavotlarning tezpishar va serhosil navlari yuzasidan berilgan savollarga soha masʼullari batafsil maʼlumotlar taqdim etdilar.

Seminar yakunida ishtirokchilar Doʻrman ovulidagi namunali tomorqa yer egalarining tajribalari bilan yaqindan tanishdilar.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026