16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:58
Jamiyat 👁 297

Amudaryo tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Amudaryo tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Bugungi kunda aholini ish bilan taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish, qonuniy mehnat faoliyatiga jalb etish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Mamlakatimizda sohaga doir belgilangan vazifalar tizimli ravishda bajarilib, aholi, ayniqsa, yoshlarni ish bilan band qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Amudaryo tumani Kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligiga koʻmaklashish boʻlimi tomonidan doimiy tashkil qilib kelinayotgan mehnat yarmarkalari natijasida koʻplab ishsiz fuqarolar ish bilan taʼminlanyapti.

Joriy yilning 6-iyun kuni oʻtkazilgan boʻsh ish oʻrinlar mehnat yarmarkasi tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bantlikka koʻmaklashish boʻlimi binosida Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi hamda tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya boʻlimi bilan hamkorlikda tashkil qilindi. Mazkur mehnat yarmarkasida tegishli mutasaddilar hamda ish bilan band boʻlmagan aholi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi Rashid Salayev ochdi va olib bordi. U oʻz soʻzida mamlakatimizda aholi bandligiga koʻmaklashish, aholini ish bilan taʼminlash hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish borasida olib borilayotgan islohatlar xususida toʻxtaldi.

Shuningdek, soʻzga chiqqan masʼullar tomonidan soʻnggi yillarda aholi bandligini taʼminlash yoʻlida joriy etilgan yangi mexanizmlarning natijadorligi, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilishda qulay shart-sharoitlar yaratilayotgani, joylarda tegishli masʼullar tomonidan yoshlarning mavjud muammolari hal qilinib, bandligini taʼminlash borasida qator amaliy ishlar qilinayotgani alohida qayd etildi.

Mazkur yarmarkada tumanimizda faoliyat yuritayotgan 29 ta korxona va tashkilotlar jami 300dan ziyod boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi. Mehnat yarmarkasiga tuman hududida istiqomat qiluvchi ishsiz fuqarolar, jumladan, aliment boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan hamda jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan aholi vakillari, shuningdek, ishsiz yoshlar va bandligi taʼminlanmagan oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilari tashrif buyurdi.

Mehnat yarmarkasida 50dan ortiq mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolar ishtirok etishdi. Ularning 21 nafari doimiy ishga joylashtirilgan boʻlsa, 4 nafar yoshlar haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi. Shuningdek, kasbga oʻqitish hamda mehnat qonunchiligiga doir masalalar yuzasidan 9 nafar fuqaroga maslahatlar berildi.

Bundan tashqari, Toʻlqin ovulida tashkil etilgan tikuvchilik yoʻnalishi boʻyicha qayta kasbga tayyorlov oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan 10 nafar fuqaroga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Bu kabi mehnat yarmarkalarida aholinining ishsiz qatlami, ayniqsa yoshlar va ayollarning bandligi taʼminlanishiga, ularning daromad topishiga koʻmaklashish va turmush sharoitini yaxshilash imkonini beradi. Natijada jamiyatda ishsizlik kamayib, koʻplab koʻngilsiz holatlarning oldi olinishi mumkin.

Tadbir davomida masʼullar tomonidan fuqarolarning mehnat qonunchiligiga doir barcha savollariga tegishli javoblar qaytarildi hamda ishga joylashish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Rashid Salayev, tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019