16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:58
Fan va taʼlim 👁 373

Joriy yilda tumanimizdagi 44-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotini 75 nafar tarbiyalanuvchi tamomladi

Joriy yilda tumanimizdagi 44-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotini 75 nafar tarbiyalanuvchi tamomladi

Uzluksiz taʼlim tizimining poydevori hisoblangan maktabgacha taʼlim sohasi bolajonlarni har tomonlama sogʻlom va barkamol qilib tarbiyalash va maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati rivojlanadi hamda insoniy fazilatlari shakllanadi. Amudaryo tumanining Qum yop mahallasi hududidagi 44-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlari ham mahalla bolajonlarining sogʻlom va barkamol boʻlib ulgʻayishlari yoʻlida bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqdalar.

Joriy yilda mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotini 75 nafar tarbiyalanuvchi tamomladi va 8-iyun kuni bolajonlarni maktabga kuzatish munosabati bilan “Xayr, bogʻcham – salom, maktab!” tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Zamira Saparova, 39-sonli maktab direktori Said Durdiboyev, maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Aynur Rahmanova va bolajonlar, ularning bobo-buvilari hamda ota-onalari ishtirok etishdi. Tadbirga tarbiyachi Latofat Bobojonova boshlovchilik qildi.

Dastlab Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining Davlat madhiyalari yangradi. Shundan keyin Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Zamira Saparova tadbirni ochdi va barcha bolajonlarning kelgusi maktab taʼlimida aʼlo baholarga oʻqishlariga tilakdosh boʻldi.

Tadbirda soʻz olganlar soʻngi yillarda mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilgan islohatlar, bogʻcha taʼlimining ahamiyati toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtishdi. Qum yop mahallasidagi 39-sonli maktab direktori Said Durdiboyev oʻz soʻzida bolajonlarga keyingi oʻquv yilidan muqaddas dargoh – maktab ostonasiga qadam qoʻyishlari munosabati bilan omad va muvaffaqiyatlar tilab, maktabda bir-biridan qiziqarli fanlarni qunt bilan oʻrganishlari zarurligini taʼkidladi. Haqiqatdan ham bogʻchada tarbiyalangan bola maktab taʼlimini oʻzlashtirish davomida boshqa oʻquvchilardan ziyrakligi bilan ajralib turadi.

“Xayr, bogʻcham – salom, maktab!” tadbirida bolajonlar oʻtgan davr davomida oʻrgangan bilimlarini mehmonlarga namoyish etishdi. Bolajonlar baxtli bolalik, ona Vatan, maktab, bogʻcha haqidagi oʻzbek, rus va ingliz tillarida yod olgan sheʼrlarini ifodali oʻqishdi. Shuningdek, shoʻx qoʻshiqlarga hamohang tarzda guruh raqslarini ijro etishdi. Tadbirda jam boʻlgan barcha ishtirokchilar ularni qarsaklar bilan olqishlashdi.

Ayniqsa, bolajonlarning onalari va buvilari ishtirokida oʻrkazilgan savol-javob oʻyinlari tadbirga koʻtarinki ruh bagʻishladi. Mazkur savollar bolajonlarning qiziqishlari, sevimli mashgʻulotlari, yaqin doʻstlarining ismlari, yaxshi koʻrgan taomlari va shunga oʻxshash mavzularda tuzilganligi bilan oʻyin ishtirokchilarining farzandi haqida qanchalik koʻp maʼlumot bilishlarini sinovdan oʻtkazdi.

Shu oʻrinda aytish joizki, 44-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 1982-yilda qurilgan va “Obod mahalla” dasturi asosida 2022-yilda qayta taʼmirlanib, bugungi kunda zamonaviy qiyofa kasb etgan. Hozirda bogʻchaning asosiy binosida 194 nafar tarbiyalanuvchi shinam-yorugʻ xonalarda, qulay shart-sharoitlarda tarbiya qilinyapti. Qoʻshimcha ravishda hududdagi 74-sonli maktabda qisqa guruhlar tashkil etilishi natijasida u yerda 110 nafar tarbiyalanuvchi taʼlim bilan qamrab olingan. Mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotida jami 60 nafar xodim faoliyat yuritadi. Shulardan 24 nafarini pedagoglar tashkil qiladi.

2023-yilda muassasa tarbiyachisi Sarbinaz Jabbarbergenova “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2023” koʻrik tanlovida ishtirok etib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Darhaqiqat, bolaning kelajagi bogʻchadan, unga berilayotgan eʼtibordan boshlanadi. Uning jamiyatga tez moslashishi, muloqot koʻnikmalarining shakllanishi va teran tafakkur qila olishi uchun ham bogʻcha va undagi taʼlimning ahamiyati nihoyatda beqiyos.

Unutilmas lahzalarga boy oʻtgan tadbir nafaqat kichkintoylarga, balki ota-onalarga ham nihoyatda manzur boʻldi.

Aynur Raxmanova, 44-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019