16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:54
Fan va taʼlim 👁 316

Amudaryo tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan 2023-2024 oʻquv yili yakuniga bagʻishlangan “Yil sarhisobi” tadbiri oʻtkazildi

Amudaryo tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan 2023-2024 oʻquv yili yakuniga bagʻishlangan “Yil sarhisobi” tadbiri oʻtkazildi

Amudaryo tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyatini boshlagan ilk yillardan buyon tumanimiz yoshlarining sevimli manziliga aylangan. Bugungi kunda maktabda “Madaniyat va sanʼat”, “Texnika, konstruktorlik va modellashtirish”, “Jismoniy tarbiya va sport”, “Xunarmandchilik va qoʻl mehnati”, “Turizm va ekologiya”, “Oliy taʼlim muassasalari va maktabga tayyorlov” hamda “Chet tillari” kabi toʻgaraklar mavjud boʻlib, mazkur toʻgaraklarda jami 1668 nafar oʻquvchi-yoshlar maktab taʼlimidan tashqari qiziqishlariga koʻra bilim olishyapti. Bolalar boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun maktabda barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Yaqinda Mangʻit shahridagi Madaniyat va istirohat bogʻida tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan 2023-2024 oʻquv yili yakunlanishi munosabati bilan “Yil sarhisobi” nomli tadbir tashkil etildi. Shuningdek, shu kuni tuman va mamlakat miqyosida oʻtkazilgan koʻrik-tanlovlarning gʻoliblari boʻlgan “Estrada-vokal” toʻgaragi aʼzolaridan iborat “Shox bolalar” jamoasi tashkil topganining 10 yilligi ham nishonlandi.

Tadbirda “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori, toʻgaraklarning rahbarlari, oʻquvchi-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Tadbirni maktab direktori Xonimjon Rajabova ochib, oʻtgan oʻquv yili davomida erishilgan yutuqlar haqida, “Barkamol avlod” bolalar maktablarining oʻsib kelayotgan yosh avlod taʼlim-tarbiyasida tutgan oʻrni xususida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shundan keyin toʻgarak aʼzolarining tadbir uchun tayyorlagan chiqishlariga navbat berildi. “Estrada-vokal” toʻgaragi aʼzolaridan iborat “Shoʻx bolalar” jamoasining iqtidorli oʻquvchilari tomonidan begʻubor yoshlik, ona Vatan, qadrdon maktab madhi tarannum etilgan shoʻx qoʻshiqlar ijro qilindi. Bu qoʻshiqlarda bolalarning begʻubor tuygʻulari, orzu-istaklari, oʻz ifodasini topgan. Shuningdek, milliy liboslarga burkangan “Milliy raqs” toʻgaragi aʼzolari boʻlgan qizlar ijrosidagi guruh raqslari ham mehmonlar koʻngliga zavq ulashdi. Milliy libos va milliy qoʻshiqlar uygʻunligi xalqimizning oʻlmas qadriyatlarini oʻzida aks ettirdi. Tomoshabinlar yoshlarni qoʻllab, ular bilan birgalikda kuylashdi va davomli qarsaklar bilan olqishladilar.

Tabir yakunida 2023-2024 oʻquv yili davomida mashgʻulotlarga doimiy qatnashgan 867 nafar oʻquvchilarga guvohnomalar topshirildi. Maktab direktori Xonimjon Rajabova tomonidan “Barkamol avlod” bolalar maktabining faxriga aylangan “Shoʻx bolalar” jamoasining isteʼdodli yoshlari eʼtirof etilib, yosh sanʼatkorlar estadik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Maʼlumot oʻrnida aytishimiz joizki, oʻtgan oʻquv yili davomida maktab oʻquvchilari qator yutuqlarni qoʻlga kiritdi. Xususan, joriy yilning 21-may kuni “Boysun bahori” bolalar folklori koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida “Estrada-vokal” toʻgaragi aʼzolaridan iborat “Shoʻx bolalar” jamoasi faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Maktabning “Biologiya” toʻgaragi aʼzolari boʻlgan Gulruh Endirboyeva biologiya fanidan va Sarvinoz Najmaddinova kimyo fanidan “Barkamol avlod” laureati” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli 2-oʻrinni egalladilar. Shuningdek, maktabda oʻtkazilayotgan har xil tadbirlarda oʻquvchilar faol ishtirok etib, oʻz isteʼdodlarini namoyon qilishyapti.

“Yil sarhisobi” tadbirida ishtirok etgan ota-onalar “Barkamol avlod” bolalar maktabida farzandlarining isteʼdodi kamol topayotganligini koʻrib mamnun boʻlishdi va toʻgarak rahbarlariga oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi. Fursatdan foydalanib, tumanimizdagi barcha yoshlarni maktabda tashkil qilingan toʻgaraklarga taklif qilib qolamiz.

Shokirjon Xudoyberganov, “Barkamol avlod” bolalar maktabi uslubiy boʻlim boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019