17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 03:15
Jamiyat 👁 338

Yoshlar hayotiga oʻzgarishlar olib kirayotgan yetakchi

Yoshlar hayotiga oʻzgarishlar olib kirayotgan yetakchi

Bugungi kunda “Mahalla yettiligi” aʼzolari zimmasidagi vazifalar koʻlami yanada kengaygan. Aholining ish bilan bandligini taʼminlash borasidagi natijalar, amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar oʻz-oʻzidan boʻlayotgani yoʻq. Bu kabi ishlarni amalga oshirishda muammoli masalalarga aloqador tashkillotlar bilan samarali hamkorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Doʻrman ovul fuqarolar yigʻinida faoliyat olib boruvchi “mahalla yettiligi” aʼzolari ham ana shunday hamkorlik tufayli ovul ahli hayotiga oid muammolarni joyiga chiqqan holda ijobiy hal etishga erishmoqdalar. Bu borada OFY yoshlar yetakchisi Baxtinur Jumamurodov hamisha faol. Baxtinurning OFYda yoshlar yetakchisi sifatida oʻz faoliyatini boshlaganiga hali koʻp vaqt boʻlgani yoʻq. Shunday boʻlsa-da u oʻzining tashabbuskorligi, qilayotgan ishiga nisbatan chuqur masʼuliyat bilan yondashishi tufayli nafaqat ovul yoshlari, balki hamqishloqlarining hurmati va ishonchini qozona oldi.

Atrofimizda shunday insonlar bor: bilimdon, oʻz sohasining ustasi lekin ana shu bilim va salohiyatini amalda namoyon qilishga, boshqalarni ham bilim va tajribasidan bahramand etishga kelganida nihoyatda sust, oʻzidan narini koʻrmay yashashadi. Yana bir toifa insonlar ham borki, uddaburon, tashabbuskor, oʻzidagi bor iqtidor va qobiliyatini ishga solishda oʻta qatʼiyatli, jamiyatimizda roʻy berayotgan yangilik va oʻzgarishlarni xalq hayotiga joriy etishda fidoyi. Nazarimda Doʻrman ovul fuqarolar yigʻini yoshlar yetakchisi Baxtinur Jumamurodov ana shunday fidoyilardan.

Baxtinurning yoshlar yetakchisi sifatida bajaradigan ishlar koʻlami “Mahalla yettiligi” aʼzolarinikidan koʻp boʻlsa koʻpki, kam emas. Chunki ovul yoshlarining oʻzlariga yarasha orzu-niyatlari, shu bilan birga muammolari ham bisyor. Shu bois, Baxtinur “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda bajariladigan ishlar rejasidan tashqari yon daftariga ovul yoshlari hayotiga doir yechimini kutayotgan muammolarni qayd etib borishni aslo kanda qilmaydi va ularni tizimli ravishda hal etish choralarini koʻradi.

Uning nazaridan bironta yosh chetda qolmaydi. Birining muammosini hal etib, hayotiga yaxshilik, ijobiy oʻzgarishlar olib kirganidan, yana birining hayotda erishgan yutuqlaridan quvonadi. Yoshlarning ish bilan bandligini taʼminlash esa yoshlar yetakchisining doimiy diqqat markazida. Faqat joriy yilning oʻzida 14 nafar yoshga e-auksion elektron savdo platformasi orqali 30-yil davomida ekib, foydalanishlari uchun ijaraga yer olib berildi. Shaxsiy tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan 4 nafar yoshga ovuldagi hokim yordamchisining koʻmagi bilan imtiyozli kredit mablagʻi olib berilishida bosh-qosh boʻldi.

“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikdagi uyma-uy yurib oʻrganishlar, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar natijasida yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami roʻyxati shakllantirildi. Unga koʻra, 12 nafar talaba-yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilib, ularning ijtimoiy ahvolini yaxshilash choralari koʻrildi. Natijada 12 nafar talaba-yoshlarning toʻlov-shartnoma mablagʻlarining bir qismi qoplab berildi. 1 nafar yoshning esa safarbarlik chaqiruv rezervi uchun badal puli toʻlanishida yordam koʻrsatildi. “Yoshlar daftari” roʻyxatiga kiritilgan yana 2 nafar yoshning bandligini taʼminlash maqsadida ularga hokim yordamchisi bilan birgalikda subsidiyalar ajratish choralari koʻrilmoqda.

Baxtinur ovul yoshlari orasiga kirib borgani sari uning yon daftaridagi shaxsiy ish rejalari boʻyicha qaydlar ham koʻpayib boraveradi. Ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarning ovul yoshlari oʻrtasidagi ommaviyligini taʼminlash maqsadida madaniyat va sanʼat targʻiboti, sogʻlom turmush tarzi va sportni ommalashtirish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, kitobxonlikni keng ommalashtirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va savodxonligini oshirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishlarida oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga yoshlarni toʻliq qamrab olishni oʻzining burchi deb bilgan Baxtinur Jumamurodovning hayoti ovul yoshlari hayoti bilan chambarchas bogʻlanib ketgan.

— Ovulimiz yoshlari intiluvchan, bilimga chanqoq, – deydi Baxtinur mamnuniyat bilan. – Agar axborot texnologiyalari yoʻnalishida zarur sharoitlarni yaratib bersak, ularning orasidan kuchli IT mutaxassislari yetishib chiqadi.

Ovulda tez-tez yoshlar orasida oʻtkazilib turiladigan kiber sport oʻyinlari tobora ommalashib bormoqda. Yaqinda boʻlib oʻtgan ana shunday kiber sport musobaqalarida 25 nafar yoshlar ishtirok etishdi. “Besh muhim tashabbus” doirasidagi tadbirlarda esa 346 nafar yoshlar qatnashib, ular oʻrtasida madaniyat va sanʼat, kitobxonlik, axborot texnologiyalari, huquqiy savodxonlikni oshirish, xorijiy tillarni oʻrganish, vatanparvarlik gʻoyalari keng targʻib qilindi. “Kitobxon oʻquvchi”, “Xorijiy tillar bilimdoni” yoʻnalishlaridagi tanlovlarda salkam 100 nafar yoshlar ishtirok etishib, oʻz bilimdonliklarini amalda namoyon etdilar.

Baxtinur Jumamurodovning ish kunlari deyarli har kuni ovul yoshlarining hayoti bilan chambarchas, xayrli tashvishlar, ezgu niyatlar bilan oʻtadi. Bu xayrli tashvishlar, ezgu niyatlarda doʻrmanlik yoshlarning kelajakka boʻlgan ishonch va orzulari mujassam. Zero, orzular ogʻushidagi hayot tarzida oʻzgarish va yangilanishlar boʻladi. Bu Doʻrman qishlogʻining betakror va goʻzal tabiatida, qishloq yoshlarining intilishlarida, biri-biridan obodon va sarishta xonadonlar, bogʻlarga burkangan koʻchalar qiyofasida aks etib turibdi. Ana shu oʻzgarishlarda, yangilanishlarda doʻrmanlik yoshlarning va OFY yoshlar yetakchisi Baxtinur Jumamurodovning ham hissasi bor.

Fursatdan foydalanib, Baxtinur kabi fidoyi yoshlarni, ovul va mahallalardagi tashabbuskor yoshlar yetakchilarini 30-iyun – Yoshlar kuni bilan tabriklab, ularning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilaymiz!

Robiya Yoʻldosheva

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026