16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:31
Iqtisodiyot 👁 398

Elektromontyorlar faoliyatida mehnat muhofazisini kuchaytirishga doir amaliy seminar tashkil qilindi

Elektromontyorlar faoliyatida mehnat muhofazisini kuchaytirishga doir amaliy seminar tashkil qilindi

Bugun zamon shiddat bilan rivojlanib, vaqt oʻtgani sayin hayotimizga koʻplab yangiliklar kirib kelyapti. Kundalik turmushimiz va ish faoliyatimizni texnikalardan, ayniqsa elektr energiyasidan ayro holda tasavvur qilishimiz qiyin. Hatto elektr tarmogʻidagi qisqa uzilishlar sabab belgilangan rejalarimiz oʻz vaqtidan kechikib qolishi mumkin. Istemolchilarni doimiy va uzluksiz ravishda elektr energiyasi bilan taʼminlash, qurilmalarda yuzaga kelayotgan nosozliklar va avariyali holatlarni tezkorlik bilan xavfsiz bartaraf etishda soha xodimlarining yuqori bilim va tajribalari muhim ahamiyatga ega.

“Hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyati Qoraqalpogʻiston hududiy filiali tomonidan Amudaryo tumanida elektromontyorlarning malakalarini tekshirish va oshirib borish maqsadida belgilangan tartibda amaliy seminarlar oʻtkazib kelinadi.

Joriy yilning 21-iyun kuni tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan tashkil etilgan “Xavfsizlik texnikasi” amaliy seminarida Nukus shahri va Amudaryo, Toʻrkul, Qoʻngʻirot, Taxtakoʻpir tumanlari elektr taʼminoti korxonasi xodimlaridan tarkib topgan elektromontyor jamoalari mahoratlarini namoyish qilishdi.

Tadbirda tuman hokimining oʻrinbosari Bahodir Ernazarov, elektr taʼminoti korxonasi xavfsizlik boʻyicha muhandislari Shavkat Xolimbetov, Kazbek Fazilbekov hamda sohada uzoq yillik tajribaga ega boʻlgan usta-montyorlar ishtirok etishdi.

Dastlab tadbir avvalida muhandislar tomonidan elektromontyorlarga mehnat muhofazisini kuchaytirish, baxtsiz hodisalarning oldini olish va eksplutatsiya ishlarini xavfsiz bajarish choralarini koʻrishga doir zarur koʻrsatmalar berildi. Shuningdek, ish jarayonida jarohatlanishning oldini olish maqsadida himoya vositalarining yaroqlilik yoʻriqnomalari tekshirilib, ularni amalda samarali qoʻllash tartibi ham tushuntirib oʻtildi.

Har qanday sohada asbob-anjomlarning sozligi mehnat unumdorligini oshiradi. Bu qoida ayniqsa, elektromontyorlar faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Chunki ularning ish faoliyati yuqori kuchlanishga ega boʻlgan elektr energiyasiga bogʻliq ravishda amalga oshirildi. Ish jarayonida maxsus asbob-anjomlarning talabga javobga bermasligi, shoshma-shosharlik va beparvolik koʻngilsiz oqibatlarga sabab boʻlishi mumkin. Shu sababli soha xodimlaridan shaxsiy masʼuliyat va ziyraklik talab qilinadi.

Seminar davomida xavfsizlik muhandislari va usta-montyorlar tomonidan xodimlarning asbob-uskunalari va maxsus ish kiyimlarining holati roʻyxat asosida tekshirilib, yosh elektromontyorlarga ish qurollarini tartibli saqlash va ulardan samarali foydalanishga doir amaliy tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, faqulodda holatlarda ish jarayonini xavfsiz tashkil etish va ayrim uskunalardan qanday foydalanish kerakligi tushuntirildi.

Shundan keyin, amaliy mashgʻulot poligonida elektromontyorlar oʻrtasida ekspluatatsiya ishlarini bajarish tadbirlariga navbat berildi. Barcha jamoalar temir-betonli ustunlarga chiqib, nosozlikni bartaraf etish, yuqori kuchlanishni yerga yoʻnaltirish, elektr simlarini bir manzildan ikkinchi manzilga yoʻnaltirish va sohaga doir shu kabi mashgʻulotlar orqali sinovdan oʻtkazildi. Ishtirokchilar belgilangan qoidalar asosida maxsus shartlarni bajarish davomida shaxsiy tajribalarini namoyish etishdi.

Maʼlumot oʻrnida aytishimiz joizki, tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan elektr energiyasidan samarali foydalanib texnik yoʻqotishlarni kamaytirish, elektr energiyasini iqtisod qilish va isteʼmolchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida bir qator vazifalar amalga oshirildi. Xususan, kuz-qish mavsumi davomida avariyali holatlarning oldini olish maqsadida 56 dona transfortmator punktlari va 177 kmdan ortiq havo elektr tarmogʻida mukammal taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan boʻlib, shundan 24 dona transformator punktlari va 76 kmdan ortiq havo elektr tarmogʻida belgilangan vazifalar sifatli bajarildi. Bundan tashqari 48 dona ishga yaroqsiz tayanch ustunlar yangilariga almashtirildi.

Yana shuni taʼkidlashimiz joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari asosida 9 dona transformator punktlarini hamda 23 kmdan ortiq elektr uzatish tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunga qadar 4 kmga yaqin zamonaviy SIP kabel tarmogʻi tortildi. Shuningdek, avariyali holatlarni qisqa fursatlarda bartaraf etish uchun maxsus brigada tuzilib, qoʻshimcha zahira materiallari va avtotransport vositalari soz holatga keltirildi.

Elektromontyorlar oʻrtasida xavfsizlik mohafazini kuchaytirishga doir tashkil qilinayotgan bu kabi seminarlar soha xodimlarining bilim va malakalarini oshirishi bilan ham ahamiyatli hisoblanadi. Zero, har qanday ishda xavfsizlik qoidalariga amal qilish orqali koʻngilsiz voqealarning oldini olib, yaxshi natijalarga erishiladi.

Jasur Salayev, Amudaryo tumani elektr taʼminoti korxonasi rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019