16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:54
Fan va taʼlim 👁 328

Oʻyinlarga asoslangan yangicha metodlar bogʻcha yoshidagi bolalar bilan ishlashda samaradorlikni oshiradi

Oʻyinlarga asoslangan yangicha metodlar bogʻcha yoshidagi bolalar bilan ishlashda samaradorlikni oshiradi

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda har xil oʻyinlar va qiziqarli mashqlardan foydalanib, muloqot qurish muhim ahamiyatga ega. Bola bu davrda oʻrganganlarini faol oʻzlashtiradi va nutqida qoʻllashga harakat qiladi. Tarbiyalanuvchilar bilan mashgʻulotlarni oʻyin shaklida tashkil etish nafaqat ularning nutqini ravonlashtiradi, balki eshitish va eslab qolish koʻnikmalarini ham rivojlantiradi. Tarbiyachi taʼlim faoliyatida guruhdagi har bir bola ishtirokiga alohida eʼtibor qaratishi zarur. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan samarali ishlash uchun bir qator qiziqarli oʻyin va uslublar mavjud.

Xususan, alifbodagi bir-biriga oʻxshash harflar bilan boshlanadigan soʻzlarni topishga asoslangan “Oʻzingni top” oʻyini bolalarda nutqiy ravonlik bilan bir qatorda tovushlarni farqlash va hozirjavoblik koʻnikmalarini ham rivojlantiradi. “Kim chaqqon” oʻyini esa bolalarning chaqqanligini oshiradi. Bu oʻyinda ishtirokchilarga S, A, T harflari bilan tugaydigan soʻzlarni topish vazifa qilib beriladi. Kim tezroq va koʻproq soʻz aytsa, oʻsha ishtirokchi gʻolib hisoblanadi.

Bolalarning diqqatini rivojlantirishda “Qaysi soʻz adashib qoldi?” oʻyini muhim ahamiyatga ega. Bu oʻyin shartiga koʻra, tarbiyachi ketma-ketlikda gaplarni oʻqiydi. Ayrim jumlalarda soʻzlar almashib qolgan boʻladi. Bolalardan esa qaysi soʻz xato qoʻllanganini aniqlash talab qilinadi. Masalan, baliq suvda yuryapti. Aslida baliq suvda yurmaydi, u suzadi. Bolalar gapdagi xatoni topib, toʻgʻri tartibda aytishi kerak. Qushlar yozda uzoq oʻlkalarga uchib ketadilar. Ishtirokchilar qushlar kuzda issiq oʻlkalarga uchib ketishini aytib, gapdagi xatoni toʻgirlaydi.

“Yangi soʻz top” oʻyini bolalarning soʻz boyligini oshiradi. Bu oʻyinda tarbiyachi bir soʻz aytadi. Bolalar esa oʻsha soʻz ishtirokida yangi soʻz topishi kerak. Masalan, uy-uycha, atir-atirgul, lola-lolaqizgʻoldoq kabi yangi soʻzlar yasaydi.

Bolalarning tezkor fikrlashini shakllantirishda “Tezroq ayt” oʻyinidan foydalanish yaxshi samara beradi. Bu oʻyinda tarbiyachi meva, sabzavot, hayvonlar va hasharotlar kabi guruhlarga mansub narsalarni soʻraydi. Bolalar esa ularga mos nomlarni tezkorlik bilan topib aytishi kerak.

“Davom ettir” oʻyini bolalarning tasavvur va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantiradi. Oʻyin shartiga koʻra tarbiyachi biror soʻz aytadi va bolalar oʻsha soʻzning qaysi guruhga mosligini, shu soʻz nimani ifodalashini tushuntirib beradi. Misol uchun, bodring – sabzavot, yashil rangda, uni yeyishdan oldin yuvish kerak.

Qiziqarli oʻyinlarning yana biri “Oʻxshashini top” deb nomlanadi. Bu oʻyinda tarbiyachi ishtirokchilarga xuddi oydek dumalogʻini top, xuddi loladek qizilini top, xuddi qordek oppogʻini top, deb vazifa beradi. Bola esa aytilgan soʻzlarga oʻxshash narsa va nomlarni topadi. Bu oʻyin orqali ularda izlanuvchanlik va fikrlash qobiliyati shakllanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga mantiqiy fikrlashni oʻrgatishda “Solishtirib koʻr” oʻyini yaxshi samara beradi. Oʻyin shartiga koʻra, bolalar mevalar, hayvonlar, buyumlar va shunga oʻxshash narsalarning bir-biridan farqli jihatlarini topishi kerak. Masalan, limon va olma. Limon nordon, olma esa shirin. Chumoli va fil. Chumoli kichkina, fil esa katta hisoblanadi. Shuningdek, bolalarning mantiqiy fikrlashini “Ortiqchasini izla” oʻyini ham rivojlantiradi. Bu oʻyinda tarbiyachi bir nechta soʻzlarni oʻqiydi. Bolalardan esa ushbu soʻzlar orasidan ortiqchasini topish va nima uchun ortiqcha ekanligini izohlab berish soʻraladi. Masalan, qizil, sariq, yashil, katta. Bunda oldingi uchta soʻz rang nomini, oxirgi soʻz esa hajmni ifodalaydi. Shu sababli katta soʻzi ortiqcha hisoblanadi.

Hozirgi kunda maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda anʼanaviy usullardan foydalanish kutilgan samarani bermaydi. Chunki anʼanaviy metodlar zamonaviy hayotimizda eskirgan hisoblanadi. Bugun bolalar mutlaqo yangi sharoitlarda ulgʻayishmoqda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalanish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning oʻziga xos iqtidorlarini erta aniqlab, rivojlantirishimiz mumkin. Shuning uchun ham taʼlimda yangi metodlarni qoʻllash yaxshi samara beradi.

Salomat Turayeva, Amudaryo tumanidagi 2-sonli DMTT metodisti

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019