16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:06
Fan va taʼlim 👁 337

“A1TECH" IT akademiyasining Amudaryo tumani filiali oʻz faoliyatini boshladi

“A1TECH" IT akademiyasining Amudaryo tumani filiali oʻz faoliyatini boshladi

Bugungi kunda mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish borasida tizimli ishlar qilinmoqda. IT sohasini rivojlantirish va davlat boshqaruvini raqamlashtirish maqsadida hududlarda IT-xizmatlarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratilmoqda.

Prezident tashabbusi bilan IT kompaniyalarining hududlardagi boʻsh turgan binolarga bir yil muddatga bepul joylashtirilishi, iqtidorli dasturchilarga bir yil ichida boʻlib toʻlash sharti bilan kompyuter va texnikalar berilishi, 50dan ortiq IT mutaxassisini ishli qilgan kompaniyalarning bir yil davomidagi ish haqi xarajatining 15 foizgacha qismi qoplab berilishi axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishning davlat siyosatidagi ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligini koʻrsatadi.

Bu borada Amudaryo tumanida ham qator amaliy ishlar qilinmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, sohaga qiziquvchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning qiziqishlari va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish ishlariga joriy yilning 4-iyun sanasidan ish boshlagan “A1TECH” IT akademiyasi Amudaryo tumani filiali jamoasi ham munosib hissa qoʻshishni niyat qilishgan.

Bugungi kunda muassasaning tuman filialida 30 nafardan ortiq yoshlar IT sohasi boʻyicha chuqur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlmoqdalar. Yoshlarga “Java” dasturlash tili, “Android” operatsion tizimi, dasturlash interfeysi va ichki tuzilishi hamda kompyuter savodxonligi yoʻnalishlashlari boʻyicha bilim berilmoqda. Har bir yoʻnalish uchun 2 tadan guruh tashkil etilgan boʻlib, guruhlarga 12 nafardan yoshlar qamrab olinishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, “A1TECH Group” 2009-yilda “A1TECH KIBER KOMPUTERS” MChJ negizida tashkil etilgan. Tashkilot asosan dasturiy taʼminot yaratish va ularni tasarruf etish bilan shugʻullanib kelmoqda. Bundan tashqari, “A1TECH Group” oʻtgan yillar davomida koʻplab veb saytlarni yaratgan. 2014-yildan buyon tashkilot “MUSTAFO SOFTWARE” MChJ nomidan faoliyat yuritmoqda hamda shu qisqa vaqt davomida bir qancha dasturiy taʼminotlarni yaratgan va amaliyotga joriy qilgan. Shuningdek, tashkilot jamoasi biznesni raqamli oʻzgartirish uchun moʻljallangan va uning oʻsishi hamda rivojlanishiga hissa qoʻshadigan IT platformalarini ishlab chiqmoqda.

IT akademiyasining tuman filialida yosh boʻlishiga qaramay, chuqur bilim va salohiyatga ega boʻlgan dasturchilar bilim bermoqdalar. Xususan, “MUSTAFO SOFTWARE” MChJ rahbari Sanʼatbek Masharipov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali “Dasturiy injiniring” kafedrasi mudiri boʻlib, oʻtgan yillar davomida koʻplab sohalarning ish jarayonlarini avtomatlashtirish va yangi startap loyihalarni ishlab chiqish bilan shugʻullanib kelmoqda.

Jumladan, kafe va restoranlarning ish jarayonlarni osonlashtiruvchi “A1Kafe”, ulgurji savdo bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar va ularning savdo agentlari ish jarayonlarini yengillashtiruvchi “A1DEALER”, kasalxona va klinikalar uchun “Hospital management system”, mahsulotlarni boʻlib toʻlash sharti bilan ishlovchi doʻkonlar uchun dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqqan. Hozirgi kunda sunʼiy intellekt tizimlari yoʻnalishida ham ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga qiziquvchi, shu yoʻnalishda bilim olishni xohlovchi yoshlarni "A1TECH" IT akademiyasining Amudaryo tuman filialiga oʻqishga taklif etamiz.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026