16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:05
Jamiyat 👁 316

“Qaldirgʻoch” bolalar yozgi oromgohida “Baxtli bolalik” nomli kontsert dasturi tashkil etildi

“Qaldirgʻoch” bolalar yozgi oromgohida “Baxtli bolalik” nomli kontsert dasturi tashkil etildi

Amudaryolik bolajonlar uchun yozgi taʼtilni yanada qiziqarli va zavqli tadbirlarga boy tarzda tashkil etish ishlariga katta eʼtibor qaratilmoqda. Yoz kunlarini tengdoshlari va yangi doʻstlari davrasida oʻtkazayotgan bolajonlarning quvonchi cheksiz. Bu esa ularning keyingi oʻquv yilini har jihatdan kuchga toʻlib, zavq bilan boshlashlariga xizmat qiladi.

Darhaqiqat, mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, taʼlim sifatini oshirish masalasiga doimiy ravishda eʼtibor qaratib kelinmoqda. Ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning hayotda munosib oʻrin topishlariga koʻmaklashish davlatimizning doimiy eʼtiborida. Bularning bari kelajagimiz vorislari boʻlmish yoshlar uchun yangi imkoniyat eshiklarini ochmoqda.

Ayniqsa, Respublikamizning eng soʻlim manzillarida yosh avlodni sogʻlomlashtirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda salomatligini tiklashga koʻmaklashish maqsadida tashkil qilingan oromgohlar bolalarning yozgi taʼtilni maroqli oʻtkazishlariga xizmat qilyapti.

Amudaryo tumanining Doʻrman ovulidagi 84-sonli maktab binosida faoliyat koʻrsatayotgan “Qaldirgʻoch” bolalar yozgi dam olish oromgohi ham shular jumlasidandir. Oromgohda tashkil etilayotgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar amudaryolik yoshlarga koʻtarinki kayfiyat va ziyo ulashmoqda. Yaqinda tumandagi “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Estrada-vokal” toʻgaragi rahbari Shokirjon Xudoyberganov hamda “Shoʻx bolalar” jamoasi tomonidan taqdim etilgan “Begʻubor bolalik” nomli kontsert dasturi ham oromgoh bolalariga olam-olam quvonch baxsh etdi.

Kontsert dasturi avvalida “Estrada-vokal” toʻgaragi rahbari Shokirjon Xudoyberganov soʻzga chiqib, oromgoh bolalariga taʼtilni maroqli oʻtkazishlariga tilakdosh boʻldi va bugungi kunda “Barkamol avlod” bolalar maktabida faoliyat yuritayotgan toʻgaraklar haqida maʼlumot berib, barcha yoshlarni mazkur maktabga taklif qildi.

Shundan keyin “Shoʻx bolalar” jamoasi yosh ijodkorlarining yakkaxon va guruh chiqishlariga navbat berildi. Yoshlar ijrosida ona Vatan, doʻstlik, bolalik, qadrdon maktab madhi tarannum etilgan shoʻx qoʻshiqlar yangradi. Oromgohda dam olayotgan bolalar tengdoshlari kuylagan qoʻshiqlardan zavqlanib, ularni qarsaklar bilan olqishlashdi.

Baxtli bolalik – inson umrining eng begʻubor, orzu-umidlarga toʻla joʻshqin va haroratli damlaridir. Shubhasiz, bolalarning kulgusi, koʻzlaridagi quvonch butun olamni yoritadigandek goʻyo. Osmoni musaffo, tinch va farovon Vatanimizda bugun farzandlarimiz yorugʻ kelajak uchun dadil harakat qilishmoqda. Sahnadagi yosh xonandalarning chiqishlarini kuzatib, ular ijrosidagi shoʻx qoʻshiqlarni tinglar ekanmiz, bularning barchasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamdagi islohotlarning amaliy natijasi ekanligiga yana bir bor amin boʻlamiz. Zero, bunday bayramona kayfiyat faqat tinch va osoyishda zaminda hukm suradi.

“Qaldirgʻoch” bolalar yozgi dam olish oromgohida taʼlim-tarbiya sifatini, sportning ommaviyligi, kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida ahamiyat qaratilyapti. Dam oluvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun “Besh tashabbus” doirasida tadbirlar tashkil etilyapti. Oromgohda har bir bolaning rivojlanishi, salomatligiga alohida eʼtibor qaratilishi, mashgʻulotlarning qiziqarli oʻtishi esa ularning ham aqlan, ham jismonan sogʻlom boʻlib ulgʻayishlariga zamin yaratmoqda. Xususan, guruhlar oʻrtasida intellektual oʻyinlar, sport musobaqalari muntazam ravishda tashkil etilyapti. Tuman Axborot kutubxona markazi tomonidan oʻtkazilayotgan “Sayyor kutubxona” tadbirlari bolalarni kitoblarga yanada yaqinlashtiryapti.

Tadbir yakunida barcha bolalar qoʻlni-qoʻlga berib, doʻstlik davrasida sevimli oromgohlarini madh etuvchi qoʻshiqlarni birgalikda kuylashdi. Darhaqiqat, bunday madaniy-maʼrifiy tadbirlar, kontsert dasturlari madaniy hordiq chiqarish bilan bir qatorda yoshlarning begʻubor qalbiga doʻstlik tuygʻularini ham olib kiradi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019