16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:57
Jamiyat 👁 258

Haydovchilarning mast holda transport vositalarini boshqarishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida reyd tadbirlari tashkil etildi

Haydovchilarning mast holda transport vositalarini boshqarishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida reyd tadbirlari tashkil etildi

Bugungi kunda yurtimiz shahar, tuman va qishloqlarida transport vositalarining kundan kunga ortib borishi va yoʻl harakati qoidalariga toʻliq amal qilinmasligi oqibatida turli xil yoʻl-transport hodisalari kelib chiqmoqda. Bu kabi noxush hodisalarining oldini olish boʻyicha koʻpgina ishlar amalga oshirilib, mutaxassislar tomonidan bir qator takliflar bildirilmoqda. Tezlikni pasaytirish, piyodalar maydonlarini kengaytirish, jamoat transportini rivojlantirish va yoʻllar sifatini oshirish shular jumlasidandir.

Amudaryo tumani hududidagi avtotransport yoʻllarida harakat xavfsizligini taʼminlash, koʻngilsiz hodisalar sodir etilishining oldini olish maqsadida dam olish kunlari, yaʼni haftaning shanba va yakshanba kunlari yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan muntazam ravishda reyd tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda. Shunday tadbirlardan navbatdagisi tuman markazidagi hamda Qipchoq shaharchasi hududidan oʻtuvchi asosiy yoʻllarda ham tashkil etildi.

Reydda tuman Ichki ishlar boʻlimi yoʻl-patrul xizmati boʻlinmasining xodimlari ishtirok etishdi va tadbir davomida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan tegishli tartibda choralar koʻrildi. Jumladan, avtotransport vositasini mast holatda boshqarganlikda gumon qilingan fuqarolar belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazildi va ularga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Taʼkidlash joizki, haftaning shanba va yakshanba kunlari aholi dam olish maskanlari va umumiy ovqatlanish shoxobchalarida spirtli ichimliklar isteʼmol qilib, haydovchilar tomonidan mast holda avtotransport vositalarini boshqarish holatlari koʻp kuzatilmoqda. Oʻtkazilayotgan reyd tadbirlari mast holdagi haydovchilar tomonidan transport vositalarini boshqarishga yoʻl qoʻymaslik, koʻngilsiz hodisalarning oldini olishga qaratilganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Maʼlumotlarga koʻra, respublika hududida yiliga oʻrtacha 9-10 ming yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlishi oqibatida 2 mingdan ortiq fuqarolar halok boʻlmoqda. Mavjud koʻngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, avtotransport boshqarish va avtomobil harakati yoʻllarida piyodalar madaniyatini oshirishga doir tushuntirish-targʻibot tadbirlari yanada kuchaytirilmoqda.

Bugungi kunda yoʻl-transport hodisalari koʻproq harakat tezligini oshirish, xavfsizlik kamarini taqmaslik, mast holda transport vositasini boshqarish, harakat vaqtida telefondan foydalanish oqibatida sodir etilganayotgani aniqlangan. Ushbu elementar yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish orqali yoʻl-transport hodisalari sonini keskin kamaytirishga erishish mumkin.

Reyd tadbiri davomida inspektorlar tomonidan tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqargan, yoʻlovchi tashish qoidalarini buzgan, hujjatlari nosoz boʻlgan hamda boshqa turdagi qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan haydovchilarga nisbatan tegishli choralar koʻrildi. Shuningdek, yoʻlovchi va yengil turdagi yuk tashuvchi transport vositalari koʻzdan kechirilib, avtoturargoh va yoʻllardagi harakat vaqtida piyodalarga nisbatan hushyorlikni oshirish yuzasidan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.

Yoʻl harakati qoidalariga amal qilmaslik va piyodalarning tasodifiy xatti-harakatlari, afsuski, oʻlim va jiddiy jarohatlarga olib kelyapti. Ayniqsa, mast holatda transport vositalarini boshqarish oqibati ayanchli yakun topishi mumkin. Koʻngilsiz holatlarning oldini olish uchun har bir haydovchi va yoʻlovchi harakat vaqtida belgilangan xavfsizlik qoidalariga toʻla amal qilishi lozim.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019