16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:32
Fan va taʼlim 👁 247

Ilgʻor xorijiy tajribalarni joriy qilish maqsadida “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” nomli seminar-trening oʻtkazildi

Ilgʻor xorijiy tajribalarni joriy qilish maqsadida “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” nomli seminar-trening oʻtkazildi

Soʻngi yillarda mamlakatimizda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda Singapurning “Marshall Cavendish Education” tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirlar sohaga ilgʻor xorijiy tajribalarni joriy etishga xizmat qilyapti.

Amudaryo tumanida “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” mavzusida tashkil etilgan seminar-treningda umumtaʼlim maktablari direktorlari, direktorlarning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari hamda tajribali pedagoglar ishtirok etishdi.

Tadbirdan asosiy maqsad – Oʻzbekistonda umumiy oʻrta va maktab taʼlimini tizimli isloh qilish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, mamlakatimizning xalqaro miqyosda oʻquvchilarni baholash dasturlari reytingi boʻyicha jahonning ilgʻor mamlakatlari qatoriga kirishiga erishishdan iboratdir.

Seminar doirasida Singapur tajribasi asosida “Marshall Cavendish Education” tashkiloti bilan hamkorlikda aniq va tabiiy fanlar boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni umumiy oʻrta taʼlim maktablarida ommalashtirish, maktab rahbarlari va oʻqituvchilar malakasini oshirish, ularni kasbiy rivojlantirishga doir ilgʻor tajribalarni almashish, oʻquvchilar bilimi va koʻnikmalarini baholash hamda rivojlantirishda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish, taʼlimni raqamlashtirish boʻyicha soha mutaxassislarining mavjud bilimlarini oshirish boʻyicha ekspertlarning maʼruzalari tinglandi.

Taʼkidlanganidek, Singapur taʼlimga oid nufuzli tadqiqotlar natijalariga koʻra dunyoda yetakchi mamlakatlardan biri boʻlib, taʼlimga sarmoya kiritish, inson kapitalini rivojlantirishga eʼtibor qaratish orqali mamlakat taraqqiyotiga erishgan davlat sifatida eʼtirof etiladi. Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan mamlakatdagi maktab direktorlari va oʻqituvchilar malakasini oshirish, maktablar oʻquv dasturini takomillashtirish hamda unga raqamli texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha Singapurning “Marshall Cavendish Education” tashkiloti bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. Hamkorlik dasturiga koʻra taʼlim muassasalarida maktab direktorlar hamda matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirish yoʻnalishlari boʻyicha treninglar olib borilmoqda.

Amudaryo tumanida oʻtkazilgan seminarda ham mutaxassislar uchun kasbiy rivojlantirish, sohadagi yangiliklarni boʻlishish, oʻz faoliyati davomida yuzaga keladigan muammolarni hal qilish boʻyicha tajribalar oʻrgatildi. Kaskad usulida olib borilgan seminar-treninglarda maktab rahbarlari “Menejerlar”, matematika va tabiiy fanlar boʻyicha pedagoglari esa “Master trenerlar” sifatida maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazildi.

Seminar ishtirokchilarining barcha savollariga ekspertlar tomonidan toʻliq javob berildi. Ishtirokchilar Singapur yondashuvlaridan foydalanib, innovatsion dars oʻtish usullarini oʻzlashtirdilar va oʻz navbatida yangi oʻquv yilidan boshlab oʻquvchilarga yangi bilim va koʻnikmalarni yetkazadilar.

Rayhon Yakubova, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼbasi metodisti

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019