16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:21
Fan va taʼlim 👁 350

“Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida uchinchi “Ustozlar milliy forumi” oʻtkazildi

“Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida uchinchi “Ustozlar milliy forumi” oʻtkazildi

Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yoʻlida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari boʻlgan yoshlarning ijodiy gʻoyalari va ijodkorligini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bilim, koʻnikma va malakalarini davlat taʼlim standartlari asosida shakllantirish hamda ilgʻor xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda yurtimizda taʼlim sifatini oshirish va tizimda innovatsion yondashuvlarni joriy qilish boʻyicha qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Pedagoglarning kasbiy rivojlanishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish, tizimda ishlayotgan oʻqituvchilarni muntazam tarzda yangiliklardan xabardor qilish, ilgʻor metodikalar bilan tanishtirish va tajriba almashish maqsadida har yili avgust oyida oʻtkaziladigan “Ustozlar milliy forumi” ham shunday tadbirlardan biridir.

Tadbirda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomuratov, Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼbasi rahbari Ibragim Radjapov, mazkur shoʻʼba metodistlari Habibulla Davletyarov, Rayxon Yakubova, trener oʻqituvchilar hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablardan barcha fanlardan bir nafardan fan oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

Mazkur forum tizimda olib borilayotgan islohotlar, taʼlim mazmunini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirish, oʻquv rejalar, oʻquv dasturlar, darsliklar, yangi baholash tizimi, shuningdek, oʻquv jarayoniga tatbiq etiladigan ilgʻor metodikalarning mazmun-mohiyatini soha xodimlariga yetkazish koʻzlangani bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Bu yilgi forum “Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida tashkil etildi.

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shamuratov oʻz soʻzida forum ishtirokchilarini yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 33 yilligi hamda yangi oʻquv yili bilan muborakbod etdi va mamlakatimizda “Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan ezgu gʻoya asosida taʼlim-tarbiya tizimini tubdan takomillashtirish, ertangi kunimizning munosib davomchilarini kamolga yetkazishning mustahkam tashkiliy-huquqiy mexanizmini yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyati haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Taʼkidlanganidek, sohani yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilingan qator davlat dasturlari, qonun hujjatlari asosida yangi taʼlim muassasalari qurilmoqda va eng zamonaviy oʻquv anjomlari bilan taʼminlanmoqda. Taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligi maktablar moddiy-texnik bazasi bilan birga oʻqituvchi va murabbiylarimizning bilimi, malaka va tajribasiga, oʻz kasbiga boʻlgan muhabbatiga ham bogʻliqdir. Shu bois keyingi yillarda oʻqituvchilarning jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirish, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy muhofaza qilishga juda katta eʼtibor qaratilmoqda.

Forum davomida boʻlimning Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼbasi rahbari Ibragim Radjapov soʻzga chiqib, oʻtgan oʻquv yili natijalari sarhisobiga toʻxtalib oʻtdi va yangi oʻquv yili uchun belgilangan ustuvor vazifalar haqida gapirdi.

Joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilinishi bilan ustozlarning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat himoyasida ekanligi huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʻyildi. Oʻqituvchining mehnati, bilimiga yarasha moddiy ragʻbatlantirib borish eng ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bundan yuzlab oʻqituvchilarimiz samarali foydalanib, moddiy manfaatdorligi oshmoqda.

Maʼruzalar yakunlanganidan soʻng trener oʻqituvchilar tomonidan barcha fan oʻqituvchilariga shoʻʼbalar kesimida treninglar tashkil qilindi. Treninglarda oʻqituvchilar mezonlarga asoslangan baholash tizimi, zamonaviy darsliklarning yangi yondashuvlari haqida maʼlumotga ega boʻlishlari bilan bir qatorda amaliy mashgʻulotlarda faol ishtirok etishdi.

Zamon shiddat bilan rivojlanayotgan bir davda har bir oʻqituvchi-pedagogdan oʻz ilm-maʼrifati bilan hamisha jamiyatning oldingi oʻrinlarida boʻlish, tinimsiz shaxsiy rivojlanish talab qilinadi. Zero, maktabni oʻzgartirmasdan turib jamiyatni oʻzgartirib boʻlmaydi. Taʼlim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – bogʻcha va maktabdir. Bu binolarni muqaddas dargoh qiladigan kuch, shubhasiz, oʻqituvchi-pedagoglar hisoblanadi. Shunday ekan, ustoz va murabbiylarimizga yangi oʻquv yilida kuch-quvvat, omad va muvaffaqiyatlar yor boʻlishini, oliy orzularining roʻyobga chiqishini tilab qolamiz!

Rayhon Yakubova, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼbasi metodisti

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026