16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:52
Fan va taʼlim 👁 301

Umumtaʼlim maktablarining yangi oʻquv yiliga qanday tayyorlangani va sinf xonalarining sanitariya-gigiyenik holati oʻrganildi

Umumtaʼlim maktablarining yangi oʻquv yiliga qanday tayyorlangani va sinf xonalarining sanitariya-gigiyenik holati oʻrganildi

Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlari tumandagi umumtaʼlim maktablari maʼmuriyatlari tomonidan 2024-2025 oʻquv yiliga qanday tayyorgarlik koʻrilganini tekshirish maqsadida nazorat tadbirlarini oʻtkazdi.

Tadbirlar davomida maktablar hududida olib borilgan obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari, shuningdek, sinfxonalar, fan-laboratoriya xonalari hamda sport zali va oshxonalarning sanitariya-gigiyenik holati oʻrganib chiqildi.

Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlari tegishli muassasalar hududida sanitariya-gigiyenik holatni saqlash yuzasidan masʼullarga tavsiyalar berishdi.

Bundan tashqari, umumtaʼlim maktablarining yoritish tizimi holati, muassasaning kuz-qish mavsumga tayyorgarligi, sinfxonalar, fan-laboratoriya xonalarida oʻquv jihozlarining “Umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida sinf xonalariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar” nomli uslubiy qoʻllanmada koʻrsatilgan qoidalarga mos ravishda joylashtirilishi koʻzdan kechirildi.

Taʼkidlash joizki, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizom va Adliya vazirligi roʻyxatidan oʻtgan “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning tegishli bandlarida bitta sinfda oʻquvchilar soni koʻpi bilan 35 nafar boʻlishi lozimligi qayd etilgan. Shunga koʻra, sinfxonalarda oʻquvchilar uchun yaratilishi lozim boʻlgan sharoitlar va bir nafar bolaga toʻgʻri keluvchi xona maydoni belgilangan.

Bundan tashqari “Umumtaʼlim maktablarining saqlanishi va oʻquvchilarni oʻqitilishiga qoʻyiladigan sanitariya-epidemiologik talablar”ga asosan bir nafar oʻquvchiga kamida 2 kvadrat metr sinf maydoni toʻgʻri kelishi kerak. Ushbu normativ hujjatning 4- va 5-boʻlimlarida sinfxonalar, informatika va tabiiy fanlar xonasi, mehnat ustaxonalarida bir nafar oʻquvchiga toʻgʻri kelishi lozim boʻlgan sinf maydoni oʻlchami ham koʻrsatilgan. Agar 35 nafar oʻquvchi bir sinfxonada oʻqitiladigan boʻlsa, eng kamida 70 kvadrat metr maydonga ega xona talab etiladi. Ushbu sinfda birinchi parta va sinf doskasi oʻrtasidagi, oxirgi partadan sinf doskasigacha, sinf yon devori va parta orasidagi, ikki oʻrinli parta qatorlari orasidagi, oxirgi parta va devor orasidagi masofalar belgilangan talablarga muvofiq joylashtirilishi lozim.

Hozirda aksariyat maktablarda sinfxonalar maydoni 24dan 50 kvadrat metrgacha boʻlib, bir sinfda 35 nafardan ortiq oʻquvchi tahsil olishiga toʻgʻri kelgan holatlar ham kuzatiladi.

Tadbirlar davomida oʻquvchilarning shaxsiy gigiyenaga rioya qilishi, ular oʻrtasida yuqumli va parazitar kasalliklarning, shuningdek yuqumli boʻlmagan kasalliklarning oldini olish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Nigora Eshimova, Amudaryo tumani SEO va JSB sanitariya vrachi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019