16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:47
Jamiyat 👁 273

Aholi farovonligi yoʻlida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda

Aholi farovonligi yoʻlida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda

Mamlakatimizning barcha hududlari singari Amudaryo tumanining shahar, ovul va mahallalari ham yildan yilga goʻzallashib, yangilanib, aholining turmush farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi zamonaviy binolar qad rostlamoqda. Turli manbalardan ajratilgan mablagʻlar va qoʻli gul, tajribali quruvchilarning tinimsiz mehnatlari sababli muhim infrastruktura obʼektlari qurilmoqda. Ayniqsa, tuman markazidan olis hududlarda yashayotgan aholining koʻp yillar mobaynida yechimini topmay kelayotgan muammolari bugun bartaraf qilinayotgani insonlar qalbida shukronalik tuygʻularini uygʻotmoqda. Salkam 214 ming nafarga yaqin aholi tinch-totuv hayot kechirayotgan tumanning har bir ovul va mahallasida bugun ham qurilish va bunyodkorlik ishlari yuqori surʼatlarda davom etmoqda.

Qangli ovuli hududida shu kunga qadar faqat bittagina – 49-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud boʻlib, bogʻcha binosi eskirganligi sababli muassasa ish faoliyatini toʻxtatgan edi. Bugungi kunda ovul aholisi uchun barcha qulayliklarga ega boʻlgan zamonaviy, 90-oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosini qayta rekonstruktsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Rekonstruktsiya ishlari pudratchi tashkilot “Jumurtov tex taʼmir servis” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Qurilish-taʼmirlash ishlariga umumiy qiymati 3 mlrd 335 mln soʻm mablagʻ sarflanishi koʻzda tutilgan.

Eski bogʻchada sharoitlar boʻlmagani, uzoq yillar davomida bu borada koʻplab qiyinchiliklar kuzatilgani ham ayni haqiqat. Kelajak egalari dastlabki taʼlim-tarbiyani maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olar ekan, bogʻchalar farzandlarimizning yetuk va barkamol avlod boʻlib voyaga yetishlari, Vatanimiz ravnaqiga hissa qoʻshadigan komil inson boʻlib ulgʻayishlarida muhim ahamiyatga ega. Bu haqiqatni chuqur anglagan va shu paytgacha “farzandlarimiz qachon zamonaviy bogʻchada taʼlim-tarbiya olar ekan”, degan savollar bilan yashab kelayotgan ovul ahli bugun davlatimizdan, hukumatimizdan juda minnatdor.

Kuyuk koʻpir ovuli tumanimizning chekka hududlaridan biri boʻlib, ovuldagi 5-sonli oilaviy poliklinika shifokorlari hudud aholisining sogʻligini saqlash yoʻlida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Poliklinikaning eski, yaroqsiz holga kelib qolgan binosida sharoitlarning yoʻqligi uzoq yillardan beri aholining asosiy muammolardan biri boʻlib kelgan. Bugun esa eski bino oʻrnida yangi, zamonaviy koʻrinishga hamda shart-sharoitlarga ega boʻlgan, ikki qavatli oilaviy poliklinika binosi qad rostladi hamda foydalanishga topshirilish arafasida turibdi. “Jumurtov tex taʼmir servis” MChJ tomonidan 3 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ evaziga amalga oshirilgan qurilish ishlari yakunlanib, binoga zamonaviy inventarlar hamda tibbiy asbob-uskunalar buyurtma qilingan.

Bugungi kunda tadbirkorlar uchun berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar har bir mahalladagi ishbilarmonlar faoliyatida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda. Kuyuk koʻpir ovuli hududidagi boʻsh turgan yerlar Prezident farmoni asosida tadbirkorlarga berilib, koʻplab yangi ish oʻrinlari yaratilgani va biznes egalarining daromadlari oshayotgani fikrimizning isbotidir. Hududda yangi qurilayotgan aholiga xizmat koʻrsatish markazi ham tadbirkorning ana shu imkoniyatlardan samarali foydalanayotganining dalilidir. Qurilish ishlari oʻz nihoyasiga yetib, obʼekt foydalanishga topshirilgach, 20 nafar ishsiz aholining bandligi taʼminlanishiga erishiladi.

Tuman markazidan juda olisda, Turkmaniston bilan chegarada joylashgan Qoramon mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari ham havas qilgudek darajada. Hududning shifobaxsh havosi, betakror tabiati, atrofni oʻrab olgan yashilligi kishini oʻziga tortadi. 4 ming 425 nafar aholi yashab kelayotgan Qoramon mahallasida asosan dehqonchilik rivojlangan boʻlib, qoramonliklar xalqimizni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlab kelmoqda. Ammo, hududda shu kunga qadar bolalar bogʻchasi yoʻqligi ovul aholisining haqli eʼtirozlariga sabab boʻlib kelayotgan edi. Maqsadi, orzu-istaklari bir boʻlgan hudud aholisining bu muammosi ham ijobiy yechimini topish arafasida turibdi.

Muhtaram Prezidentimizning alohida gʻamxoʻrligi, olis va chekka hududlar aholisi farovonligi yoʻlida amalga oshirayotgan keng koʻlamligi islohotlari natijasida Qoramonda ham zamonaviy davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi qad rostlamoqda. Mahalla bolajonlari uchun 150-oʻrinli, zamonaviy koʻrinishdagi, barcha sharoitlarga ega boʻlgan maktabgacha taʼlim tashkiloti binosining qurilishi soʻnggi bosqichda turibdi.

Muassasa binosining qurilishiga jami 6 mlrd soʻm ajratilgan boʻlib, qurilish ishlari “Mangʻit invest maksimum” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Ayni paytda binoni pardozlash ishlari davom etmoqda. Mahalla faollari, nuroniy otaxonlar bilan suhbatlashar ekanmiz, farzandlarimiz bogʻcha koʻrmasdan maktabga bordilar, endi nevaralarimiz uchun bunday sharoitlar yaratilmoqda, bundan juda xursandmiz, deya oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019