17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 01:43
Jamiyat 👁 311

NAMUNA MAHALLASINING NAMUNALI YoShLAR YeTAKChISI

NAMUNA MAHALLASINING NAMUNALI YoShLAR YeTAKChISI

Asli Amudaryo tumanining Namuna mahallasida tugʻilib-oʻsgan Shamshod Qurbonboyev oʻquvchilik davridayoq oʻzining namunali xulq-atvori, jamoat ishlarida faolligi bilan tengdoshlarining va ustozlarining eʼtiborini qozondi.

Umumtaʼlim maktabini muvaffaqiyatli tugatgan Shamshod Nukus davlat pedagogika institutining pedagogika-psixologiya fakultetida tahsil oldi. Ilk mehnat faoliyatini 2017-yilda Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 78-sonli umumtaʼlim maktabida yoshlar yetakchisi sifatida ishlashdan boshlagan Shamshod Qurbonboyev nafaqat oʻzi ishlayotgan pedagogika jamoasida, balki tuman miqyosida tashabbuskor va izlanuvchan, yoshlar hayotiga oid muammolarni hal etishda oʻziga xos tajribaga ega mutaxassis sifatida tanildi.

Maktabda oʻquvchilarning oʻqishdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, davomatini yaxshilash borasida amalga oshirgan saʼy-harakatlari bois, qisqa fursat ichida oʻz yoʻnalishi boʻyicha tuman maktablarida faoliyat olib boruvchi yoshlar yetakchilari orasida eng faol va tashabbuskor mutaxassisga aylandi. Qatorasiga 3-yil – 2018-2020-yillar davomida umumtaʼlim maktablari yoshlar yetakchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Eng namunali yoshlar yetakchisi” koʻrik-tanlovida tumanda faxrli 1-oʻrinni egalladi.

Bilimdon va izlanuvchan, yosh mutaxassislarning bilimi, tajribasi u qayerda, qaysi sohada ishlashidan qatʼiy nazar, nafaqat oʻzi ishlaydigan jamoa, balki xalq uchun ham manfaatlidir. 2022-yilning yanvar oyidan Namuna MFY yoshlar yetakchisi sifatida oʻz faoliyatini davom ettirgan Shamshod Qurbonboyevning ish koʻlami yanada kengaydi.

U avvalo mahalla yoshlarining hayoti, kasb-kori, turmush tarzi va qiziqishlari bilan yaqindan tanishdi. 527 ta xonadon tarkibidagi 719ta oilaga birma-bir kirib, 30 yoshgacha boʻlgan 1772 nafar yoshlarning roʻyxatini shakllantirdi. 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan 862 nafar yoshlar va oʻsmirlar bilan alohida suhbatlar tashkil etib, ularning qiziqishlari hamda intilishlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdi.

Natijada 2021-yilda 168 nafar, 2022-yilda 57 nafar, 2023-yilda 90 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar “Yoshlar daftari” roʻyxatiga kiritilib, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari koʻrildi. “Mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hamkorlikdagi saʼy-harakatlar tufayli mazkur daftar roʻyxatiga kiritilgan yoshlar yil sayin kamayib, 2024-yilda bu raqam 7 nafarni tashkil etdi.

Shamshod Qurbonboyev uchun namunaliklar shunchaki mahalladoshlar emas, balki taqdirlari bir-biriga tutashgan qon-qarindoshlar kabi aziz insonlardir. Shu bois, u har bir ish kunini ana shu aziz insonlar, asosan yoshlar davrasida oʻtkazadi. Mahalla hududidagi taʼlim-tarbiya muassasalarida boʻlib, oʻquvchi-yoshlarning sababsiz dars qoldirishlarining oldini olishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar oʻtkazadi. Pedagogika jamoalari bilan hamkorlikda kitobxonlik kechalari, ”Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sinflararo, maktablararo va mahallalararo sport musobaqalarini tashkillashtirib, bu tadbirlar orqali yoshlarning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini taʼminlaydi.

Mahalla yoshlar yetakchisining ish vaqti chegaralanmagan. Chunki kundalik ish faoliyatidan soʻng uyida, oilasi bagʻrida biroz hordiq chiqargan Shamshod Qurbonboyev deyarli har kuni kechqurun mahalla koʻchalarini birrov aylanib, hududdagi xususiy savdo-sotiq shoxobchalari atrofini koʻzdan kechirishga odatlangan.

– Ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz bunday tadbirkorlik shoxobchalari atrofida oʻsmir bolalarning oʻralashib yurishi ularning tarbiyasiga salbiy taʼsir qilmay qolmaydi. – deydi Shamshod. – Shuning uchun biz kattalar doimo ogoh boʻlishimiz kerak.

Hududdagi uyushmagan yoshlar, xorij davlatlarida ishlab qaytgan yoshlar bilan ishlashish Shamshod Qurbonboyev uchun doimiy dolzarb masala. Ayniqsa, xorij davlatlaridan qaytgan yoshlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, ishsiz yoshlarni oʻz qobiliyatlariga muvofiq kasb-korga oʻqitish, oʻzini-oʻzi band qilish tamoyili asosida ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida mahalla yoshlarining bandligi taʼminlanayotganidan namunaliklar mamnun.

Ayni kunlarda esa mahallada ishsiz, bekorchi odamning oʻzi yoʻq. Vaqtincha ishsiz yoshlardan tuzilgan koʻngilli hasharchilar brigadasi tarkibida hududdagi fermer xoʻjaliklari dalalarida paxta yigʻim-terimida dehqonlarga qoʻl-qanot boʻlayotgan yoshlar har kuni tergan paxtasi uchun kamida 60-70 ming soʻm, hatto undan ham koʻproq ish haqi olishayotganidan mamnun.

Shamshod Qurbonboyev esa mahalla yoshlarining hayotiga oʻzgarishlar olib kirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, doimiy daromad manbaiga ega, farovon turmush kechirishlarini taʼminlash yoʻlida hamisha safarbar. Zero, mahalla yoshlaring hayotdan rozi yashashlari, turmushlari farovon boʻlishi uchun fidoyi mehnat qilish, nainki uning kasbiy masʼuliyati, balki insoniy burchi hamdir.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026